33
ma’muriy bo’linishi”, “Tarix bo’yicha Risola” (Jumaniyoz
Xoji Xorazmiy al-
Xivaqiy ibn Boboniyoz qalamiga mansubdir); “Xiva xonligi bo’yicha tarixiy
ma’lumot”, “Xorazmni o’rganishga oid hujjatlar” (Matkarim Otajonov
tomonidan yozilgan); “Xorazm tarixi”, “Xorazm
xonligi haqida tarixiy
hujjatlar”, “Xorazmni boshqargan xonlarning avlodlari, kelib chiqishi, shajarasi,
mol-mulki,
o’zbek
podsholarining
yurish-turishlari
va
urf-odatlari”,
“Xorazmdagi quldorchilik voqealariga oid”, “Asfandiyorxon hukmronlik
qilgan
davrlarda bo’lib o’tgan ba’zi bir voqealar haqida” (muallifi Bobojon Safarov),
47
“Saodat gulshani”
asarlarining mavzu bo’yicha materiallari tadqiqot doirasiga
kiritildi.
Yuqorida tilga olingan xorazmlik solnomachilari va muarrixlari
asarlarida Xiva davlati tarixiga doir quyidagi ma’lumotlar mavjud:
-
Xiva xonligining siyosiy hayotini yorituvchi ma’lumotlar; qo’shni
davlatlar siyosiy tarixini yorituvchi,
aniqlik kirituvchi faktlar; yerga egalik
munosabatlari; sug’orish ishlari; soliq masalalari; xonlikdagi ma’muriy
boshqaruv, unvon va mansablar; xonlikning elchilik (diplomatik) munosabatlari;
savdo
aloqalari; xonlikning etnik tarkibi, etnik va etnomadaniy jarayonlari,
jug’rofiy ma’lumotlar,
obodonchilik masalalari, madaniy hayotga doir
ma’lumotlar.
Ishda xorazmlik tarixchilarining xonlikda bo’lib o’tgan siyosiy
jarayonlarni yorituvchi ma’lumotlar, Xivaning qoraqalpoqlar va qo’shni
davlatlar bilan olib borilgan aloqalariga ham ahamiyat berildi.
Bu
asarlarda Xorazmdagi siyosiy, ijtimoiy va xo’jalik hayoti,
madaniyati tilga olingan.
Endi mazkur mavzuga doir ilmiy tadqiqotlar va mavjud adabiyotlarni tahlil
qiladigan bo’lsak, ularni quyidagi guruhlarga bo’lib o’rganish maqsadga
muvofiqdir:
1. XX asrning 20 yillarigacha yaratilgan tadqiqotlar va adabiyotlar.
2. Sovet davrida olib borilgan tadqiqotlar.
Dostları ilə paylaş: