Shuningdek, urushni,
ijtimoiy, milliy, irqiy, diniy adovatni ta rg ‘ib qiluvchi,
fuqarolarning so g ‘lig‘iga va madaniyatiga zarar yetkazuvchi, tajovuz qiluvchi
tashkilot va birlashmalarni tuzish qat’iyan taqiqlanadi.
Konstitutsiyaning
tegishli
moddasi
harbiylashtirilgan
(jangari)
birlashmalarni, milliy (millatchi) va diniy ruhdagi siyosiy partiyalarning hamda
jamoat birlashmalarining tuzilishini taqiqlaydi. Chunki bunday tashkilotlarning
tuzilishi faqat shu mamlakat konstitutsiyaviy tuzumiga emas, umuman,
barcha
xalqlar taqdiriga juda katta talofat yetkazgan. Masalan, Germaniyada tuzilgan
«Milliy sotsialistlar» (fashistlar) partiyasi.
Konstitutsiya har qanday maxfiy jamiyatlar va uyushmalar tuzishni taqiqlaydi.
Chunki jahon tajribasida yashirin va maxfiy tashkilotlar tuzib, konstitutsiyaviy
tuzumni zo‘rlik bilan o‘zgartirishga urinishlar ko‘p bo‘lgan.
Tegishli tartibda ro‘yxatdan o‘tm agan yoki ro‘yxatdan o‘tishga urinmagan,
bu ishdan bosh tortgan tashkilotlarni, maxfiy tashkilotlarni qonunsiz tashkilot
deb hisoblash mumkin.
Konstitutsiyaviy
tuzum tartibi, eng avvalo, fuqarolar manfaatini, o‘zini
(Konstitutsiyaviy tuzumni), mamlakat xavfsizligini ta ’minlashni nazarda tutadi.
Har qanday erkinlik bilan Konstitutsiyaviy tuzumni ta’minlash mumkin emas,
faqat qonunga asoslangan erkinlik e’tirof etiladi.
Shuning uchun, Konstitutsiyaviy tuzum keng erkinlik va demokratiyaga
sharoit yaratar ekan, albatta, o‘zini himoyalashni ham esdan chiqarmasligi
zarur.
Aks holda, unga qarshi harakatlar boMishi mumkin.
Keyingi paytlarda turli niqoblar ostida g ‘arazli niyatlar bilan tashkilotlar
tuzishga harakat qilish, o‘zlarini tashkilot deb e’lon qilish holiari uchrab turibdi.
Ularning asl maqsadi qonuniy hokimiyatga qarshi kurashish, Konstitutsiyaviy
tuzum ga zarar yetkazish bo‘lgani uchun bunday tashkilotlarni tuzishga ruxsat
berilmaydi, ya’ni ro‘yxatga olinmaydi.
0 ‘zbekistonning amaldagi Jinoyat kodeksi 2442-moddasida diniy ekstremistik,
separatistik, fundamentalistik yoki boshqa taqiqlangan tashkilotlar tuzish,
ularga
rahbarlik qilish, ularda ishtirok etish uchun jinoiy javobgarlik belgilangan.
Konstitutsiyaviy tuzum ning barqarorligi jamiyat taraqqiyoti, fuqarolarning
farovon turmushi garovidir.
0 ‘zbekiston
Respublikasining
Konstitutsiyasi
birinchi
bo‘limida
respublikaning konstitutsiyaviy tuzumi asoslari hamda prinsiplari belgilangan.
Ularga qarshi har qanday tajovuzning oldi olinadi yoki tegishli choralar ko‘riladi.
0 ‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 159-moddasida 0 ‘zbekiston
Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumiga tajovuz qilish uchun, 216-moddasida
jamoat birlashmalari yoki diniy tashkilotlarni qonunga xilof ravishda tuzish
uchun jinoiy javobgarlik belgilangan.
171
Davlat ham, jam oat birlashmalari ham jamiyatning tuzilmalaridir. U larning
alohida-alohida vazifalari bilan birga, umumiy vazifalari ham mavjud.
Davlat
va un ing tashkilotlari bilan jamiyat birlashmalari o‘rtasida to‘g ‘ri munosabat
o‘rnatilsagina, ijobiy natija berishi mumkin. Ana shu m unosabatning huquqiy
asosi Konstitutsiyada m ustahkam langan.
Konstitutsiyaning 58-moddasida: «Davlat jamoat birlashmalarining huquqlari
va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini ta ’minlaydi, ularga ijtimoiy hayotda
ishtirok etish uchun teng huquqiy imkoniyatlar yaratib beradi.
Davlat organlari va mansabdor shaxslarning jamoat birlashmalari faoliyatiga
aralashishiga, shuningdek jamoat birlashmalarining davlat organlari va mansabdor
shaxslar faoliyatiga aralashishiga yo‘l qo‘yilmaydi», - deb belgilangan.
Davlat bilan jamoat birlashmalari munosabatida davlat tomonidan jamoat
birlashmalarini ro‘yxatga olish tartibining o‘rnatilishi
hamda barcha jamoat
birlashmalarining faoliyatini tashkil qilish, vazifasi, vakolatini belgilovchi
huquqiy hujjatlarning (qonun, farmon, qarorlar) davlat tomonidan qabul qilinishi
muhim rol o‘ynaydi.
Davlat o‘zining qonun va boshqa huquqiy hujjatlari orqali jamoat
birlashmalarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini ta ’minlaydi.
Qonunlarda jamoat birlashmalarining ijtimoiy-siyosiy hayotda ishtirok etishlari
uchun ten g huquqiy imkoniyatlar belgilanadi.
M asalan, 0 ‘zbekistonning saylov to‘g ‘risidagi qonunlarida barcha ro‘yxatga
olingan siyosiy partiyalarga teng imkoniyat yaratilgan va bir xil huquq berilgan.
Q onunga asosan, siyosiy partiyalar deputatlikka
va Prezidentlikka nomzod
ko‘rsatishda, nomzodlarni tashviqot-targ‘ibot qilishda teng huquqlarga ega.
Jam oat birlashmalari o‘z faoliyatini mustaqil, chetdan aralashuvlarsiz olib
borsa, ularning faoliyati ijobiy bo‘lishi mumkin. Shuning uchun, Konstitutsiyada
belgilangan qoidaga asosan, davlat organlari,
mansabdor shaxslar jamoat
birlashmalari faoliyatiga aralashishi, ta ’sir qilishi mumkin emas. Xuddi
shuningdek, jamoat birlashmalari ham davlat organlari va mansabdor
shaxslarning faoliyatiga aralashishi mumkin emas.
Davlat jamoat birlashmalarini moddiy tomondan qo‘llab-quvvatlash siyosatini
ham olib boradi. 2004-yil 30-aprelda «Siyosiy partiyalarni moliyalashtirish
to‘g ‘risida»gi Qonun qabul qilinib, barcha siyosiy
partiyalarga teng imkoniyat
yaratish,
faoliyatini
oshirish,
o‘z
faoliyatini
tashkil
etishda
moliyaviy
qiyinchiliklarga uchramaslik uchun partiyalarni davlat tomonidan moliyaviy
ta’minlash tartibi joriy qilindi.
Davlat jamoat birlashmalarining faoliyatiga aralashmagan holda ular
faoliyatining qonunga mos bo‘lishini nazorat qiladi. Siyosiy partiyalar o‘z
moliyaviy faoliyati, davlat tomonidan ajratilgan mablag‘lardan to‘g ‘ri foydalanish
haqida davlatga (Oliy Majlisga) hisobot taqdim qiladi. Umuman, har qanday
Dostları ilə paylaş: