yuborish) masalalarini qanday hal qilish tartibini, asoslarini belgilagan. Har
uchala holatda ham bu hududiy birliklarning chegarasini o‘zgartirish, yangidan
tashkil qilish, tugatish masalasi Oliy Majlisning roziligi
bilan hal qilinishi
belgilangan.
0 ‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 78-moddasi 10-bandiga asosan,
0 ‘zbekiston Respublikasining m a’muriy-hududiy tuzilishi masalalarini qonun
yo‘li bilan tartibga solish, chegaralarini o‘zgartirish Oliy Majlis palatalarining
birgalikdagi vakolatlari qatoriga kiritilgan. Ya’ni ma’muriy-hududiy tuzilish va
ularning chegarasini o‘zgartirish faqat qonun yo‘li bilan hal qilinadi.
2012-yil 12-oktabrda o‘tkazilgan islohotlar natijasida ushbu Q onunning
mazmun-mohiyati tubdan o‘zgardi. Ya’ni 0 ‘zbekiston Respublikasining «Geografik
obyektlarning nomlari to‘g ‘risida»gi Qonuni qabul qilinishi munosabati bilan
1996-yil 30-apreldagi Q onunning nomi « 0 ‘zbekiston Respublikasida m a’muriy-
hududiy tuzilish masalalarini hal etish to‘g ‘risida» deb o‘zgartirildi. Shuningdek,
undagi toponomik obyektlarga nom berish va ularning nomlarini o‘zgartirish
munosabatlariga oid normalar chiqarib tashlandi. Bu munosabatlar «Geografik
obyektlarning nomlari to‘g ‘risida»gi Qonun bilan tartibga solinishi belgilandi.
Unga asosan, viloyatlarni tuzish, tugatish Vazirlar M ahkam asining taklifiga
muvofiq Oliy Majlis tomonidan amalga oshiriladi.
Tumanlarni tuzish va tugatish tegishli
viloyat va Toshkent shahar
hokimlarining iltimosiga ko‘ra, Vazirlar M ahkamasi tomonidan kiritilgan taklifga
asosan, Oliy Majlis tomonidan amalga oshiriladi.
Qishloqlar, ovullar tuzish va tugatish tegishli tum an hokimlarining
iltimosnomasiga asosan xalq deputatlari viloyat Kengashlari tomonidan amalga
oshiriladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida tum anlarni tuzish va tugatish Qoraqal-
p og‘iston Respublikasi hukumatining taklifiga muvofiq Jo‘qorg‘i Kenges
tomonidan 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining roziligi bilan amalga
oshiriladi. Qishloq va ovullarni tuzish 4hamda tugatish Qoraqalpog‘istonda
tu m an hokimlarining iltimosnomasiga asosan Jo‘qorg‘i Kenges tomonidan
am alga oshiriladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasining chegarasi faqat uning roziligi bilan
Jo‘qorg‘i Kenges qaroriga asosan Oliy Majlis tomonidan o‘zgartirilishi mumkin.
Viloyatlar va tu m anlarning chegarasini o‘zgartirish tegishli viloyatlar va
Toshkent shahri hokimlarining iltimosnomasiga asosan, 0 ‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar M ah k am asin in g taklifiga ko‘ra, Oliy Majlis tomonidan amalga oshiriladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida tu m anlarning
chegarasini ozg artirish
tegishli
tu m an
hokimlarining iltimosnomasiga
asosan,
Qoraqalpog‘iston
Respublikasi hukumatining taklifiga muvofiq, Jo‘qorg‘i Kenges tomonidan
amalga oshiriladi.
Qishloqlar, ovullar chegarasini o‘zgartirish, aholi punktlarini birlashtirish
tegishli tum an hokimlarining iltimosnomasiga asosan xalq deputatlari viloyat
196
Kengashlari tomonidan, Qoraqalpog‘iston Respublikasida esa - Jo‘qorg‘i Kenges
tomonidan amalga oshiriladi.
M a ’muriy-hududiy birliklarning markazlarini belgilash, ko‘chirish ham
qonun asosida amalga oshiriladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasining poytaxtini belgilash va ko‘chirish
0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining roziligi bilan Jo‘qorg‘i Kenges
tomonidan amalga oshiriladi.
Viloyatlarning ma’muriy markazini belgilash va ko‘chirish
tegishli viloyat
hokimlarining iltimosnomasiga asosan 0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
M ahkam asining taklifiga muvofiq Oliy Majlis tomonidan, tumanlar, qishloqlar,
ovullarning m a’muriy markazlarini belgilash va ko‘chirish tegishli tuman
hokimlarining iltimosnomasiga asosan xalq deputatlari viloyat Kengashlari
tomonidan, Qoraqalpog'iston Respublikasida esa - Jo‘qorg‘i Kenges tomonidan
amalga oshiriladi.
S haharlarning chegaralarini belgilash va kengaytirish tegishli viloyat,
tegishli shahar hokimlarining iltimosnomasiga asosan, 0 ‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar M ahkam asining taklifiga muvofiq, Oliy Majlis tomonidan amalga
oshiriladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida shaharlarning chegaralarini belgilash va
kengaytirish tegishli tum an va shahar hokimlarining iltimosnomasiga asosan
Qoraqalpog‘iston Respublikasi hukumatining taklifiga muvofiq Jo‘qorg‘i Kenges
tomonidan amalga oshiriladi.
Shaharchalarning chegaralarini belgilash va kengaytirish tegishli tuman
va shahar hokimlarining iltimosnomasiga asosan, xalq deputatlari viloyat
Kengashlari tomonidan, Qoraqalpog‘iston Respublikasida esa - Jo‘qorg‘i Kenges
tomonidan amalga oshiriladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida shaharlarni Respublika bo‘ysunuvidagi
shaharlar
turkum iga kiritish, ularni qayta tuzish Qoraqalpog‘iston Respublikasi
hukum atining taklifiga muvofiq, Jo‘qorg‘i Kenges tomonidan amalga oshiriladi.
Tuman bo‘ysunuvidagi shaharlar turkumiga, qoida tariqasida, kamida
olti ming aholisi bo‘lgan, sanoat korxonalari va rivojlangan infrastrukturasi
mavjud shaharchalar, aholi punktlarini kiritish mumkin. Shahar yoki aholi
punktini shunday punktga kiritish uchun m a’lum miqdorda aholiga ega bo‘lishi,
iqtisodi normal rivojlangan va tegishli rivojlanishini ta ’minlaydigan darajada
infrastrukturaga ega bo‘lishi kerak.
Dostları ilə paylaş: