O. T. Husanov konstitutsiyaviy


Mavzuni m ustahkam lash uchun savollar



Yüklə 10,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə134/268
tarix01.12.2023
ölçüsü10,6 Mb.
#170776
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   268
Konstutsiyaviy Huquq O.T.Husanov

Mavzuni m ustahkam lash uchun savollar
1. Jamoat birlashmalarining vazifasi, tizimi, turlari qanday?
2. 
Siyosiy partiyalarning hokimiyatni amalga oshirishdagi ishtiroki 
nimalardan iborat?
3. Yoshlar ommaviy tashkilotining tutgan o‘rni qanday?
4. Qanday jamoat birlashmalari tuzish mumkin emas?
5. Jamoat birlashmalarining faoliyati qanday qo‘llab-quvvatlanadi?
6. Diniy tashkilot va birlashmalarning o‘rni qanday?
7. Qanday holda jamoat birlashmalari faoliyati to'xtatiladi, taqiqlanadi?
8. Davlat bilan jamoat tashkilotlarining munosabati nimalarga asoslanadi?
9. Jamoat birlashmalariga a’zo bo‘lish tartibi qanday?
10. Kasaba uyushmalarining vazifasi nimalardan iborat?
177


XVI bob. OILANING KONSTITUTSIYAVIY ASOSLARI
l-§. Oila - jam iyatning asosiy bo4g 4ini
Oila jam iyatning quyi asosiy bo‘g ‘inidir. U - insonning hayotga kelishi
tarbiyalanishidagi asosiy makon. Oila bir necha kishilarni birgalikda yashash 
joyi. Oila to‘liq bo‘lishi uchun ota-ona va farzandlar bo‘lishi shart. U larning 
birortasisiz ham oila bo‘lishi mumkin. Lekin bunday oilada yetishmovchilik 
bo‘ladi. Har bir oila m a’lum xonadonga mos bo‘ladi.
Oila qurishdan asosiy maqsad turli jins vakillarining birgalikda hayot 
kechirishi va farzand ko‘rish hisoblanadi.
Oila o‘z ichki munosabatlariga asoslanadi. Oilaning ichki munosabatlari qonun 
hujjatlariga, milliy va axloqiy qadriyatlarga asoslanadi. Oilaviy munosabatlar 
tabiiy, iqtisodiy, m a’naviy ehtiyojni qondirish zarurati yuzasidan vujudga keladi.
Har qanday jamiyatning mustahkamligi, rivoji oilaga bog‘liq. Chunki 
jamiyatda bo‘ladigan ijtimoiy munosabatlarning dastlabki elementi oilada vujudga 
keladi va shakllanadi. Oiladagi k attalarning bir-biri, boshqalar bilan atrof muhit, 
mol-mulkka bo‘lgan munosabati yoshlarning shu masalalarga munosabatining 
shakllanishi uchun o‘rnak bo‘ladi. Oiladagi tarbiyaning boshqa tarbiyalardan 
farqi, afzalligi tarbiya u yerda faqat o‘rgatish, o‘qitish, ta ’kidlash bilangina 
emas, barcha narsalarda katta yoshdagilarning kichik yoshdagilar uchun o‘rnak 
ko‘rsatishi orqali olib boriladi.
Nima mumkin va nima mum kin emasligi, mehnatga, mol-mulkka munosabat, 
ovqatlanish, dam olish, kattalarga muomala, hurmat, kichiklarga g ‘am xo‘rlik 
qilishning dastlabki sabog‘i oilada olinadi. Bola boshqa m uassasalarga tarbiya, 
bilim olish uchun berilgunga qadar hayot alifbosi haqidagi m a’lumotni oiladan 
oladi.
Oiladagi tarbiya kishilarning axlqqiga, xulqiga o‘chmas qoidalarni singdiradi. 
Inson tarbiyasida hech qanday boshqa tuzilmalar oilaning o‘rnini bosa olmaydi. 
Chunki u yerdagi tarbiyaga sut, qon singari muqaddas ashyolar ta ’sir qiladi.
Shularning barchasi e’tiborga olinib, bizning xalqimizga xos oiladagi ijobiy 
jihatlarni mustahkam lash va rivojlantirishni ta ’minlash uchun Konstitutsiyamizda 
oila uchun maxsus XIV bob ajratildi. Bunday holatni - oilaga maxsus bob 
ajratilishini boshqa m amlakatlar Konstitutsiyasida uchratmaymiz. U yerlarda 
oilaga ham davlat va jamiyatning munosabati o‘zgacha. Bizda oila jamiyatning 
ajralmas qismi va mavjud bo‘lishi shart masala deb qaraladi va albatta, unda 
ikki jinsning, erkak va ayolning birlashuvi bo‘lishi, bu birlashuv orqali dunyoga 
yangi insonlar kelishi nazarda tutiladi.
Ana shulardan 
kelib chiqib, 
Konstitutsiyaning 63-moddasida: 
«Oila 
jamiyatning asosiy bo‘g ‘inidir...», - degan qoida o‘z aksini topgan. Konstitutsiyada 
oilaning jamiyat bo‘g ‘ini sifatida e’tirof etilishi oilasiz jamiyat kemtik bo'lishini, 
rivojlanish xavf ostida qolishini ko‘rsatadi.
178


0 ‘zbekiston 
Respublikasi 
Birinchi 
Prezidenti 
2011-yil 
dekabr oyida 
Konstitutsiya 
kuniga 
bag‘ishlangan 
yig‘ilishdagi 
ma’ruzasida 
2012-yilni 
«M ustahkam oila yili» deb e’lon qilar ekan, oila haqida shunday so‘zlarni aytgan: 

Yüklə 10,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin