O. T. Husanov konstitutsiyaviy


  M irziyoyev Sh. Xalqimizning roziligi bizning faoliyatimizga berilgan eng oliy bahodir. Т



Yüklə 10,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə143/268
tarix01.12.2023
ölçüsü10,6 Mb.
#170776
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   268
Konstutsiyaviy Huquq O.T.Husanov


M irziyoyev Sh. Xalqimizning roziligi bizning faoliyatimizga berilgan eng oliy bahodir. Т.:
« 0 ‘zbekiston», 2018. 2-tom, 36-bet.
187


2017-2021-yillarda 0 ‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta 
ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida jamoatchilik boshqaruvi 
tizimini takomillashtirish ustuvor yo‘nalish sifatida belgilanib, unda OAV hamda 
jurnalistlarning kasbiy faoliyatini himoyalashni kuchaytirish vazifasi belgilab 
qo‘yildi. Shuningdek, bu muhim hujjatda OAVga belgilangan vazifalarni 
bajarishda katta m as’uliyat yuklandi.
Shuningdek, nodavlat OAVni rivojlantirish, Internet tarm o g ‘ini kuchaytirish 
hozirgi kunning dolzarb masalasi ekanligi davlat e’tiborida bo‘lmoqda.
Prezident Sh. Mirziyoyevning 
«Ommaviy axborot vositalari ah olin in g
talab va ehtiyojlarini hokimiyat idoralariga yetkazishning muhim
ta’sirchan vositasiga, xalqning eng yaqin ko‘makchisi va ham dardiga,
dem okratiya ko'zgusiga aylanishi zarur»1, 
- degan so‘zlari OAV roli • 
haqida tasav v ur hosil qiladi.
2-§. Ommaviy axborot vositalarining erkinligi
va qonunga muvofiq ishlashi
Ommaviy axborot vositalarining erkin faoliyat yuritishi, ularga tazyiq 
o‘tkazmaslik ular ishining muvaffaqiyatli bo‘lishi, sam ara berishining garovidir.
Konstitutsiyaning 67-moddasida ommaviy axborot vositalari erkinligi va 
qonunga muvofiq ishlashi belgilangan. Demak, ommaviy axborot vositalari 
erkin ishlashi va qonunlar asosida o‘z faoliyatini tashkil qilishi kerak.
M amlakatim izda ommaviy axborot vositalari faoliyatini takomillashtirish 
bo‘yicha olib borilgan ishlar natijasida ularning erkinligini ta ’minlovchi qator 
huquqiy hujjatlar qabul qilindi.
Jumladan, 1996-yil 30-avgustdagi «Noshirlik faoliyati to‘g ‘risida», «Mualliflik 
huquqi va turdosh huquqlar to‘g ‘risida», 1997-yil aprelda qabul qilingan «Axborot 
olish kafolatlari va erkinligi to‘g ‘risida», «Jurnalistlik faoliyatni himoya qilish 
to‘g ‘risida», 1997-yil dekabrda qabul qilingan, «Ommaviy axborot vositalari 
to‘g ‘risida»gi qonunlar shular jumlasidan.
Bu qonunlar ommaviy axborot vositalari erkinligini ta ’minlashga, ularning 
faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan.
Ommaviy axborot vositalarining erkinligi, eng avvalo, ularning xodimlari, 
aniqrog‘i, jurnalistlarning erkinligiga bog‘liq. Jurnalist faoliyatining erkinligisiz 
ommaviy axborot vositalarining erkinligi bo‘lishi mumkin emas. Chunki axborot 
ommaviy axborot vositalarida jurnalistlar tomonidan tarqatiladi.
«Jurnalistlik faoliyatini himoya qilish to‘g ‘risida»gi Qonun jurnalistlar 
faoliyati bilan bog'liq keng institutsional munosabatlarni tartibga solishi bilan 
birga, ularning erkinligini ta ’minlovchi qoidalarni aniq belgilab qo‘ygan.

Yüklə 10,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin