O. T. Husanov konstitutsiyaviy


Bu haqida qarang: 2017-2021-yillard a 0 ‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor



Yüklə 10,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə233/268
tarix01.12.2023
ölçüsü10,6 Mb.
#170776
1   ...   229   230   231   232   233   234   235   236   ...   268
Konstutsiyaviy Huquq O.T.Husanov

1 Bu haqida qarang: 2017-2021-yillard a 0 ‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor
y o ‘nalishlari bo'yicha Harakatlar Strategiyasi.
2 Bu haqida qarang: M irziyoyev Sh. Xalqim izning roziligi bizning faoliyatimizga berilgan eng oliy
bahodir. T. « 0 ‘zbekiston*. 2018. 2-tom , 1 0 5 - 1 12-betlar.
3 Qarang: M irziyoyev Sh. Niyati ulug* xalqning ishi ham ulug‘, hayoti yorug* va kelajagi farovon
bo‘ladi. (kirill alifbosida). T. «O‘zbekiston*, 2019. 3-tom , 4 5-46-b etlar.
349


Shu moddada sudlarning faoliyati qonun bilan belgilanishi va favqulodda 
sudlar tuzishga yo‘l qo‘yilmasligi haqidagi qoidalar saqlab qolindi.
Sud tizimidagi yangiliklarga e’tibor bersak, quyidagilarni ko‘ramiz. 
Birinchidan, Konstitutsiya moddasining yangi talqinida sudlar besh yilga 
saylanadi degan muddat yo‘q. Sudlarni saylash muddati endi qonun bilan 
belgilanadi. Ikkinchidan, sud tizimida Oliy xo‘jalik sudi va quyi xo‘jalik sudlari 
nazarda tutilmadi. Oliy darajada Oliy xo‘jalik sudi Oliy sudga qo‘shib yuborildi, 
quyi pog‘onada esa xo‘jalik sudlari o‘rniga iqtisodiy sudlar tuzish nazarda tutildi 
va iqtisodiy sudlar shahar, tuman, tumanlararo darajada ham tuzilishi belgilandi. 
Uchinchidan, sud tizimida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent 
shahar ma’muriy sudlari tuziladigan bo‘ldi.
Yagona sud hokimiyati tizimiga kiruvchi sudlar o‘zlarining alohida 
vazifalariga ega.
Sud hokimiyati tizimi quyidagi ko‘rinishda aniq ko‘rinadi.
I. 
Sud 
hokimiyatining mustaqil tarmog‘i 
0 ‘zbekiston Respublikasi 
Konstitutsiyaviy sudi hisoblanadi. Uning faoliyati Konstitutsiyadan tashqari 
maxsus qonunlar bilan tartibga solinadi.
Konstitutsiyaviy sud faqat markazda (Respublika miqyosida) tuzilishi bilan 
(quyi tuzilmalarda yo‘q), vazifa hamda vakolatlariga qarab, tarkibiy tuzilishiga 
ko‘ra sud hokimiyatining boshqa umumiy yurisdiksiya sudlaridan farq qiladi.
Konstitutsiyaviy sudning asosiy vazifasi - qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi 
hokimiyatlarning hujjatlari Konstitutsiyaga qanchalik mosligiga doir ishlarni 
ko‘radi. Boshqacha qilib aytganda, u Konstitutsiyaning asosiy himoyachisidir.
Konstitutsiyamizning 109-moddasiga asosan Konstitutsiyaviy sud zimmasiga 
uyidagi vazifalar yuklangan. 0 ‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi:
1) 0 ‘zbekiston Respublikasi qonunlarining va 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy 
Majlisi palatalari qarorlarining, 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, 
qaror va farmoyishlari, hukumat va mahalliy davlat hokimiyati organlari 
qarorlarining, 0 ‘zbekiston Respublikasining davlatlararo shartnomaviy va 
boshqa majburiyatlarining 0 ‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga mosligini 
aniqlaydi;
2) 0 ‘zbekiston Respublikasining Prezidenti tomonidan imzolangunga 
qadar 0 ‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonunlarining, 0 ‘zbekiston 
Respublikasi xalqaro shartnomalarini ratifikatsiya qilish to‘g ‘risidagi 0 ‘zbekiston 
Respublikasi 
qonunlarining 
0 ‘zbekiston 
Respublikasi 
Konstitutsiyasiga 
muvofiqligini aniqlaydi;
3) 
Qoraqalpog‘iston 
Respublikasi 
Konstitutsiyasi 
0 ‘zbekiston 
Respublikasining Konstitutsiyasiga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi qonunlari 
0 ‘zbekiston Respublikasining qonunlariga muvofiqligi to‘g ‘risida xulosa beradi;
4) 0 ‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari normalariga 
sharh beradi;
350


5) 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining muayyan ishda qo‘ilanishi 
lozim bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlarning 0 ‘zbekiston Respublikasining 
Konstitutsiyasiga muvofiqligi to‘g ‘risida sudlar tashabbusi bilan kiritilgan 
murojaatlarni ko‘rib chiqadi;
6) Konstitutsiyaviy sudlov ishlarini yuritish amaliyotini umumlashtirish 
natijalari yuzasidan har yili 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis palatalariga 
va 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga mamlakatdagi konstitutsiyaviy 
qonuniylikning holati to‘g ‘risida axborot taqdim etadi;
7) 0 ‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari bilan berilgan 
vakolat doirasida boshqa ishlarni ham ko‘rib chiqadi.
Bulardan 
ko‘rinib 
turibdiki, 
Konstitutsiyaviy 
sudning 
vakolatlari 
va mas’uliyati kuchaytirildi. Konstitutsiyaga kiritilgan o‘zgartirish va 
qo‘shimchalar faqat Konstitutsiyaviy sudning vakolatlariga taalluqli bo‘lmay, 
ular Konstitutsiyaviy sudni tashkil qilishga ham taalluqli bo‘ldi. Bu haqida 
keyingi bandda to‘xtalamiz.
Konstitutsiyaviy sudning hujjatlari matbuotda rasmiy e’lon qilingan paytdan 
boshlab kuchga kiradi. Ular qat’iy va ular ustidan shikoyat qilish mumkin emas.
Konstitutsiyaviy sudning faoliyati, vakolatlari, ish yuritish, tashkil bo‘lish 
tartibi, tarkibi «O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi to‘g‘risida»gi 
Qonun bilan tartibga solinadi.
II. 
Sud hokimiyatining tarkibiga kiruvchi yana bir mustaqil tarmoq 
sudi - bu umumiy yurisdiksiya sudlaridir. Bu sud tarmog‘i o‘z tizimiga ega. 
Konstitutsiyaning 110-moddasiga asosan, « 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi 
fuqarolik, jinoiy, iqtisodiy va ma’muriy sud ishlarini yuritish sohasida sud 
hokimiyatining oliy organi hisoblanadi.
U tomonidan qabul qilingan hujjatlar qat’iy va 0 ‘zbekiston Respublikasining 
barcha hududida bajarilishi majburiydir.
0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi quyi sudlarning sudlov faoliyati ustidan 
nazorat olib borish huquqiga ega.
Konstitutsiyaning bu normasi tegishli sud tizimini, unda Oliy sudning o‘rnini, 
qisqa qilib aytganda, sudning vazifa hamda vakolatlarini belgilab qo‘ygan.
Bu sudlarning vazifa va vakolatlari «Sudlar to‘g ‘risida»gi Qonunda keng 
yoritilgan.
Qonunning 2-moddasida sudning vazifasi belgilangan, unga asosan, 
« 0 ‘zbekiston Respublikasida sud 0 ‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 
va boshqa qonunlarida, inson huquqlari to‘g ‘risidagi xalqaro hujjatlarda e’lon 
qilingan fuqarolarning huquq va erkinliklarini, korxonalar, muassasalar va 
tashkilotlarning huquqlari hamda qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini sud 
yo‘li bilan himoya qilishga da’vat etilgan».
Ko‘rinib turibdiki, biror yerda sudga jazolash vazifasi yuklanmagan, u faqat 
fuqaro va muassasalarning huquqlarini himoya qiladi. Sudga bunday vazifa
351


yuklanishi huquqiy davlatga xos xususiyatdir. Qonunda sudlarning vakolatlari, 
tarkibi, ish yuritish shakli va prinsiplari batafsil belgilab qo‘yilgan.
Sudning faoliyati qonun ustuvorligini ta’minlash, ij’timoiy adolatni qaror 
toptirishdir.
0 ‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishib, bozor munosabatlariga 
asoslangan jamiyat qurish, mulkchilikning turli shakllarini himoya qilish 
vazifasini qo‘ygach, sud tizimida shu maqsadlardan kelib chiqib, alohida iqtisodiy 
nizolarni hal qilishga ixtisoslashgan sud tarmog‘i zaruratini tu g ‘dirdi. Natijada 
sud tizimida xo‘jalik nizolarini hal qiluvchi xo‘jalik sudlari tashkil qilinib, uni 
Oliy xo‘jalik sudi, uning joylardagi sudlari bajaradigan bo‘ldi. 2017-yilda Oliy 
xo‘jalik sudi tugatildi va joylarda iqtisodiy nizolarni hal qilish uchun iqtisodiy 
sudlar tashkil qilindi. Iqtisodiy sudlar Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlarda, 
Toshkent shahrida, tumanlarda, shaharlarda tashkil qilindi. Iqtisodiy sudlar 
tumanlararo bo‘lishi ham mumkin.
Mulkchilikning turli shakllariga asoslangan korxonalar, muassasalar, 
tashkilotlar o‘rtasidagi, shuningdek, tadbirkorlar o‘rtasidagi, iqtisodiyot sohasida 
va uni boshqarish jarayonida vujudga keladigan xo‘jalik nizolarini hal etish 
iqtisodiy sudlar tomonidan amalga oshiriladi.
2017-yildan boshlab 0 ‘zbekiston sud tizimida ma’muriy sudlar bo'lishi 
nazarda tutildi. Ular Konstitutsiyaning 107-moddasiga asosan: Qoraqalpog‘iston 
Respublikasi, viloyatlarda, Toshkent shahrida, tuman, shaharlarda tashkil 
qilinadi. 

Yüklə 10,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   229   230   231   232   233   234   235   236   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin