Masalan, Mudofaa vaziri, Ichki ishlar vaziri, Davlat xavfsizlik xizmati
raisi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Bojxona qo‘mitasi raisi, Milliy gvardiya
Markaziy devoni.
0 ‘zbekiston Mudofaa vazirligi tinchlik davrida faqat o‘z tasarrufidagi
qo‘shinlarni boshqarishga rahbarlik qilsa, urush davrida Mudofaa vaziri bir
paytning o‘zida Oliy bosh qo‘mondon o‘rinbosari hisoblanadi.
Qurolli Kuchlar oldiga qo‘yilgan vazifalarni bajarish yuzasidan ularga tezkor
va kundalik rahbarlikni Qurolli Kuchlarning Birlashgan Bosh shtabi boshlig‘i
amalga oshiradi. Tinchlik davrida Bosh shtab mudofaa vazirligi tarkibiga kiradi.
Urush davrida esa, u Oliy Bosh qo‘mondonlik ishchi organiga aylanadi.
Qurolli Kuchlarning Bosh shtabi mamlakat suvereniteti va hududiy yaxlitligini.
qurolli himoya qilish sohasidagi qarorlarni ishlab chiquvchi va amalga oshiruvchi
yagona qo‘mondonlik organi hisoblanadi.
Qurolli Kuchlarni boshqarishda harbiy okruglar alohida o‘rin tutadi, harbiy
okrug alohida yo‘nalishlarda Respublika xavfsizligi va hududiy yaxlitligini
ta’minlovchi asosiy harbiy-ma’muriy birlik hamda umumqo‘shin tezkor strategik
birlashmadir.
Mudofaa sohasidagi 0 ‘zbekiston hukumatining, Mudofaa vazirligining,
vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining
vakolatlari «Mudofaa to‘g ‘risida»gi Qonunning 9, 10, 12, 13, 14-moddalarida
belgilab qo‘yilgan.
Mudofaa sohasida, Qurolli Kuchlarni tashkil qilishda fuqarolarning o‘zini o‘zi
boshqarish organlari ham ishtirok etadi, ya’ni davlat organlariga o‘z vazifalarini
bajarishga ko‘maklashadi (Qonunning 15-moddasi).
Mudofaa va xavfsizlik masalasi o‘ta muhim masala ekanligi sababli
u 0 ‘zbekiston Birinchi Prezidentining « 0 ‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida:
xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari» asarida
barqarorlik hamda taraqqiyot kafolatlari va shartlaridan biri sifatida koYsatilgan1.
Unda ta’kidlanishicha, davlatning mudofaa qobiliyati uning siyosiy, iqtisodiy,
harbiy, ilmiy va ma’naviy imkoniyatlaridan tarkib topadi. Davlat mudofaa
qobiliyatining eng muhim qismi uning Qurolli Kuchlaridir. Harbiy qurilish
sohasidagi maqsad professional armiyani, o‘z tarkibida yaxshi tayyorlangan va
ta’lim olgan, o‘z xalqiga, ona zaminiga sadoqatli bo‘lgan, o‘z Vatanining sha’ni
va qadr-qimmatini oxirigacha himoya qila oladigan jangchilarga ega bo‘lgan
armiyani bosqichma-bosqich vujudga keltirishdan iborat. Maqsad miqdor jihatdan
uncha katta bo‘lmagan, lekin yaxshi shaylangan, zamonaviy qurollar va harbiy
texnika bilan bekamu ko‘st qurollangan, 0 ‘zbekistonning xavfsizligini mustaqil
ravishda va puxta ta’minlashga qodir bo‘lgan Qurolli Kuchlarni shakllantirishdir2.
Dostları ilə paylaş: