O. T. Husanov konstitutsiyaviy



Yüklə 10,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə238/268
tarix01.12.2023
ölçüsü10,6 Mb.
#170776
1   ...   234   235   236   237   238   239   240   241   ...   268
Konstutsiyaviy Huquq O.T.Husanov

«Sud-huquq sohasida»gi
vazifalarni ko*rsatar ekan, «Sud jarayonida ayblov va him oyaning
tengligi ta’m inlanm og‘i va buning uchun advokatura id oralarining
mavqeini ko4tarish darkor»1, 
- deb qayd qilgan edi.
Shundan keyin mamlakat qonunchiligiga tegishli o‘zgartirishlar kiritildi va 
himoyachining mavqei kuchaytirildi, natijada, fuqarolarning sudda himoya bilan 
ta’minlanish prinsipi kuchaydi.
Yuqorida to‘xtalib o‘tilgan prinsiplar Konstitutsiyaviy prinsiplar bo‘lib, sudlar 
faoliyatida qo‘llaniladigan yana boshqa prinsiplar ham mavjud va ular qonunlarda 
o‘z ifodasini topgan. Masalan, «Sudlar to‘g ‘risida»gi Qonunda, Qonun va sud oldida 
tenglik, sudlovning faqat sud tomonidan amalga oshirilishi, «Konstitutsiyaviy 
sud to‘g ‘risida»gi Qonunda kollegiallik prinsiplari mustahkamlangan.
M avzuni m ustahkam lash uchun savollar
1. Sud hokimiyati nima?
2. Sud hokimiyatining hokimiyat tizimidagi o‘rni qanday?
3. Sud-huquq islohotlarining maqsadi nima?
4. Islohotlarda qanday vazifalar belgilangan?
5. Sudning vazifasi nima?
6. Sud tizimi qanday?
7. Sud hokimiyati tarmoqlarining tizimi qanday?
8. Konstitutsiyaviy sud qanday tashkil qilinadi?
9. Umumiy yurisdiksiya sudlari qanday tashkil qilinadi?
10. M a’muriy va iqtisodiy sudlar qanday tashkil qilinadi?
11. Sud faoliyatida qanday prinsiplarga amal qilinadi?
12. Sud-huquq islohoti natijasida sudlarning fuqarolar huquqini himoya qilish 
vazifasi qanday kuchaydi?
13. Prokuraturaning qanday vakolatlari sudga o‘tkazilgan?
14. Sudyalarga qanday talablar qo‘yiladi?
1 Karimov I.A. Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot - pirovard maqsadimiz. - Т.: « 0 ‘zbekiston»,
2000. 30-bet.
360


l-§. Prokuraturaning davlat organlari tizimidagi o4rni
Prokuratura organlari alohida vazifa bajaruvchi davlat organidir.
Parlamentning Angliyada, Prezident instituti AQShda vujudga kelgan deyilsa, 
Prokuratura Fransiyada XIV asrda tashkil etilgan. Rossiyada prokuratura Pyotr
I davrida vujudga kelib, keyinchalik Turkiston Rossiya tarkibiga qo‘shib olingan 
davrda, so‘ng 0 ‘zbekiston SSSR tarkibiga kirgach, prokuratura organlari faoliyati 
ta’siri mavjud bo'lgan. Prokuratura organlari davlatning va barcha fuqarolarning 
manfaatini qo‘riqlaydigan organ deb ta’rif etilsa-da, u asosan, davlatni, shu 
davlatdagi hukmron sinflarning manfaatini himoya qilgan. Prokuraturaning 
hokimiyat manfaatidan kelib chiqib o‘ta jazolovchi organ bo‘lganligini xalqimiz 
80-yillarda o‘z boshidan kechirgan.
Sobiq tuzum davrida prokuratura organlarining tuzilishi, huquqiy maqomi 
ittifoq (markaz) manfaatlariga mos ravishda tashkil qilinar edi. U o‘ta 
markazlashgan usulda tashkil qilinar edi. Respublika prokurori, viloyatlar 
prokurorlari Ittifoq Bosh prokurori tomonidan tayinlanar, tuman, shahar 
prokurorlari Bosh prokurorning roziligi bilan Respublika prokurori tomonidan 
tayinlanar edi.
Respublika rahbariyatining Respublika prokuroriga nisbatan hech qanday ta’sir 
vositalari yo‘q edi. Shuning uchun ular to‘la ittifoq manfaatini himoya qilar edi.
Ayniqsa, 80-yillarning ikkinchi yarmidan boshlab respublikadagi prokuratura 
organlari rahbarligiga Rossiyadan kadrlarning yuborilishi, 0 ‘zbekistonda 
qonuniylik, fuqarolar huquqlarini ta’minlashni og‘ir ahvolga solib qo‘ydi. Mahalliy 
sharoitni bilmaydigan, bilishga harakat qilmagan prokuraturaning «kelgindi» 
rahbar xodimlari istaganicha o‘zbek xalqini tahqirladi.
Faqat mustaqiliik sharofati bilan bunday noinsoniy voqealarga barham 
berildi va 0 ‘zbekiston o‘z prokuratura organlarini o‘zi xohlagancha tashkil qilish 
imkoniyatiga ega bo‘ldi.
Prokuratura organlari hokimiyatning alohida tarmog‘ini tashkil qilmay, turli 
mamlakatlarda biror-bir hokimiyat tarmog‘i tarkibida faoliyat yuritadi. AQShda 
prokuratura Adliya organlari (ijro hokimiyati) tizimiga kirsa, Italiyada sud 
organlari tizimiga kiritilgan.
0 ‘zbekiston 
Respublikasida 
prokuratura 
alohida 
maqomga 
ega. 
Konstitutsiyada prokuratura uchun alohida bob mavjud. Demak, u qonunchilik 
hokimiyatiga ham, ijro hokimiyatiga ham, sud hokimiyatiga ham kirmaydi. 
Prokuratura uchun Konstitutsiyada maxsus bob ajratilishi unga konstitutsiyaviy 
maqom berib, katta umid bog‘langanligidan dalolat beradi.
0 ‘zbekiston Prezidenti «Prokuratura - qonun himoyasida turgan organ. 
U huquqiy davlat, demokratik jamiyat qurilishida, huquqiy islohotlarni amalga
XXVII bob. PROKURATURA ORGANLARI
361


oshirishda hal qiluvchi rolni o‘ynaydi», - deb prokuratura organlari faoliyatiga 
yuksak baho bergan va uning o‘rnini ko‘rsatib bergan edi.
Prokuraturaning davlat organlari tizimidagi o‘rnini ularning alohida 
vazifasi borligi, o‘zining alohida ish uslubiga egaligi va har qanday davlat 
organlari, jamoat birlashmalari va mansabdor shaxslardan mustaqil holda, 
faqat qonunga bo‘ysunib ish olib borishi belgilaydi. Bu Konstitutsiyaning 
120-moddasida qonuniy belgilanib, unga asosan, «(Uzbekistan Respublikasi 
prokuratura organlari o‘z vakolatlarini har qanday davlat organlari, jamoat 
birlashmalari va mansabdor shaxslardan mustaqil holda, faqat qonunga 
bo‘ysunib amalga oshiradi».
Konstitutsiya va qonunda prokurorlarning mustaqilligini ta’minlovchi 
bir nechta qoida belgilab qo‘yilgan. Xususan, 120-moddada: «Prokurorlar o‘z 
vakolatlari davrida siyosiy partiyalarga va siyosiy maqsadlarni ko‘zlovchi boshqa 
jamoat birlashmalariga a’zolikni to‘xtatib turadilar», - degan qoida bo‘lib, u 
prokurorlarning siyosiy partiya va siyosiy harakatlar ta’siriga tushib qolmasligiga 
qaratilgandir.
«Prokuratura 
to‘g‘risida»gi 
Qonunda 
ham 
prokurorlarning 
mustaqil 
faoliyatini ta’minlashga qaratilgan qoidalarni yetarlicha uchratish mumkin. 
Ularda prokurorga tazyiq o‘tkazish, unga boshqacha yo‘llar bilan ta’sir qilishga 
urinish, daxlsizligiga tajovuz qilish mumkin emasligi ko‘rsatilgan. Qonunning
5-moddasi oltinchi qismida: «Prokurorning g ‘ayriqonuniy qaror qabul qilishiga 
erishish maqsadida unga qanday shaklda bo‘lmasin biron-bir ta’sir ko‘rsatish yoki 
faoliyatini amalga oshirishiga to‘sqinlik qilish, uning daxlsizligiga tajovuz qilish, 
shuningdek, prokuror yoki tergovchining ruxsatisiz tekshirishlar va dastlabki 
tergov ma’lumotlarini oshkor etish, prokurorning talablarini bajarmaslik 
belgilangan tartibda javobgarlikka sabab bo‘ladi», - deb ko‘rsatilgan.
Qonundagi 
prokuraturaning 
mustaqilligini 
ta’minlovchi 
yana 
bir 
vosita prokuratura organlari xodimlarining daxlsizligiga qaratilgan alohida 
moddaning mavjudligidir. 49-moddada: «Prokuror va tergovchiga nisbatan 
jinoyat ishi qo‘zg‘atish va dastlabki tergov o‘tkazish prokuratura organlarining 
mutlaq vakolati hisoblanadi. Prokuratura organlari xodimlarining ma’muriy 
huquqbuzarlik va intizomiy nojo‘ya xatti-harakat uchun javobgarligi masalasi 
yuqori turuvchi prokuror tomonidan hal etiladi», - deb belgilanib, prokuror 
xodimlarning huquqlari alohida muhofazaga olingan.
Qonunning 50-moddasidagi prokuratura organlari xodimlarining moddiy 
va ijtimoiy ta’minotini alohida belgilovchi qoidalar ham prokuror mustaqilligini 
ta’minlashni ko‘zda tutadi.
Qonunning 51-moddasi bilan prokuratura organlari xodimlari va ularning 
oila a’zolarini ijtimoiy himoyalash masalasi hal qilingan. Unda ularning hayoti va 
sog‘lig‘ini sug‘urtalash, ish faoliyatini davom ettirish imkoniyatini bermaydigan 
darajada sog‘lig‘ini yo‘qotganda ularni moddiy ta’minlash masalasi boshqa 
xodimlarga nisbatan o‘zgacha hal qilingan.
362


Prokuraturaning Prezident va Oliy Majlis oldida mas’ulligi ham ularning 
maqomini, davlat organlari tizimidagi o‘rnini ko‘rsatadi.
Konstitutsiyaning 80-moddasi 12-bandiga binoan, Oliy Majlisning Senati 
0 ‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining hisobotlarini eshitadi. Hisobotlar 
har yili taqdim etiladi.
0 ‘zbekiston Bosh prokurori Respublika Prezidentiga:
- qonuniylik va jinoyatchilikka qarshi kurashning holati to‘g ‘risida -
muntazam ravishda;
- o‘ta og‘ir jinoyatlar va favqulodda hodisalar to‘g ‘risida - zudlik bilan;
- prokuratura organlari amalga oshirgan ishlar to‘g‘risida - har olti oyda 
axborot taqdim etadi.

Yüklə 10,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   234   235   236   237   238   239   240   241   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin