tarbiyalash va o‘qitishni ta ’minlaydi, bolalarga bag'ishlangan xayriya faoliyatlarini
rag ‘batlantiradi», - degan qoida asosida amalga oshiriladi (64-modda).
Voyaga yetgunga qadar davlat va jamiyat qaramog‘ida bo‘ladigan, ularning
yordamiga muhtoj bolalar deganda, yetim bolalarni (ota-onasi vafot etgan
bolalarni), ota-onaning vasiyligidan mahrum bo‘lgan (ota-onalari
tashlab ketgan
yoki ota-onalik huquqidan tegishli tartibda m ahrum qilinganlar) bolalarni
nazarda tutamiz. Bunday yordamga muhtoj bolalarni davlat turli tadbirlar
belgilab, m untazam ravishda ular hayotda o‘z o‘rinlarini topishi uchun zaru r
sharoit yaratib beradi.
Bola ota-onasiz bo‘Isa, «Mehribonlik» uylariga,
maxsus m uassasalarga
joylashtiriladi. Turli sabablarga ko‘ra bolalarning ota-onasidan tarbiya olish
imkoniyati bo‘lmasa, bola oilalarga farzandlikka beriladi yoki unga voyaga
yetgunicha vasiylik hamda homiylik belgilanadi.
M amlakatim izda ko‘plab «Mehribonlik» uylari mavjud bo‘lib, ularda yetim
bolalar voyaga yetgunlariga qadar davlat tomonidan yaratilgan imkoniyatlardan
foydalanib, kelajak hayotga tayyorgarlik ko‘rishadi.
Hozirgi kunda ko‘plab oilalar
yetim bolalarni asrab olib, ularning tarbiyasi
bilan sh u g ‘ullanmoqda.
Bunday tajriba, ya’ni ota-onasiz yetim bolalarni o‘z oilasiga olib farzandlaridek
tarbiyalash, topganini baravar baham ko‘rish xalqimiz m a’naviyatiga xos bo‘lib,
urf-odatga aylangan.
Ikkinchi jahon urushi davrida urush natijasida ota-onasidan ajragan
ko‘plab bolalar 0 ‘zbekistonda o‘z oilalarini topgan. Ayniqsa, oddiy temirchi
Sh. Shomahmudov 14 nafar yetim bolani tarbiyalab,
jahon ahlining tahsiniga
sazovor bo‘lgan.
0 ‘sha davrdagi yetim bolalarni boquvchi oilalarga davlat e’tibori bilan
hozirgi kundagi yetim bolalarni tarbiyalovchi oilalarga davlat e’tibori butunlay
boshqacha. Hozir yetim bolalarni boquvchi oilalar davlat va jamiyat tomonidan
doimiy ko‘mak olib turadi.
M am lakatim iz aholisi soniga nisbatan boshqa mamlakatlarga qaraganda
«Mehribonlik»
uylari kamligi, bizda ota-onasizlar ko‘plab oilalarda tarbiya olishi
bilan xarakterlanadi.
Ota-onasiz, yetim bolalarga jamiyat va davlat g ‘am xo‘rligini amalga oshirishda
turli ja m g ‘armalar ham katta rol o‘ynaydi. Bunday ja m g ‘armalar 0 ‘zbekistonda
yetarlicha. Bular jumlasiga «Mehr-shavqat va salomatlik», «Sog‘lom avlod uchun»
ja m g ‘armalari kiradi. Davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanuvchi bu tashkilotlar
jamiyat nomidan yetim-yesirlarni boqish, tarbiyalash, o‘qitish
ishlariga katta
yordam bermoqda.
Konstitutsiyaga asosan, dunyoga kelgan farzand ota-onasining nasl-
nasabidan va fuqarolik holatidan q at’iy n azar qonun oldida tengdirlar.
Konstitutsiyaning «Onalik va bolalik davlat tomonidan muhofaza qilinadi», -
degan 65-moddasi qoidalari, farzandlarga te n g huquqlilik va teng imkoniyat
184
bo'lishini nazarda tutadi hamda har qanday holda onalik va bolalikning davlat
tomonidan himoyaga olinishini ko‘rsatuvchi yana bir muhim huquqiy asosdir.
Ota-onasizlar jamiyat va davlatning ko‘magi ostida hayotda o‘z o‘rnini
topmoqda. Davlat yetim-yesirlarga faqat umumiy ta ’lim
olishda imtiyoz va
imkoniyatlar yaratibgina qolmasdan, ularni ta’limning boshqa bosqichlarida
qo‘llab-quvvatlamoqda. 0 ‘quv yurtlariga o‘quvchi qabul qilishda ota-onasizlarga
tegishli hujjatlar asosida imtiyozlar berilgan. Ana shu imtiyozdan foydalanib,
ko‘plab ota-onasizlar o‘zlari uchun zarur kasblarga ega bo‘lmoqda. Ular o‘quv
muassasalari tomonidan iqtisodiy jihatdan qo‘llab-quvvatlanmoqda.
2006-yilning «Homiylar va shifokorlar yili» deb e’lon
qilinishi, u bo‘yicha
qabul qilingan hujjatlar va belgilangan tadbirlar ota-onasiz bolalarni boqish,
tarbiyalash, o‘qitish uchun katta imkoniyatlar yaratishni nazarda tutgan edi. Bu
ham davlat va jamiyatning o‘z vazifasiga jiddiy qarashini ko‘rsatmoqda.
Bozor munosabati natijasida mamlakatimizda mulkdorlar ko‘payib bormoqda,
ular ham o‘z mablag‘larining ma’lum qismini ihtiyoriy ravishda ota-onasiz
bolalarning tarbiyasiga sarflamoqda.
Dostları ilə paylaş: