jamoat birlashmalarining mablag‘lari,
ularning sarflanishi, soliq to‘lashlari ham
davlat organlari tomonidan nazorat qilinadi.
Jamoat birlashmalarining faoliyati qonun va o‘z nizomlariga muvofiq
olib borilishi ustidan nazoratni olib borish borasida Adliya vazirligiga alohida
vakolatlar yuklatilgan.
Bulardan ko‘rinib turibdiki, faqat davlat va uningorganlari jamoat birlashmalari
faoliyatini nazorat qilishda ishtirok etish bilan cheklanmay, davlat organlari
faoliyati u s tid a n jam o atc h ilik n a z o ra tin in g m u h im ko‘rin ish la rid a n biri -
jamoat birlashmalarining nazorati olib boriladi.
Ya’ni davlat va jamoat birlashmalari o‘rtasidagi
munosabatda nazorat
ularning munosabatlarini ko'rsatuvchi shartlardan bo‘lib, u ikki tomonlama
xarakterga ega, birinchisi, davlat organlarining jamoat birlashmalari ustidan
davlat nazorati, ikkinchisi, davlat organlari ustidan
jam oat birlashm alarining
nazorati - bu jamoatchilik nazoratidir.
Har ikki nazoratda ham davlat organlari, jamoat birlashmalari biri-birining
ishiga aralashmaydi, biri ikkinchisining o‘rnini egallashga, vazifasini bajarishga
harakat qilmaydi.
5-§. Kasaba uyushm alarining jamoat birlashm alari
tizim ida tutgan o4rni, vazifasi
Konstitutsiyada kasaba uyushmalari jamoat birlashmalari tizimida qayd
qilinishi bilan birga (56-modda), ularning asosiy vazifalari alohida moddada
ko‘rsatib qo‘yilgan. Konstitutsiyaning 59-moddasida: «Kasaba uyushmalari
xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy huquqlarini va manfaatlarini ifoda etadilar
va himoya qiladilar. Kasaba tashkilotlariga a’zo bo‘lish ixtiyoriydir»,
- deb
mustahkamlangan.
Shuning o‘zi, ya’ni kasaba uyushmalari vazifasining Konstitutsiyada
belgilanishi, uning jamoat tashkilotlari tizimida, jamiyatda muhim rol o‘ynashini
ko‘rsatadi.
0 ‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar jamoat birlashmasi tizimida
alohida o‘ringa ega Kasaba uyushmalari faoliyatini ham takomillashtirishni taqozo
etadi. Shuning uchun 2019-yil 6-dekabrda 0 ‘zbekiston Respublikasining «Kasaba
uyushmalari to‘g ‘risida»gi yangi qonun qabul qilindi. Qonunning asosiy maqsadi
Respublikamizda mehnat munosabatlarini
tubdan isloh qilish; fuqarolarning
konstitutsiyaviy mehnat huquqlarini to‘la ro‘yobga chiqarish; bandlik masalasini
hal etish; kam bag‘allikni qisqartirishda kasaba uyushmalarining faoliyatini
kuchaytirishga qaratildi. Shu asosda kasaba uyushmalari aholining qonuniy
daromad
topishiga, tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishi uchun qulay
sharoitlar yaratishda, majburiy mehnatga barham berishda faol ishtirok etadi.
Prezident
Sh.
Mirziyoyevning
0 ‘zbekiston
kasaba
uyushmalari
Federatsiyasining sakkizinchi qurultoyi ishtirokchilariga tabrigida: «Jonajon
0 ‘zbekistonimiz yangi uyg‘onish va taraqqiyot davriga qadam qo‘ygan, ana
173
shu yuksak maqsad yo‘lida buyuk ishlar amalga oshirilayotgan hozirgi kunda
xalqimizni yanada katta m arralar sari safarbar etishda kasaba uyushm alarining
roli va ta ’siri tobora ortib bormoqda»1 - degan so‘zlari kasaba uyushm alariga
berilgan to‘g ‘ri bahodir.
Kasaba uyushmalari faoliyatining asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
qonuniylik;
ixtiyoriylik; kamsitishga yo‘l qo‘ymaslik; mustaqillik va o‘zini o‘zi
boshqarish; teng huquqlilik; oshkoralik va ochiqlik.
Ular qonunga asosan quyidagi huquqlarga ega:
- Xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy huquq va manfaatlarini himoya qilish
masalalarini hal qilishda ishtirok etadi;
- Normativ-huquqiy hujjatlar va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi
normativ hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda ishtirok etadi;
- Jam oa muzokaralarini olib borishga hamda
jamoa shartnom alari va
kelishuvlarini tuzishda ishtirok etadi;
- Bandlikka ko‘maklashadi;
- Xodimlarni ijtimoiy himoya qilishda ishtirok etadi;
- Axborot olish huquqiga ega;
- M ehnatni muhofaza qilishda qatnashadi;
- Jamoatchilik nazoratini amalga oshirishda ishtirok etadi;
M ehnat nizolarini ko‘rib chiqishda xodimlarning
manfaatlarini himoya qiladi
va boshqa qonun hujjatlarda belgilangan vakolatlarga ega.
Dostları ilə paylaş: