masalalarini
hal
etish
tartibi
to‘g ‘risida»gi
Qonunda
m a’muriy-hududiy
masalalarda Qoraqalpog‘istonning huquqlari aniq ko‘rsatib o‘tilgan.
Q onunning 2-moddasiga asosan, Qoraqalpog‘istonda tum anlarni tuzish va
tugatish Qoraqalpog‘iston hukumatining taklifiga muvofiq Jo‘qorg‘i Kenges
tomonidan 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
roziligi bilan am alga
oshiriladi. Shunday qoida 0 ‘zbekiston Konstitutsiyasining 69-moddasida ham
nazarda tutilgan.
Ovullarni tuzish va tugatish tum an hokimining iltimosiga asosan, Jo‘qorg‘i
Kenges tomonidan amalga oshiriladi.
Qoraqalpog‘istonda tum anlarni o‘zgartirish tegishli tum an hokimining
iltimosnomasiga asosan, Qoraqalpog‘iston hukumatining taklifiga muvofiq,
Jo‘qorg‘i Kenges tomonidan amalga oshiriladi.
Ovullar chegarasini o‘zgartirish, aholi punktlarini birlashtirish tu m an
hokimlarining iltimosnomasiga asosan, Jo‘qorg‘i Kenges tomonidan am alga
oshiriladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasining poytaxtini belgilash va ko‘chirish
0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining roziligi bilan Jo‘qorg‘i Kenges
tomonidan amalga oshiriladi.
Ovullar m a’muriy markazlarini belgilash va ko‘chirish
tegishli tu m an
hokimining iltimosnomasiga asosan, Jo‘qorg‘i Kenges tomonidan am alga
oshiriladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida shaharlarni respublika bo‘ysunuvidagi
shaharlar turkum iga kiritish, ularni qayta tuzish hukum atning taklifiga ko‘ra
Jo‘qorg‘i Kenges tomonidan amalga oshiriladi.
Shaharlarni, aholi punktlarini tum an bo‘ysunuvidagi shaharlar turkum iga
kiritish, ularni qayta tuzish tegishli tum an hokimlarining iltimosnomasiga
asosan, Qoraqalpog‘iston hukumatining taklifiga muvofiq, Jo‘qorg‘i Kenges
tomonidan am alga oshiriladi.
Aholi
punktlarini
shaharchalar
turkum iga
kiritish
tegishli
tu m an
hokimlarining iltimosnomasiga asosan, Jo‘qorg‘i Kenges tomonidan amalga
oshiriladi.
S haharlarning chegaralarini belgilash va kengaytirish tegishli tum an,
shahar hokimlarining iltimosnomasiga asosan, Qoraqalpog‘iston hukum atining
taklifiga muvofiq, Jo‘qorg‘i Kenges tomonidan amalga oshiriladi.
Tumanlar, shaharlar, shaharchalar, ovullarga nom
berish va ularni nomlash
tum an,
shahar hokimlarining iltimosnomasiga asosan Jo‘qorg‘i Kenges
tomonidan amalga oshiriladi.
Demak, Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika hududi chegaralarini
o‘zgartirishda, m a’muriy-hududiy birliklar tashkil qilishda keng, mustaqil huquqqa
ega. Ana shu huquqlarni ikki g u ru hg a bo‘lish mumkin. Birinchisi, 0 ‘zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisining roziligi bilan Jo‘qorg‘i Kenges tomonidan hal
204
qilinadigan ishlar. Bunga tumanlarni tuzish va tugatish, Qoraqalpog‘iston
poytaxtini belgilash va ko‘chirishni kiritish mumkin.
Ikkinchisi,
hech kimning roziligini olmay, Jo‘qorg‘i Kenges tomonidan
mustaqil hal qilinadigan ishlar, bular:
- ovullarni tuzish va tugatish;
- tum an chegaralarini o‘zgartirish;
- ovullarning chegarasini o‘zgartirish;
- ovullarning m a’muriy markazlarini belgilash, ko‘chirish;
- shaharlarni Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘ysunuvi turkumiga kiritish;
- shaharlarning chegaralarini belgilash va kengaytirish, shaharchalarning
chegaralarini
belgilash va kengaytirish;
- tumanlar, shaharlar, ovullarga nom berish, ularning nomini o‘zgartirish.
Qoraqalpog‘iston Respublikasining chegarasi faqat Qoraqalpog‘istonning
roziligi bilan Jo‘qorg‘i Kenges qaroriga asosan, Oliy Majlis tomonidan
o‘zgartirilishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: