O’ z b e k I s t o n r e s p u b L i k a s I o L i y V a o’ r t a m a X s u s t a ‘ L i m V a z I r L i g I


«Avesto»da jamiyat tarkibining bo’linishi



Yüklə 2,21 Mb.
səhifə15/182
tarix18.12.2023
ölçüsü2,21 Mb.
#184131
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   182
O’ Z B E K I S T O N T A R I X Ibarcha bakalavr yo’nalis

«Avesto»da jamiyat tarkibining bo’linishi

  • «Nmana» - katta patriarxal oila

  • «Vis» - «nmana»lar birikuvidan hosil bo’lgan urug’ jamoasi

  • «Varzana» - «Vis»lar birikuvidan vujudga kelgan yirik qo’shni jamoa

  • «Zantu» - qabilalar uyushmasi

  • «Daxyu» - qabilalar ittifoqi

Katta oila jamoasining oqsoqoli bir vaqtning o’zida oila jamoasi uchun diniy va dunyoviy boshliq, piru ustod va murabbiy bo’lgan. Urug’ – qishloq oqsoqoli esa butun qishloq ahlining boshlig’i hisoblangan. Oqsoqollar kengashi qo’lida diniy va dunyoviy hokimiyat jamlangan bo’lib, u jamoa faoliyatiga oid barcha masalalarni hal qilgan. Mo’’tabar shaxslarning topshiriq va buyruqlari jamoa a’zolari uchun majburiy hisoblangan. Ishlab chiqarish jamoalari tarkibini tashkil etgan har bir oila o’z xususiy mulkiga ega bo’lgan. Xususiy mulkning kelib chiqishi, jamoalarning ishlab chiqarish qonun-qoidalari asosida tashkil topishi o’z navbatida mulkiy tabaqalanishni keltirib chiqardi. Boylik avvalo jamoa oqsoqollari, harbiy boshliqlar, mo’’tabar shaxslar qo’lida to’plana bordi. Ular erning hosildor qismini egalladilar, ko’plab chorva mollariga ega bo’ldilar. Oqsoqollar oila jamoalari, urug’ va qabila ishlarini boshqargani uchun jamoachilar ularga etishtirgan hosillarining, chorva mollarining bir qismini berishga majbur etilgan. Oqsoqollar o’z iste’molidan ortib qolgan bunday mahsulotlarni mis, oltin, kumush buyumlarga ayirbosh qilganlar. Qabilalar o’rtasida yaxshi er va yaylovlar uchun, chorva mollari uchun urushlar kelib chiqqan. Qabiladosh jangchilar urush harakatlariga boshchilik
qilish uchun o’z harbiy yo’lboshchilarini saylaganlar. Urushda qo’lga kiritilgan o’ljaning ko’p qismi yo’lboshchiga hamda oqsoqolga berilgan. Shu tariqa, oqsoqollar va yo’lboshchilar jamiyatda alohida, ustun mavqega ega bo’lib, ularni zodagonlar deb atashgan. Keyinchalik zodagonlar o’z o’g’illariga nafaqat boyligini, mulkini, shuningdek, o’z lavozimlarini ham meros qilib qoldirganlar. Zodagonlar jamoa, urug’ va qabilalar ustidan o’z hukmronligini o’rnatganlar. Ishlab chiqarish jamoalarining paydo bo’lishi asta-sekin ortiqcha mahsulotlarni ayirboshlashni hamda ijtimoiy mehnat taqsimotini keltirib chiqaradi. Jamoa a’zolari ishlab chiqarishning o’zlariga qulay sohasini tanlab oladilar. Shu tariqa, dehqonchilikdan chorvachilik, keyinroq hunarmandchilik mustaqil xo’jalik turlari sifatida ajralib chiqadi. Ayrim ishlab chiqarish jamoalari dehqonchilik bilan, boshqalari chorvachilik yoki hunarmandchilik bilan shug’ullanadilar. Ular o’rtasida dehqonchilik, chorvachilik va hunarmandchilik mahsulotlarini o’zaro ayirboshlash kengayib boradi. Bu esa o’z navbatida savdogarlar tabaqasini, ilk shaharlarning muhim belgilaridan biri sifatida bozorlarni keltirib chiqaradi. Jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy hayotida tovar ayirboshlash yuz beradi, dastlabki shaharlar paydo bo’ladi.

2. Xorazm va Baqtriya - ilk davlatchilik asoslari


O’rta Osiyo hududidagi ilk davlat tuzilmalari to’g’risida qadimgi yozma tariximizning eng noyob manbasi hisoblangan «Avesto» kitobi, shuningdek, qadimshunos olimlarning o’lkamizning turli hududlarida olib borgan arxeologik - qidiruv ishlari, ularning natijalari muhim manba hisoblanadi. Shuningdek, qadimgi Yunon, Rim va Eron manbalari asosida ham bu masalani oydinlashtirish, etarli, asosli fikrlarni aytish mumkin bo’ladi. Bu o’rinda Yunon, Rim mualliflaridan Gerodot, Gekatay, Ktesiy, Strabon, Arrian va boshqalarning asarlari, yodnomalari, Forsiy mixxat yozuvlari, qolaversa, o’lkamizda keng ko’lamli arxeologik tadqiqotlar olib borgan Ya.G’ulomov, S.Tolstov, V.Masson, A.Asqarov, E.Rtvaladze, A.Sagdullaevlarning ilmiy tadqiqotlari alohida ahamiyatga molikdir. Arxeolog olimlarimizning so’ngggi tadqiqotlari asosida fikr yuritadigan bo’lsak, O’zbekiston hududida bronza davridayoq, mil. avv. 2 minginchi yillik o’rtalarida kichik shahar davlatlari shakllangan. Yurtboshimiz I.Karimovning mana bu fikrlari ham o’zbek davlatchiligi tarixining o’q tomirlari olis davrlar qa’riga borib tutashishidan yaqqol dalolat beradi: «O’zbek davlatchiligining tamal toshlari bundan 2700 yil muqaddam ayni Xorazm vohasida qo’yilgan. Shu ma’noda, milliy davlatchiligimiz tarixi Misr, Xitoy, Hindiston, Yunoniston, Eron kabi eng qadimiy davlatlar tarixi bilan bir qatorda turadi. Xorazm tarixi o’zbek davlatchiligining asosi, uning qudrati va qadimiyligining tasdig’idir»8.


Barcha dalili ashyolar miloddan avvalgi so’nggi ming yillik boshlarida, aniqrog’i VIII-VII asrlarda Vatanimiz hududlarida 3 ta: Katta Xorazm, Baqtriya hamda saklar va massagetlar konfederatsiyasi shaklidagi dastlabki davlatlar shakllangan. Bu davlatlar o’ziga xos rivojlanish jarayonini bosib o’tgan. Ayniqsa bu ilk davlatlar orasida Baqtriya nisbatan barqaror bo’lganligi bilan ajralib turadi. «Katta Xorazm» «ishlab chiqarishning Osiyo usuli»ga ega bo’lgan davlatlarning qadimgi sharq tipiga mansub edi. Saklar va massagetlarning konfederatsiyasi esa chorvador turlarning ko’chmanchi va yarim ko’chmanchi qabilalarning harbiylashgan davlatidan iborat edi.

Yüklə 2,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin