O. T. Husanov konstitutsiyaviy


partiyalarni moliyalashtirish to‘g ‘risida»gi1 qonunlar



Yüklə 10,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə127/268
tarix01.12.2023
ölçüsü10,6 Mb.
#170776
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   268
Konstutsiyaviy Huquq O.T.Husanov


partiyalarni moliyalashtirish to‘g ‘risida»gi1 qonunlar.
«Siyosiy partiyalar to‘g ‘risida»gi Q onunning 1-moddasida siyosiy partiyalarga 
shunday ta ’rif berilgan: «Siyosiy partiya 0 ‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining 
qarashlar, manfaatlar va maqsadlar mushtarakligi asosida tuzilgan, davlat 
organlarini shakllantirishda jamiyat muayyan qismining siyosiy irodasini 
ro‘yobga chiqarishga intiluvchi hamda o‘z vakillari orqali davlat va jamiyat 
ishlarini idora etishda qatnashuvchi ko‘ngilli birlashmasidir».
Qonun siyosiy partiyalarni tuzish, faoliyat ko‘rsatish prinsiplarini, unga 
a’zolik masalasi, faoliyat kafolatlarini, faoliyatini to‘xtatish, tugatish, siyosiy 
partiyalarning huquqlarini, vakillik organlari tarkibida fraksiyalar (guruhlar) 
tuzish, siyosiy partiyalarning mulki masalalarini batafsil tartibga soladi.
Siyosiy partiyalarning Prezident, vakillik organlariga saylovlarda ishtirok 
etish huquqlari tegishli organlarga saylov to‘g ‘risidagi qonunlarda belgilangan.
Siyosiy partiyalarning davlat hokimiyatidagi ishtirokining eng muhimlaridan 
biri prezidentlikka, vakillik organlariga deputatlikka nomzod ko‘rsatishdir. 
Siyosiy partiyalarning hokimiyat ishlarida ishtirokining yana bir shakli 
Qonunchilik palatasi tarkibidagi partiya fraksiyalari, mahalliy Kengashlardagi 
partiya guruhlari faoliyati orqali ko‘rinadi.
2008-yil 1-yanvardan kuchga kirgan «Davlat boshqaruvini yangilash va 
yanada demokratlashtirish hamda mamlakatni modernizatsiya qilishda siyosiy 
partiyalarning rolini kuchaytirish to‘g ‘risida»gi Konstitutsiyaviy qonun m amlakat 
hayotida ham, siyosiy partiyalar hayotida ham muhim voqea bo‘ldi.
Qonunning 2-moddasida Qonunchilik palatasida siyosiy partiyalarning 
fraksiyalarini tuzish, ro‘yxatga olish tartibi, fraksiya tuzishdan maqsad, 
fraksiyalar mavqei (ko‘pchilik), bloklar tuzish, parlamentda o‘zini muxolifat deb 
e’lon qilish, muxolifatchilarning huquqlari belgilab qo‘yildi.

Yüklə 10,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin