O. T. Husanov konstitutsiyaviy


-§. Davlat va diniy tashkilotlar m unosabati



Yüklə 10,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə132/268
tarix01.12.2023
ölçüsü10,6 Mb.
#170776
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   268
Konstutsiyaviy Huquq O.T.Husanov

6-§. Davlat va diniy tashkilotlar m unosabati
0 ‘zbekiston dunyoviy davlat bo‘lib, bu - davlat va din munosabatiga ta ’sir 
qiladi.
0 ‘zbekiston aholisining ko‘pchiligi islom diniga e’tiqod qiladi. Sobiq 
Ittifoqning oxirgi yillarida islom diniga qarshi katta va asossiz kurashlar 
olib borildi. Aholining vijdon erkinligi buzildi. Shuning uchun markaz islom 
diniga, dinga e’tiqod qiluvchilarga qarshi asossiz kurash olib borayotgan bir 
paytda, hali mustaqillik e’lon qilinmasdan, 0 ‘zbekiston Ittifoq tarkibida turgan 
vaqtda, 1991-yil 14-iyunda mamlakatimizda birinchi m arta «Vijdon erkinligi va 
diniy tashkilotlar to‘g ‘risida»gi Qonun qabul qilingan bo‘lsa, vaqt o‘tishi bilan 
qonun 1998-yil 1-mayda yangi tahrirda qabul qilindi. Bugungi kunda Prezident 
ko‘rsatmasi asosida yangi tahrirdagi qonun ustida ish olib borilmoqda2.
Bu Qonun har bir shaxsning vijdon erkinligini, diniy e’tiqod huquqini, 
dinga munosabatidan qat’iy nazar, fuqarolarning tengligini, shuningdek, diniy 
tashkilotlarning faoliyati bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga soldi va dinning 
davlatdan ajratilganligini qonuniy mustahkamlab qo‘ydi.
1 «Yangi 0 ‘zbekiston*, 2020-yil 12-noyabr.
2 «Yangi 0 ‘zbekiston*. 2020-yil 25-yanvar.
174


0 ‘zbekiston Respublikasining amaldagi Konstitutsiyasi qabul qilinishida bu 
masalaga alohida e’tibor berildi.
Konstitutsiyaning 31-moddasida vijdon erkinligi fuqarolarning shaxsiy 
huquqlari qatorida mustahkamlandi.
Konstitutsiyaning «Jamoat birlashmalari» bobining 61-moddasida davlat 
bilan diniy tashkilotlar munosabatining konstitutsiyaviy asosi belgilab qo'yildi. 
Unga asosan: «Diniy tashkilotlar va birlashmalar davlatdan ajratilgan hamda 
qonun oldida tengdirlar. Davlat diniy birlashmalarning faoliyatiga aralashmaydi».
Demak, diniy tashkilotlar va birlashmalar (ular qaysi dinga mansubligidan 
qat’iy nazar) davlatdan ajratilgan, ya’ni mustaqil faoliyat yuritadi:
- diniy birlashma va tashkilotlar ham boshqa jamoat birlashmalari qatorida 
qonun oldida teng, ya’ni qonunlarga itoat etadilar;
- davlat diniy birlashma va tashkilotlar faoliyatiga aralashmaydi.
Davlatning diniy tashkilotlar faoliyatiga aralashmasligi, ularning faoliyati
nazorat qilinmaydi, degan gap emas.
Konstitutsiyaning o‘zida diniy tashkilotlarning qonun oldida tengligi 
o‘rnatilgan ekan, bu ularning faoliyatiga aralashmagan holda nazorat qilish 
mumkinligini ko‘rsatadi.
M amlakatimiz xalqining aksariyati Islom diniga e’tiqod qiladi, shuningdek, 
boshqa dinlarga e’tiqod qiluvchilar ham mavjud. 0 ‘z-o‘zidan turli dinga mansub 
diniy tashkilot, birlashmalar tuzilgan bo‘lib, ular qonun oldida teng.
Davlat va qonunning barcha diniy tashkilot va birlashmalarga nisbatan 
bo‘lgan bir xil talabi va munosabati diniy konfessiyalar o‘rtasidagi tinchlik- 
totuvlikni ta ’minlaydi.
Davlat diniy tashkilotlar zimmasiga o‘zining vazifasini yuklamaydi, shuningdek, 
diniy tashkilot va birlashmalar ham davlat vazifalarini bajarishga urinmaydi, 
da’vo qilmaydi.
Qonun-qoidalarga 
asosan, 
diniy 
tashkilot 
va 
birlashmalarning 
Konstitutsiyaviy tuzumga qarshi dushmanlik, 
nafrat, 
millatlar o‘rtasida 
adovat keltirib chiqarishga, axloqiy negizlar va fuqaroviy totuvlikni buzishga 
qaratilgan, vaziyatni beqarorlashtiruvchi bo‘hton, uydirmalar aholi o‘rtasida 
vahima uyg‘otuvchi xabarlarni tarqatishi, jamiyat, fuqaro, davlat manfaatlariga 
zid faoliyat olib borishi taqiqlanadi.
Din niqobi ostida davlat organlari, mansabdor shaxslarga biror-bir yo‘l bilan 
tazyiq o‘tkazish, yashirin diniy faoliyat olib borish aslo mumkin emas.
Davlat bilan diniy tashkilot va birlashmalarning munosabati har qanday 
dinning insonparvarlik, axloqiy, tarbiyaviy g ‘oyalaridan jamiyat rivojida unumli 
foydalanishga asoslanadi. Dunyoviy va diniy ta ’limotlarning ijobiy jihatlaridan 
foydalanib, tarbiya ishlarining olib borilishida diniy tashkilot va birlashmalarning 
to‘g ‘ri munosabati katta rol o‘ynaydi.
Davlat va din munosabatlarida dinning foydali jihatlaridan, uning ma’naviyatga 
ijobiy ta’siridan, axloqiy-tarbiyaviy ta ’siridan, insonlarni kamtarlik, kamsuqumlik,
175


halollik, poklikka undaydigan boshqa qadriyatlar sifatida foydalanish va dindan 
g ‘arazli maqsadlarda foydalanish, dindan siyosat, davlat ishlariga aralashishga 
bo‘lgan harakatlarni taqiqlash, shunday hollar bo‘lsa, ularga chora ko‘rish alohida 
ahamiyatga ega.
Davlat, shuningdek, millatlararo, diniy mojarolar, qonli to‘qnashuvlarning 
oldini olish, ularni to‘xtatishda dinning hayotbaxsh o‘gitlaridan foydalanadi.
0 ‘zbekiston 
Respublikasi 
Jinoyat 
kodeksining 
2162-moddasida 
diniy 
tashkilotlar to‘g ‘risidagi qonun hujjatlarni buzganlik uchun jinoiy javobgarlik 
belgilangan.
Davlatning dinga nisbatan to‘g ‘ri munosabati tufayli bugungi kunda 
respublikamizdagi barcha dinlar tinch-totuv faoliyat ko‘rsatmoqda va shu 
dinlarga e’tiqod qiluvchilar orasida totuvlik, hamjihatlik bo‘lishiga o‘z hissasini 
qo‘shmoqda.

Yüklə 10,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin