Beshinchi bo‘lim
O ZBEKISTONNING MA’MURIY-HUDUDIY VA DAVLAT TUZILISHI
XVIII bob. DAVLATNING MA’MURIY-HUDUDIY TUZILISHI
l-§. Davlat tuzilishi shaklining umumiy tasnifi
Davlat tuzilishi - bu davlat hokimiyatini mamlakat hududi bo‘yicha tashkil
qilish, hududlardagi davlat organlari, markaziy davlat
organlari munosabatini
belgilashning alohida shaklidir.
Bunday munosabatlar (markaz va hudud munosabati) kichik davlatlarda
oson hal qilinsa, yirik, ko‘p millatli davlatlarda qiyin hal qilinadi. Davlat tuzilishi
shakli masalalari «Davlat va huquq nazariyasi» fanida chuqur va har tomonlama
o‘rganiladi.
Davlat va huquq nazariyasiga binoan, davlat tuzilishining uch ko‘rinishi
mavjud bo‘lib,
ular unitar davlat, federativ davlat va konfederativ davlatdir.
Federativ davlat - bu davlat tuzilishlarning ittifoqi, federatsiya m a’lum
mustaqillikka ega subyektlarning ittifoqi hisoblanadi. Federatsiya subyektlari
ba’zi mamlakatlarda mustaqil bo‘lib, ayrim vakolatlarini federatsiyaga ixtiyoriy
o‘tkazadi va barcha subyektlar bir xil huquqiy maqomga ega bo‘ladi. Bunday
davlatlarda federatsiya hududi, subyektlar hududidan iborat bo‘ladi,
federatsiya
subyektlarining konstitutsiyalari, fuqaroligi, alohida
qonunchilik, ijro, sud
hokimiyati organi bo‘ladi. Bunday davlat tuzilishidagi mamlakatga AQSh,
Hindiston, Braziliya, Rossiyani kiritish mumkin.
Unitar davlat - davlat tuzilishining oddiy ko‘rinishi,
uning tarkibida boshqa
davlat tuzilmalari yo‘q, hududiy birliklari mustaqillikka ega emas. Yagona
konstitutsiya, yagona fuqarolik, Oliy qonunchilik, ijro va sud hokimiyati ham
markazlashgan shaklda tuzilgan va faoliyat olib boradi. Bu mamlakatlar qatoriga
Fransiya, Italiya, Yaponiya, Qozog‘iston,
Tojikiston, Q irg‘iziston, Turkmanistonni
kiritish mumkin.
0 ‘zbekiston ham unitar mamlakatlar qatoriga kiradi. Lekin uning tuzilishida
ayrim federativ davlatlarga xos xususiyatlar ham mavjud.
Masalan, 0 ‘zbekiston tarkibida davlat tuzilishiga xos bo‘lgan Qoraqalpog‘iston
Respublikasi mavjud. Uning o‘z Konstitutsiyasi, qonunlari, hududi, fuqaroligi,
oliy qonunchilik, ijro va sud hokimiyati organlari mavjud.
Qoraqalpog‘iston va 0 ‘zbekiston munosabati federativ munosabatlar asosida
qurilmagan. Federatsiya bir necha teng huquqli subyektlar ittifoqi bo‘lsa, bu
yerda teng huquqli federatsiya subyektlari yo‘q. 0 ‘zbekistonning Konstitutsiyasi,
qonunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida bajarilishi majburiy va
Qoraqalpog‘iston qonunlari 0 ‘zbekiston qonunlari ustunligini to‘la tan oladi.
193
Lekin Qoraqalpog‘istonda davlat tuzilishiga xos bo‘lgan uning mavqeini,
0 ‘zbekistonning boshqa tuzilmalaridan farqini ko‘rsatuvchi holatlar mavjud
bo‘lib, bu haqda keyingi boblarda to‘xtalamiz.
Davlat tuzilishining nazariy jihatdan uchinchi
shakli konfederatsiya
hisoblanadi. Bu tushuncha, asosan, bir necha suveren davlatlarning ittifoqiga
nisbatan ishlatiladi. Bu ko‘pincha, davlat huquqiy munosabatiga nisbatan
xalqaro-huquqiy munosabat xarakterida bo‘ladi. Ayrim paytlarda konfederatsiya
federatsiyaga o‘tishda foydalaniladigan shakl sifatida ham namoyon bo‘lishi
mumkin. Masalan, AQSh Konfederatsiyasi AQSh federatsiyasiga aylangan.
Hozirgi kunda Shveysariya konfederatsiya hisoblansada,
aslida esa, u ham
allaqachon federatsiyaga aylangan.
Federatsiya davlat tuzilishidan Sobiq Ittifoq foydalangan. Unda davlatning
bu shakli milliy masalalarni hal qilish usuli deb qaralgan.
Sovet Ittifoqi tarkibiga kirgan ittifoqchi respublikalar rasman suveren
respublika hisoblansa-da, ular mustaqil hech narsani hal qila olmagan,
xalqaro
munosabatlarda ishtirok eta olmagan. SSSR haddan tashqari markazlashgan
ittifoq davlati bo‘lgan.
Dostları ilə paylaş: