«Avesto»da ilgari surilgan g’oyalar Yovuzlik timsoli Ahriman
yovuzlik
zulmat
johillik
baxillik
dushmanlik
shaytonlik
zulmkorlik
qorong’ulik
g’ayirlik v.b.
«Avesto» ta’limoti bir tomondan, erli qabila, elatlarni turli mahalliy ko’rinishdagi bid’at va xurofotlar ta’siridan xalos bo’lishiga, ikkinchidan, mahalliy etnoslarning chuqur ildiz otib, mustahkamlanib, etnik shakllanishiga va uchinchidan, ishlab chiqarish jarayonining tobora kengayib, ijtimoiy munosabatlarning takomillashuvi jarayoniga sezilarli turtki berardi. Buning ustiga «Avesto»da zardo’shtiylikning umumbashariy ahamiyati va mohiyatidan tashqari unda o’lkamizda ilk boshqaruv tizimining amal qilganligi to’g’risida ham qimmatli ma’lumotlar uchraydi. Bu esa alohida e’tiborga loyiqdir. Masalan, «Avesto» jamiyatni 4 asosiy qismga bo’ladi: uy, oila jamoasi - «Nmana», urug’ jamoasi - «vis», qabila - «zantu», qabilalar itifoqi - «daxyu». «Daxyu» tushunchasi «viloyat», mamlakat ma’nosini ham anglatadi. Mamlakatni idora qilgan shaxs «Kavi» deb yuritilgan. Oqsoqollar kengashi - «varzanapoti», «Xanjamana», xalq yig’ilishi - v’yaxa deyilgan. «Avesto»da qadimgi jamiyatda mavjud bo’lgan 4 ta asosiy ijtimoiy tabaqalar