O. T. Husanov konstitutsiyaviy


 ‘zb ek isto n R espublikasi O liy M ajlis faoliyatini tartibga so lu v ch i qonun hujjatlari to ‘plam i. - Т



Yüklə 10,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə129/268
tarix01.12.2023
ölçüsü10,6 Mb.
#170776
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   268
Konstutsiyaviy Huquq O.T.Husanov

1 0 ‘zb ek isto n R espublikasi O liy M ajlis faoliyatini tartibga so lu v ch i qonun hujjatlari to ‘plam i. - Т.:
3 2 2 - 3 2 4 -b e tla r .
169


Hozirgi davrda partiyalar orasida raqobatni ta’minlashga alohida e’tibor 
qaratilmoqda. Bu to‘g ‘ridan to‘g ‘ri parlament rolini kuchaytirish vositasi ekanligi
prezident tomonidan e’tirof etildi1.
3-§. K onstitutsiyaviy tuzum ga qarshi faoliyat yurituvchi
birlashm alar tu zish n in g taqiqlanishi
Konstitutsiya faqat huquq va erkinliklarni mustahkamlab qolmasdan, unda 
taqiqlar, cheklashlar ham nazarda tutiladi. 0 ‘zbekiston Konstitutsiyasi ham 
shunday xususiyatlarga ega.
Konstitutsiyada ko‘zda tutilgan taqiqlar jamiyat, fuqarolar, davlat manfaatidan, 
ularni turli tazyiqlardan himoya qilish nuqtai nazaridan kelib chiqadi.
Jamiyat, fuqaro, davlat manfaatini himoya qilish, eng avvalo, Konstitutsiyaviy 
tuzum ni himoya qilish orqali amalga oshiriladi. Konstitutsiyaviy tu z u m n in g
barqarorligi, ko‘p jihatdan, jamoat birlashmalarining faoliyatiga bog‘liq.
Shuning uchun, Konstitutsiyaviy tuzum ga, davlatga, jamiyatga, fuqarolar 
manfaatiga qarshi faoliyat yurituvchi jamoat birlashmalari tuzishga yo‘l 
qo‘yilmaydi, mavjudlari shunday faoliyat bilan sh ug ‘ullansa, ularning faoliyati 
to‘xtatiladi, tugatiladi. Bu masala 0 ‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida 
hal qilingan bo‘lib, uning 57-moddasida: «Konstitutsiyaviy tuzumni zo‘rlik bilan 
o‘zgartirishni maqsad qilib qo‘yuvchi, respublikaning suvereniteti, yaxlitligi 
va xavfsizligiga, fuqarolarning Konstitutsiyaviy huquq va erkinliklariga qarshi 
chiquvchi, urushni, ijtimoiy, milliy, irqiy va diniy adovatni ta r g ‘ib qiluvchi, 
xalqning so g ‘lig‘i va m a’naviyatiga tajovuz qiluvchi, shuningdek harbiylashtirilgan 
birlashmalarning, milliy va diniy ruhdagi siyosiy partiyalarning hamda jamoat 
birlashmalarining tuzilishi va faoliyati taqiqlanadi.
Maxfiy jamiyatlar va uyushm alar tuzish taqiqlanadi», - deb belgilangan.
Konstitutsiya konstitutsiyaviy tuzumni o‘rnatish bilan shu qonuniy tuzum ni 
himoya qilish choralarini ham ko‘radi. Shu maqsadda konstitutsiyaviy tu z u m n in g
asoslariga zarar yetkazish uchun qilingan har qanday harakat taqiqlanadi.
Konstitutsiyaviy tu z u m n in g asoslaridan bo‘lgan:
- davlat suvereniteti, konstitutsiya bilan o‘rnatilgan davlat boshqaruvi 
shakliga;
- inson, uning qadr-qimmati, sha’ni va boshqa huquqlarining oliy qadriyat 
ekanligiga;
- millatlarning tengligi, xalq hokimiyatining turli shakllariga;
- mam lakatning iqtisodiy negiziga;
- konstitutsiya va qonunlarning ustunligiga qarshi, ularga xavf t u g ‘diradigan 
har qanday uyushma, jamiyatlarni tuzishni taqiqlaydi.

Yüklə 10,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin