O. T. Husanov konstitutsiyaviy


Bu haqda qarang. //« X a lq so ‘zi», 2 0 1 1-yil 8-dekabr



Yüklə 10,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə137/268
tarix01.12.2023
ölçüsü10,6 Mb.
#170776
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   268
Konstutsiyaviy Huquq O.T.Husanov

1 Bu haqda qarang. //« X a lq so ‘zi», 2 0 1 1-yil 8-dekabr.
18 0


Endi bundan buyon oilani qo‘llab-quvvatlashda maxsus davlat idora organi va 
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari hamkorlik asosida ish olib boradi.
Oila institutini rivojlantirish va takomillashtirish bo‘yicha yangidan qabul 
qilinadigan qonunlar va boshqa huquqiy hujjatlar bugungi va ertangi kun 
talablariga javob berishi, amaldagi qonun hujjatlariga kiritiladigan o‘zgartirish 
va qo‘shimchalar esa, oila maqomini kuchaytirishi, uning jamiyatdagi o‘rnini 
anglashga yordam berishi, oilani davlat tomonidan, boshqa fuqarolik jamiyati 
institutlari tomonidan qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish ko‘zlangan asosiy 
maqsadlardan.
Keyingi paytlarda oilaga muhim institut sifatida qaralib, uni mustahkamlash 
uchun alohida e’tibor berilmoqda. Jumladan, 2018-yil 2-fevralda 0 ‘zbekiston 
Prezidenti «Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash 
sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g ‘risida» Farmon 
qabul qildi. 2018-yil 27-iyunda esa 0 ‘zbekiston Prezidentining «O‘zbekiston 
Respublikasida 
oila 
institutini 
mustahkamlash 
konsepsiyasini 
tasdiqlash 
to‘g ‘risida»gi qarori qabul qilindi. Bu muhim hujjatlar oila institutini davlat 
tomonidan himoyalashni yanada kuchaytiradi.
3-§. Nikoh tuzish asoslari
Mamlakatimizda oila tuzish asosi nikoh hisoblanadi. Nikoh oila tuzishning 
qonuniy sharti 
bo‘lib, 

Konstitutsiyada 
belgilangan. 
Konstitutsiyaning 
63-moddasida: «Nikoh tomonlarning ixtiyoriy roziligi va teng huquqliligiga 
asoslanadi», - degan qoida o‘z ifodasini topgan.
Oilaning asosi nikoh bo‘lsa, nikoh, birinchidan, tomonlarning mutlaq roziligi 
bilan, ikkinchidan, teng huquqliligi asosida tuziladi. Shundan xulosa qilib aytilsa, 
nikoh tuzish asoslari tomonlarning roziligi (ixtiyoriylik) va tomonlarning - er va 
xotinning teng huquqligidir. Nikohlanuvchilarning roziligi haqiqiy bo‘lishi, biror 
tomonning roziligi har qanday tazyiq, qo‘rqitish, kuch ishlatish orqali olinmasligi 
kerak.
0 ‘zbekistonda nikoh munosabatlari maxsus qonun bilan tartibga solinib, 
unda ham nikoh tuzishning ba’zi asoslari belgilangan. Unga asosan, nikoh 
tuzishga kelgan shaxslar, albatta, qarama-qarshi jins vakillari (erkak va ayol) 
bo‘lishi kerak. Nikoh tuzish uchun m a’lum yoshga yetgan bo‘lishi (18 yosh)1 
talab etiladi.
Bundan tashqari, nikoh tuzish uchun nikohlanuvchilar sog‘lom bo‘lishi talab 
etiladi. Sababi, nikoh natijasida qurilgan oilalar, albatta, farzand ko‘rishni maqsad 
qilib qo‘yadi. Dunyoga sog‘lom farzand kelishi uchun ota va ona so g ‘lom bo‘lishi 
kerak.
Shu masalani hal qilish uchun 0 ‘zbekiston hukumati «Nikohlanuvchi 
shaxslarni tibbiy ko'rikdan o‘tkazish to‘g ‘risidagi Nizormni tasdiqlagan. Ko‘rikdan

Yüklə 10,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin