O’ z b e k I s t o n r e s p u b L i k a s I o L i y V a o’ r t a m a X s u s t a ‘ L i m V a z I r L i g I



Yüklə 2,21 Mb.
səhifə12/182
tarix18.12.2023
ölçüsü2,21 Mb.
#184131
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   182
O’ Z B E K I S T O N T A R I X Ibarcha bakalavr yo’nalis

Sopolli madaniyati odamlarning sug’orma dehqonchilikni o’zlashtirganini, o’troq dehqonchilik madaniyati barpo bo’lganligini isbotlab berdi. Kulolchilik rivojlanib, nafis idishlar kulolchilik charxida tayyorlangan. To’qimachilikda paxta va tabiiy ipakdan foydalanilgan. Shuningdek, metall bilan ishlash hunarmandchiligi ham rivojlanganligi aniqlandi. Sopolli madaniyati o’lkamizda shaharlarning vujudga kelishi uchun ilk zaminlar bronza davridayoq mavjud bo’lganligini ko’rsatadi.
1953-1961 yillarda M.E.Voronets boshliq arxeologlar guruhi Namangan viloyatining Chust shahri yaqinidagi Buvanamozor deb atalagan buloq yoqasidan mil. av. 2 minginchi yillar oxiriga oid makonni topib o’rgandilar. Izlanish natijasida yana Dalvarzintepa, Qoraqo’rg’on, To’raqo’rg’on, Chimboy, Ashqoltepa va boshqa o’ndan ortiq yodgorliklar topib o’rganildi. Ularning barchasi Chust madaniyati nomi bilan tarix faniga kirdi. Chust madaniyati odamlarning qishloq-qishloq bo’lib yashaganligidan dalolat beradi. Chust madaniyatiga mansub yodgorliklarda qo’lda yasalgan guldon, spool tovoqlar, labi bukilgan turli shakldagi sopol idishlar, piyolalar, xurmosimon idishlar ko’p uchraydi, ularga qizil va qora ranglarda uchburchak, romb shakllari tushirilgan.
Tadqiqotlar Chustliklarning asosiy mashg’uloti sug’orma dehqonchilik ekanligini ko’rsatdi.Ketmon, tosh yorg’uchoq, xovoncha, o’roqsimon pichoq, bronza o’roqlaridan foydalanishgan. Topilgan ashyolar Chustliklar bug’doy, arpa, suli ekib dehqonchilik qilganini, erni ketmon bilan ishlaganini, daryolarni bo’g’ib sun’iy kanallar orqali dalalarga suv chiqarganini, uzunligi bir necha o’n chaqirimdan iborat kanal qurganligini ko’rsatadi. Shuningdek, ovchilik va baliqchilik ham qadimgi chustliklarning turmushida muhim o’rin egallagan. Chust madaniyatida metall bilan bog’liq hunarmandchilik yaxshi rivojlanganligini topilgan metall buyumlar ham yaqqol ko’rsatdi. Tosh qoliplarda oyna, o’roq, pichoq va bigizlar quyma holda yasalgan. Qazish vaqtida ot uzangilari va suvligi, bilaguzuk, xalqa, qarmoq, paykonlar, suyak va toshdan yasalgan qurollar topilgan. Chustliklar hayotida to’qimachilik hunarmandchiligi ham ancha rivojlanganligi ma’lum bo’ldi. Buni yodgorliklardan topilgan 13 xil mato, urchuq toshlar, moki, suyak taroqlar va to’qimachilik dastgohlaridan bilsa bo’ladi.
Shunday qilib, Chust madaniyati Farg’ona vodiysida qadimgi dehqonchilik madaniyati shakllanganligini ko’rsatuvchi misol bo’lib xizmat qiladi. Chustliklarning olovga e’tiqod qilganliklari ularda diniy tasavvurlarning shakllanganligini ko’rsatadi. Bronza davriga oid manzilgohlar hozirgi Xorazm va Qoraqalpog’iston hududlaridan ham topilib o’rganilgan. Amudaryo etaklaridagi Tozabog’yob kanali yaqinidan topilgan Tozabog’yob madaniyati, Amirobod kanali etaklaridan topilib o’rganilgan Amirobod madaniyati shular jumlasiga kiradi. Bu manzilgohlarda yashagan odamlar o’troq holda urug’ jamoa bo’lib ashaganligi, sug’orma dehqonchilik va chorvachilik bilan shug’ullanganligi aniqlandi. Mamlakatimizning shimolidagi cho’l va dasht joylarida chorvador urug’ jamoalari va qabilalar yashagan. Ularda chorvachilik xo’jalikning asosiy tarmog’i bo’lgan. Otliq cho’ponlar qoramol, qo’y, echkilardan iborat podalarni uzoq joydagi yaylovlarga haydab borganlar. Chorvadorlar yil fasllariga mos joylarga ko’chib yurganlar, novdadan to’qilgan uylar, ho’kizlar qo’shilgan g’ildirakli aravalardan foydalanib uzoq joylarga ham bora olganlar. Bu jarayon turli qabilalarning uchrashuvini, tanishuvini ta’minladi. Ular o’zaro fikrlashadigan, aloqa qiladigan bo’ldilar, bir-birini tushunish uchun umumiy so’zlar topdilar. Asta-sekin bir nechta qabilalardan o’zaro tushunarli tilda gaplashadigan odamlarning katta guruhi - elatlar shakllanadi. Bronza davri oxirlarida chorvador qabilalarning o’z podalarini haydab o’troq dehqon jamoalari yashaydigan vohalarga tinch yoki zo’rlik bilan kirib borganligi ham kuzatiladi. Natijada etnik jarayonlar kuchayib, shimol va janub qabilalarining dastlabki aralashuvi yuz berib, hozirgi zamon o’zbek va tojiklarning dastlabki etnik qatlami shakllana boshlaydi. Mil. av. bir minginchi yillarning boshlarida ajdodlarimiz temirdan mehnat qurollari, qurol-yaroqlar, bezakli buyumlar yasashni o’zlashtiradilar va mamlakatimizda temirdan foydalanish keng tarqaladi. Odamlar hayotida temir davri boshlanadi.
Temirdan yasalgan omoch, ketmon, belkurak va boshqa mehnat qurollari ancha keng maydonlarni haydash, to’g’onlar qurish, kanal va ariqlar qazib suv chiqarish imkonini beradi. Bular dehqonchilikning yuksalishiga olib keladi. Temirning kashf etilishi hunarmandchilikni yanada yuqori pog’onaga ko’tardi. Temirdan qattiq va o’tkir pichoqlar, o’roqlar yasalishi mehnat umumdorligini oshirishga yordam berdi.
Temir davrida kulolchilik charxi, naqsh bilan bezatilgan sopol buyumlar keng tarqaldi. Temirchilik bosqoni, qo’l tegirmoni vujudga keldi, metallga ishlov berish rivojlandi. Xonadonlarda ip yigirish va matolar to’qish, kiyim tikish tobora kengayib bordi. Uy-joy qurilishi bir muncha yaxshilandi. 10-20 tadan xonasi bo’lgan katta maydonli uylar qurilishi bilan birga, g’ishtdan, sinchdan alohida bir oilaga mo’ljallangan uylar qurish keng tarqaldi. Shu tariqa, odamlarning turmush tarsi ham o’zgarib bordi, yashash bir muncha yaxshilandi, odamlar umri uzaydi. Bular aholining ko’payishini ta’minladi.
Shunday qilib, mamlakatimiz odam paydo bo’lgan ilk mintaqalardan biridir. Vatanimizda odamlar qariyb million yillardan beri yashab kelmoqdalar. Ular o’z taraqqiyotida ibtidoiy to’da, urug’ jamoasidan iborat uzoq tarixiy yo’lni bosib o’tdilar. Yashash uchun kurashib, oddiy tosh qurollari yasashdan metallni kashf etishgacha, metalldan mehnat qurollari, uy-ro’zg’or va turli xil bezak buyumlari yasashgacha ko’tarildilar. Yalang’och holda yashashdan jun, paxta, pilla tolasidan kiyim tikib kiyishgacha, g’orlarda yashashdan uy-joy qurish, qishloq-qishloq bo’lib yashashgacha bo’lgan uzoq ijtimoiy rivojlanish davrini boshdan kechirdilar. Ibtidoiy to’daning o’sib urug’chilik jamoasiga ko’tarilishi insoniyat taraqqiyotida sodir bo’lgan tub ijtimoiy o’zgarish bo’ldi. Odamlar birbirini taniydigan, muloqotda bo’ladigan, bir urug’ga, avvalo, ona urug’iga, keyinroq ota urug’iga uyushib, bir joyda, birgalikda mehnat qilib yashaydigan bo’ldi, mushkuli osonlashib bordi. Turmush tarzida termachilik va ovchilik o’rnini chorvachilik, dehqonchilik, hunarmandchilik egalladi. Mehnat unumliroq bo’lib bordi. Ajdodlarimiz tabiatdan tayyor narsalarni o’zlashtirish xo’jaligi o’rniga iste’mol qilinadigan maxsulotlarni o’zlari ishlab chiqaradigan xo’jalik yaratdilar.
Ibtidoiy jamoa tuzumida jamoa a’zolari ishlab chiqarish vositalariga, uyjoylarga, mehnat qurollariga birgalikda egalik qilgan, mehnat qilishda va mehnat mahsullaridan foydalanishda teng bo’lganlar. Sug’orma dehqonchilikning kashf etilishi natijasida o’troq dehqonchilik madaniyati shakllandi. Chorvachilik dehqonchilikdan ajralib chiqdi. Vatanimizning ko’pgina hududlari - Xorazm, Surxondaryo, Zarafshon, Farg’ona va boshqa vohalari tsivilizatsiya taraqqiyotining markazlariga aylandi. Cho’l va dashtlarda yashovchi chorvador urug’ jamoalari ko’chmanchilik turmush tarziga o’ta bordilar va ko’chmanchilarga aylandilar. O’troq dehqon jamoalari bilan chorvadorlar o’rtasida aloqalar, mahsulot ayirboshlash jarayoni o’sib bordi. Ishlab chiqarish xo’jaligining vujudga kelishi, mehnat unumdorligining ortishi urug’doshlar o’rtasida ijtimoiy tengsizlikning, mulkiy tabaqalarning vujudga kelishi, urug’chilik jamoasining emirilishi uchun zamin tayyorladi.

1-2-jadvallardagi ma’lumotlarga e’tibor bering.





  • Ilk bosqichi 3-2,5 mln. -100 ming yillar avval

  • Selung’ur g’ori yoshi mil.av. 1,5 mln. yil

  • Ko’lbuloq yoshi 200 ming yil

  • O’rta bosqichi 100-40 ming yillar avval

  • Teshiktosh, Omonqo’ton, Қo’tirbuloq, Obirahmat, Xo’jaxayr, Uchtut, 50 tacha makon topilgan

  • So’nggi bosqichi mil.av. 40-12 ming yillar Samarqand, Xo’ja Go’r, Shug’nov 30 tacha makon topilgan

  • Neolit davri mil.av. 6-4 ming yilliklar, Jaytun, Kaltaminor, Sazag’on, Uchtut (neolit shaxtalari)

  • Eneolit davri mil.av. 4 minginchi yillar Zamonbobo, Sarazm

  • Bronza davri mil.av. 3-2 ming yilliklar Sopollitepa, Jarqo’toon, Tozabog’yob, Chust Ibtidoiy jamiyatning davrlari, yurtimizdan topib o’rganilgan manzilgohlar

  • Paleolit davri 3-2,5 mln. - 12 ming yillar avval Mezolit davri mil.av. 12-7 ming yilliklar Qo’shlish,Obishir, Mochay, 100 gacha makon topilgan


Yüklə 2,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin