O. T. Husanov konstitutsiyaviy


-§. Sudlarni tashkil qilish tartibi



Yüklə 10,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə235/268
tarix01.12.2023
ölçüsü10,6 Mb.
#170776
1   ...   231   232   233   234   235   236   237   238   ...   268
Konstutsiyaviy Huquq O.T.Husanov

3-§. Sudlarni tashkil qilish tartibi
Boshqa hokimiyat organlari kabi sud hokimiyati organlari tizimini tashkil 
etish, vakolatlarini belgilash Oliy Majlis palatalarining birgalikdagi vakolatlariga 
kiradi (Konstitutsiyaning 78-moddasi 5-bandi).
Bu bandda sudlarni tashkil etish tartibi deganda, sud organlariga sudyalarni 
saylash yoki tayinlash masalasi ko‘riladi.
Sud hokimiyat tarmog‘i, ma’lum sud organlaridan iborat bo‘lsa, sud 
organlari, asosan, sudyalardan iborat bo‘ladi.
Sud hokimiyati tizimiga kiruvchi Konstitutsiyaviy sud, Oliy sud va uning 
quyi pog‘onadagi organlari, turli yo‘llar orqali tayinlash tartibida vujudga 
keladi.
Konstitutsiyaning 108-moddasiga asosan, Konstitutsiyaviy sud 0 ‘zbekiston 
Prezidentining taqdimiga binoan, 0 ‘zbekiston Oliy Majlisining Senati tomonidan 
Respublika Sudyalar oliy kengashi tavsiya etgan siyosat va huquq sohasidagi 
mutaxassislar orasidan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi vakilini qo‘shgan holda 
saylanadi.
Konstitutsiyaviy sud o‘z tarkibidan Konstitutsiyaviy sud raisi va o‘rin- 
bosarlarini saylaydi.
1 Bu haqda qarang: «Xalq s o ‘zi», 2020-yil 25-iyul.
353


Bundan tashqari, Konstitutsiya va qonunga asosan, Konstitutsiyaviy sud 
sudyalari deputat bo‘la olmaydilar, siyosiy partiyalar va harakatlarning a’zosi 
bo‘lishi va boshqa haq to'lanadigan lavozimni egallashi mumkin emas.
Konstitutsiyaviy sud sudyasi Prezident oldida qasamyod qabul qiladi. 
Sudyaning vakolatlari quyidagi hollarda to‘xtatiladi:
- u jinoiy javobgarlikka tortilganida;
- sudyalik lavozimiga to‘g‘ri kelmaydigan faoliyat bilan shug‘ullanganda;
- sudyaning qonuniy kuchga kirgan qarori bilan u bedarak yo‘qolgan deb 
hisoblanganda.
Konstitutsiyaviy sud sudyasining vakolatlari quyidagi hollarda Oliy Majlis 
Senatining qarori bilan muddatidan ilgari tugatiladi:
- sudyalik qasamyodini buzganda;
- iste’foga chiqish to‘g ‘risida iltimos qilganda;
- unga nisbatan qonuniy kuchga kirgan sudning ayblov hukmi bo‘lsa;
- sudya ogohlantirilgandan yoki uning vakolatlari to‘xtatilganidan keyin 
ham o‘z vazifasiga to‘g ‘ri kelmaydigan faoliyatni davom ettirsa;
- uzoq davom etadigan kasallikka chalinsa;
- fuqarolikni yo‘qotsa.
Konstitutsiyaviy sudning sudyasi o‘z vakolatlari davrida almashtirilmaydi. 
Konstitutsiyaviy sudyalar daxlsizlik huquqidan foydalanadi, ya’ni ular Senatning 
roziligisiz, uning majlislari o‘rtasida Senat Kengashining roziligisiz jinoiy 
javobgarlikka tortilishi, hibsga olinishi yoki sud tomonidan ma’muriy jazoga 
tortilishi mumkin emas.
Sudyalarga nisbatan jinoiy ish faqat Bosh prokuror tomonidan qo‘zg‘atiladi. 
Sudyani majburiy keltirish, ushlab turish, shaxsiy ashyolari, yuki, transporti, 
turar joyi yoki xizmat binosini ko‘zdan kechirish, tintuv qilish mumkin emas.
Umumiy yurisdiksiya sudlari Konstitutsiyaviy suddan farq qilib Oliy sud 
va quyi pog‘onalarda (ma’muriy-huquqiy tuzilishlarda) tuziladigan sudlardan 
iborat bo‘lib, ularning sudyalarini saylash, tayinlash tarkibi (oliy sud sudyalari 
saylanadi, quyi sud sudyalari tayinlanadi) turlicha.
Respublika Oliy sudi raisi, o‘rinbosarlari, sudyalari Respublika Prezidentining 
taqdimnomasiga binoan Oliy Majlis Senati tomonidan saylanadi va lavozimidan 
ozod etiladi.
Viloyatlar va Toshkent shahar sudining raislari va rais o‘rinbosarlari, 0 ‘zbe- 
kiston harbiy sudining raisi, Sudyalar oliy kengashining taqdimnomasiga binoan 
0 ‘zbekiston Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
Qoraqalpog‘iston sudlarining raislari va rais o‘rinbosarlari Respublika 
Jo‘qorg‘i Kengesi Raisining, 0 ‘zbekiston Sudyalar oliy kengashining xulosasi 
asosida 0 ‘zbekiston Prezidenti bilan kelishilgan taqdimnomasiga binoan Jo‘qorg‘i 
Kenges tomonidan tayinlanadi.
Qoraqalpog‘iston sudlarining sudyalari tumanlararo, tuman (shahar) 
sudlarining raislari va sudyalari 0 ‘zbekiston Sudyalar oliy kengashining
354


0 ‘zbekiston Prezidenti bilan kelishilgan taqdimnomasiga binoan Jo‘qorg‘i 
Kenges tomonidan tayinlanadi.
Harbiy sudlarning, viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining sudyalari, 
tumanlararo, tuman (shahar) sudlarining raislari va sudyalari 0 ‘zbekiston 
Prezidenti bilan kelishilgan holda Sudyalar oliy kengashi tomonidan tayinlanadi 
va lavozimdan ozod etiladi.
Sudyalar birinchi marta besh yillik muddatga, navbatdagi o‘n yillik muddatga 
va sudyalik lavozimida bo‘lishning muddatsiz davrigacha belgilangan tartibda 
tayinlanadi yoki saylanadi.
Sudya o‘z vakolat muddati davomida harbiy sudning, viloyat va Toshkent 
shahar sudining sudyasi, tumanlararo, tuman (shahar) sudining raisi va 
sudyasi lavozimiga Sudyalar oliy kengashi tomonidan, Qoraqalpog‘istonda esa 
Qoraqalpog‘iston sudiningsudyasi, Qoraqalpog‘iston tumanlararo, tuman (shahar) 
sudining raisi va sudyasi lavozimiga 0 ‘zbekiston Sudyalar oliy kengashining 
taqdimnomasiga binoan Jo‘qorg‘i Kenges tomonidan qayta tayinlanishi mumkin. 
Bunda bir sudning o‘zida sudyalik lavozimida bo‘lish muddati ikki yildan kam 
bo‘lmasligi kerak.
Sudyaning qayta tayinlash masalasi uning arizasiga asosan, Sudyalar Oliy 
malaka hay’atining tavsiyasiga binoan kiritiladi.
Sudyaning vakolat muddati uning sudyalik lavozimida faoliyat yuritgan 
umumiy stajidan kelib chiqqan holda hisoblanadi.
Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan holatlar, qoidalar «Sudyalar to‘g‘risida»gi 
Qonunning yangi tahririda 63, 631-moddalarda mustahkamlangan.
Qonun sudyalikka nomzodlar uchun tegishli talablarni ham belgilagan.
Umumiy yurisdiksiya sudlari sudyalari bo‘lib saylanuvchi nomzodlar oldiga 
ham qonun bir necha talablarni qo‘yadi.
«Sudlar to‘g ‘risida»gi yangi tahrirdagi Qonunning 6I-moddasiga asosan, 
o‘ttiz yoshdan kichik bo‘lmagan, oliy yuridik ma’lumotga va yuridik ixtisosligi 
bo‘yicha, avvalambor, huquqni muhofaza qiluvchi organlarda kamida besh yillik 
mehnat stajiga ega bo‘lgan, 0 ‘zbekiston fuqarosi fuqarolik ishlari bo‘yicha 
tumanlararo, tuman (shahar) sudining, jinoyat ishlari bo‘yicha tuman (shahar) 
sudining, tumanlararo, tuman (shahar) iqtisodiy sudining, tuman (shahar) 
ma’muriy sudining, hududiy harbiy sudining sudyasi bo‘lishi mumkin.
Oliy yuridik ma’lumota ega va yuridik ixtisoslik bo‘yicha kamida yetti yillik, 
qoida tariqasida, sudya sifatida kamida ikki yillik mehnat stajiga ega bo‘lgan 
0 ‘zbekiston fuqarosi Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudining, viloyat sudining, 
Toshkent shahar sudining, Respublika harbiy sudining sudyasi bo‘lishi mumkin.
Oliy yuridik ma’lumotga va yuridik ixtisosligi bo‘yicha kamida o‘n yillik, 
shu jumladan, qoida tariqasida, sudya sifatida kamida besh yillik mehnat stajiga 
ega bo‘lgan 0 ‘zbekiston fuqarosi Oliy sudning sudyasi bo‘lishi mumkin.
Sudyalik lavozimiga birinchi marta tayinlanadigan nomzodlar zaxirasida 
turgan shaxslar belgilangan tartibda o‘qishi va stajirovkani o‘tashi shart. 0 ‘quv
355


va stajirovkani o‘tash davrida ular asosiy ish joyidagi o‘rtacha oylik ish haqi 
saqlangan holda o‘z mehnat vazifalarini bajarishdan ozod qilinadi.
Sudyalikka tayinlanadiganlar oldiga qo‘yiladigan talablarni sudya darajasiga 
qarab: oliy yuridik ma’lumot, ma’lum joyda tegishli ish staji va fuqarolik deb 
ko‘rsatish mumkin.
Sudyalar qasamyod qabul qiladi. Qasamyod yuqori sud organida qabul 
qilinadi.
Sudyalarning mustaqilligi alohida kafolatlanadi. Shu asosda: sudyaga 
nisbatan hurmatsizlik uchun javobgarlik; sud ishlariga aralashishga yo‘l 
qo‘yilmaslik, 
sudyalarning daxlsizligi; 
sudyalarning vakolatini 
to‘xtatish 
va vakolatlarini muddatidan ilgari tugatishning alohida tartibi belgilanishi; 
sudyalarning intizomiy javobgarligi; sudyalarning moddiy ta’minoti; sudya va 
uning oila a’zolarini ijtimoiy himoyalash choralari «Sudlar to‘g ‘risida»gi (yangi 
tahrirda) Qonunda belgilangan.
Umumiy yurisdiksiya sudlari va xo‘jalik sudlari sudyalari ham boshqa haq 
to‘lanadigan ishlarda ishlay olmaydi va siyosiy partiyalarga a’zo bo‘lmaydi.

Yüklə 10,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   231   232   233   234   235   236   237   238   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin