O. T. Husanov konstitutsiyaviy


-§. Jamoat birlashm alarining faoliyatini cheklash



Yüklə 10,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə133/268
tarix01.12.2023
ölçüsü10,6 Mb.
#170776
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   268
Konstutsiyaviy Huquq O.T.Husanov

7-§. Jamoat birlashm alarining faoliyatini cheklash,
taqiqlab qo'yish va tarqatib yuborish
Davlatning jamiyatdagi boshqa tuzilmalardan farqini ko‘rsatuvchi asosiy 
xususiyatlardan biri uning hokimiyati jamiyatdagi barcha tuzilmalar uchun 
majburiy xarakterda ekanligidir. Ya’ni davlatning qarori, ko‘rsatmasi barcha 
tuzilmalar, jumladan, jamoat birlashmalari uchun ham majburiydir.
Davlat konstitutsiyaviy tuzum, jamiyat, fuqaro, davlat manfaatidan, 
xavfsizlik nuqtai nazaridan kelib chiqib, taqiqlovchi, cheklovchi tartiblarni 
qo‘llash vakolatiga ega.
Jam oat birlashmalari faqat qonun doirasida faoliyat ko‘rsatishi, jamiyat 
manfaatining ustunligi asosida ish olib borishi shart, aks holda, Konstitutsiyada 
ko‘zda tutilganidek, ularning faoliyati taqiqlanishi, cheklanishi yoki ular tarqatib 
yuborilishi mumkin. Konstitutsiyaning 62-moddasida: «Jamoat birlashmalarini 
tarqatib yuborish, ular faoliyatini taqiqlab yoki cheklab qo‘yish faqat sud qarori 
asosidagina amalga oshiriladi», - deb belgilangan.
Jam oat tashkilotlariga qo‘llaniladigan chora: a) ularni tarqatib yuborish; 
b) faoliyatini taqiqlash; d) faoliyatini cheklashdir. Bu majburiy choralar davlat 
nomidan sud tomonidan qo‘llaniladi, boshqa hech qanday hokimiyat organlari 
bunday vakolatga ega emas.
«O‘zbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari to‘g ‘risida»gi Q onunga 
muvofiq jamoat birlashmasining eng oliy organi tegishli jamoat birlashmalarini, 
qonunda belgilangan asosda, tarqatib yuborishi mumkin.
Demak, jamoat birlashmasining tarqatilishi ikki ko‘rinishda bo‘ladi, birinchisi, 
majburiy tarqatish, sud qaroriga asosan, ikkinchisi, ixtiyoriy tarqatish, tegishli 
jamoat birlashmasi oliy organining qarori bilan.
Jamoat birlashmalarini tugatishga, tarqatishga quyidagilar asos bo‘lishi 
mumkin:
176


- faoliyati jamiyatning axloqiy negizlari, umum e’tirof etilgan insonparvarlik 
qadriyatini buzishga;
- urush, zo‘ravonlikni shafqatsizlikni ta rg ‘ib qilishga;
- jamiyatning bo‘linishi, parchalanishiga olib keluvchi sinfiy, irqiy, milliy 
va diniy adovat chiqarishga qaratilgan bo‘lsa;
- hokimiyat organlari, mansabdor shaxslar faoliyatiga aralashishni, tazyiq 
o‘tkazishni ko‘zlasa.
Bundan tashqari, jamoat birlashmalari faoliyatida dinni siyosatlashtirishga, 
qurolli tuzilmalar tuzishga harakat bo‘lgan taqdirda ham ular tugatiladi.
Siyosiy partiyalar jamiyat hayotida katta ta’sirga ega kuch, shuning uchun 
siyosiy partiyalar va siyosiy maqsadni ko‘zlovchi ommaviy harakatlarga alohida 
talablar qo‘yiladi. Agar ular chet davlatlardan, tashkilotlardan, ularning yuridik 
shaxslaridan, chet el vakolatxonalaridan, chet el fuqarolari va boshqa noma’lum 
shaxslardan moliyaviy va boshqacha yordamlar olgudek bo‘lsa, sud qaroriga 
asosan tugatiladi.
Shunday qilib, jamoat birlashmalari jamiyat tuzilishida, ijtimoiy-siyosiy 
hayotda muhim rol o‘ynaydi. Ularning faoliyati orqali fuqarolar manfaati, huquq 
va erkinliklari amalga oshadi. Ular fuqaro huquqi, erkinligi, manfaatining 
samarali, ishonchli himoyachisidir.
Jam oat birlashmalari qonun asosida ish ko‘rib, ustavlariga to‘la amal qilib 
faoliyat koYsatganda jamiyat uchun foyda beradi. Ular davlat tomonidan har 
tomonlama va turli usullar bilan qo‘llab-quvvatlanadi. Shu bilan birga, ularning 
faoliyatiga aralashmagan holda, davlat qonun doirasida nazorat olib boradi.
Har qanday jamiyat rivojiga zid faoliyat ko‘rsatuvchi jamoat birlashmalari 
qonun-qoidalar asosida tugatiladi.

Yüklə 10,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin