O’ z b e k I s t o n r e s p u b L i k a s I o L i y V a o’ r t a m a X s u s t a ‘ L i m V a z I r L i g I


Turkistonda mustabid sovet hokimiyatining o’rnatilishi, uning shovinistik siyosati



Yüklə 2,21 Mb.
səhifə82/182
tarix18.12.2023
ölçüsü2,21 Mb.
#184131
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   182
O’ Z B E K I S T O N T A R I X Ibarcha bakalavr yo’nalis

2. Turkistonda mustabid sovet hokimiyatining o’rnatilishi, uning shovinistik siyosati
Muvaqqat hukumatning mamlakatni jahon urushidan olib chiqa olmaganligidan, agrar va milliy masalalarni hal etolmayotganligidan bolsheviklar ustamonlik bilan foydalandilar. Bolsheviklar ilgari surgan “Butun hokimiyat Sovetlarga!”, “Er dehqonlarga”, “Xalqlarga tinchlik” shiorlari ularning hokimiyatga kelishlarida ayniqsa asqotdi. Rossiya poytaxti Petrogradda 1917 yil 24-25 oktyabrda davlat to’ntarilishi sodir bo’ldi. Uni Lenin boshchiligida bolsheviklar partiyasi zo’rlik bilan amalga oshirdi. 1917 yil 25 oktyabrda bolsheviklar tomonidan Petrogradda Butunrossiya Sovetlarining II qurultoyi chaqirilib, unda Lenin boshliq Sovet hukumati – Xalq Komissarlar Soveti tuzildi. Sulx va Er to’g’risida dekretlar qabul qilindi. Sovet hukumati nafaqat Markazda, balki shu bilan birga sobiq chor Rossiyasi tasarrufidagi barcha hududlarda ham o’z hokimiyatini o’rnatish harakatida bo’ldilar. Turkistonda sovet hokimiyatining o’rnatilishi Bolsheviklar Markazda siyosiy hokimiyatni qo’lga kiritgach, Turkistonda ham sovet hokimiyatini qaror toptirishga intildilar. Turkistonda sho’rolar hokimiyatini o’rnatish g’oyatda murakkab jarayonda kechdi. Buning boisi, avvalo, oktyabr g’oyalarining mahalliy tub joy aholining dili va shuuriga botmaganligidadir. Negaki, bu zamin aholisi bolsheviklar partiyasi dasturida nazarda tutilgan sotsialistik o’zgarishlar orqali hamma narsani umumlashtirish va milliylashtirishni yoqtirmasdi. Mahalliy xalq o’zining tarixan tarkib topgan, asrlar davomida shakllangan o’ziga xos turmush tarzini, yashash sharoitini, xo’jalik yuritish, idora qilish tartib-qoidalarini bir lahzada tubdan o’zgartirishni xohlamasdi. Bu narsa uning ongi, tafakkuriga, milliy o’zligi va ma’naviy qiyofasiga mos kelmasdi. Ayniqsa bolsheviklarning ateistik ruhdagi mafkurasi, uning hujumkor yo’nalishi islom qadriyatlari doimo e’zozlanib kelingan bu yurt odamlarining ruhiyati va dunyo qarashi bilan singisha olmasdi. Bir so’z bilan aytganda, mahalliy tub erli aholi tabiiy ravishda oktyabr g’oyalarini qabul qilmadi va unga moyillik ko’rsatmadi. Biroq begona maslak va g’oyalar bolsheviklar partiyasi va uning Turkistondagi yalovbardorlari tomonidan kuch va zo’rlik bilan o’lka xalqlariga majbur qilindi. Toshkentda faoliyat ko’rsatayotgan, asosiy tarkibi evropalik aholi vakillaridan iborat harbiy qismlar, ishchi otryadlari mahalliy bolshevistik tashkilotlar boshchiligida qurolli qo’zg’olon yo’li bilan sovet hokimiyatini qaror toptirishga kirishdilar. Bolshevik V.S.Lyapin boshchiligida inqilobiy qo’mita tuzildi va qo’zg’olon boshlandi. 1917 yil 27 oktyabr oqshomida Toshkentda boshlangan qo’zg’olon natijasida 1 noyabrga kelib Muvaqqat hukumatning Turkiston Qo’mitasi ag’darildi. General Korovichenko va Muvaqqat hukumatning Turkiston Qo’mitasi a’zolari qamoqqa olindi. Toshkentda Sovet hokimiyati o’rnatildi. Turkiston o’lkasida sovet hokimiyatini o’rnatish jarayoni qonli, fojiali voqealar bilan bog’liq holda kechdi. Jumladan, Farg’ona viloyatida sovet hokimiyatini o’rnatish jarayonida, Marg’ilonda 7 ming, Andijonda 6 ming, Namanganda 2 ming begunoh kishilar qirg’in qilindi. Samarqand, Kattaqo’rg’on, Yangi Buxoro, Termiz va boshqa shaharlarda ham sovet hokimiyati o’rnatildi. Turkistonda sovet hokimiyati organlarini tuzish vaqtida ham bolshevik yo’lboshchilarning ulug’davlatchilik va shovinistik siyosati to’la kuch bilan namoyon bo’ldi. 1917 yil 15-22 noyabr kunlari Toshkentda Turkiston ishchi, askar va dehqon deputatlari sovetlarining III O’lka qurultoyi hokimiyat masalasini o’zboshimchalik va biryoqlamalik bilan hal etdi. Unda bolshevik Kolesov boshchiligida Turkiston Xalq Komissarlari Soveti tuziladi. Uning tarkibiga 7 bolshevik va 8 ta so’l eser vakillar kiritildi. Uning tarkibiga butun o’lka aholisining 95 foyizini tashkil etuvchi erli millat aholisidan esa birorta ham vakil kiritilmadi . Vaholanki, oktyabr o’zgarishi rahnamosi Lenin imzo chekkan “Rossiya xalqlari xuquqlari Deklaratsiyasi”, “Ezilgan va ekspluatatsiya qilinuvchi xalq huquqlari Deklaratsiyasi”, “Rossiya va Sharq musulmonlariga” xitobnomasi hamda boshqa hujjatlarda millatlarning ozodligi, erki, huquqlari rasman e’tirof etilgan edi. Amalda esa ulug’ davlatchilik siyosati yuritildi.. Sovetlar mahalliy aholining asriy orzularini ruyobga chiqarishni emas, balki aksincha uni har sohada kamsitish, milliy va diniy qadriyatlarini tahqirlash yo’lidan bordilar. Sovet hokimiyatining mahalliy aholining xususiy mulklarini tortib olish, hamma narsani Sovetlar manfaatlari yo’lida umumlashtirish yo’lida amalga oshirgan g’ayritabiiy faoliyati pirovard oqibatda o’lka halqlarining keskin norozilik harakatlarining kuchaya borishiga sabab bo’ldi.

Yüklə 2,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin