O. T. Husanov konstitutsiyaviy


 ‘zb ek iston R espublikasi O liy M ajlis faoliyatini tartibga so lu v ch i qonun hujjatlari t o ‘plam i. - Т



Yüklə 10,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə128/268
tarix01.12.2023
ölçüsü10,6 Mb.
#170776
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   268
Konstutsiyaviy Huquq O.T.Husanov

1 0 ‘zb ek iston R espublikasi O liy M ajlis faoliyatini tartibga so lu v ch i qonun hujjatlari t o ‘plam i. - Т.:
2 0 0 7 . 7 0 - 8 1 , 2 0 5 -2 0 9 -b e tla r .
168


Q onunning 3-moddasida siyosiy partiyalar fraksiyaiarining Qonunchilik 
palatasi Spikeri o‘rinbosarlarini saylashdagi roli (nomzod ko‘rsatishi, har bir 
fraksiya o‘z vakiliga ega bo‘lishi) belgilangan.
Q onunning 4-moddasida siyosiy partiyalar fraksiyaiarining Bosh vazirni 
lavozimiga tayinlashdagi ishtiroki mustahkamlangan1. Bu tartib keyinchalik 
o‘zgardi.
Q onunning 5-moddasida Bosh vazirni muddatidan avval lavozimidan ozod 
qilishdagi partiya fraksiyalari ishtiroki belgilandi.
Unga asosan, Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalarini 
0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti ko‘rib chiqishi uchun taqdim etgan 
tashabbusiga binoan, agar bunday tashabbusni palatadagi yetakchi partiya 
fraksiyasi qo‘llab-quvvatlasa hamda mazkur tashabbus Prezident tomonidan 
Oliy Majis palatalariga ovozga qo‘yilganda deputatlar va senatorlar umumiy 
sonining uchdan ikki qismidan ko‘prog‘ining ovozini olsa, Prezident Bosh vazirni 
lavozimidan ozod etish to‘g ‘risida qaror qabul qiladi.
Qonunning 6-moddasida viloyat va Toshkent shahar hokimi lavozimiga 
nomzod tegishli Kengashga tasdiqlash uchun Prezident tomonidan Kengashdagi 
siyosiy partiya guruhlari bilan maslahatlashib, taqdim qilish tartibi belgilandi.
Q onunning 7-moddasiga ko‘ra, viloyat va Toshkent shahar Kengashlari 
deputatlari guruhlari hokimning qoniqarsiz faoliyati ustidan 0 ‘zbekiston 
Respublikasi Prezidentiga asoslantirilgan xulosalar taqdim etish huquqiga 
ega bo‘ladi. Bunday tashabbus yetakchi partiya guruhi tomonidan qo‘llab- 
quvvatlansa, Prezident bu tashabbusni xalq deputatlari Kengashi muhokamasiga 
kiritadi va muhokama natijalariga muvofiq qaror qabul qiladi.
Prezident konsepsiyasidagi qonunchilik tashabbusiga binoan Konstitutsiyaga 
o‘zgartirish kiritildi. « 0 ‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining ayrim 
moddalariga qo‘shimchalar kiritish to‘g ‘risida (7 8 ,8 0 ,9 3 ,9 6 va 98-moddalarida)»gi 
qonunga asosan (2011-yil 
18-aprelda Prezident tomonidan imzolangan), 
Konstitutsiyaning 98-moddasi yangicha tahrirda bayon qilindi. Unga asosan, 
Bosh vazir nomzodi Oliy Majlisning Qonunchilik palatasiga saylovda eng ko‘p 
deputatlik o‘rnini olgan siyosiy partiya yoki teng miqdordagi eng ko‘p deputatlik 
o‘rinlarini qo‘lga kiritgan siyosiy partiya tomonidan taklif etiladi.
Amaldagi Bosh vazirga nisbatan ishonchsizlik votumi bildirilib, u iste’foga 
chiqqanda yangi Bosh vazir nomzodi Prezident tomonidan Qonunchilik 
palatasidagi barcha siyosiy partiyalar fraksiyalari bilan maslahatlashuvlar 
o‘tkazilgandan so‘ng Oliy Majlisga ko‘rib chiqish va tasdiqlash uchun taqdim 
etiladi.
Bunday tartiblarning o‘rnatilishi siyosiy partiyalarning rolini oshirib, ularning 
hokimiyatni amalga oshirishdagi ishtirokini kengaytirdi.

Yüklə 10,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin