M a t e r i a l l a r q a r s h i l i g i in s h o o t v a m a s h i n a l a r n i h is o b la s h n a z a r iy a s in i n g a s o s id ir . Prof. M. 0 ‘rozboev. I B O B . K I R I S H
1.1. M ateriallar qarshiligi fani vazifalari
Materiallar qarshiligi fanining mohiyati nimadan iborat, -degan keng qamrovli savolga javob berishdan ilgari, materiallar qarshiligi deganda o‘zi nima tushuniladi, degan oddiy savolga javob berib o‘tsak. M aterial - mashina va inshootlarning turli qismlarini va elementlarini ishlashda qo‘llaniladigan po‘lat, cho‘yan, alumin, plastmassa, tosh, yog‘och, beton kabi ashyodir. Agar materialga tashqi kuch ta’sir ettirilsa, u ma’lum darajada tashqi kuchlarga qarshilik ko‘rsatadi. Po‘lat yoki yog'och chizg‘ichni ikki uchidan ushlab asta eging, so‘ng asta bo‘shating. Kuch qo‘ysangiz, chizg‘ich egiladi, kuchni olsangiz, chizg'ich dastlabki holatiga qaytadi. Chizg‘ichni ega bosh- Iashingiz bilan qoiingizga allaqanday kuch qarshilik qilayotganini his etasiz. Xuddi o‘sha kuch materialning ichki kuch deb atalmish, qarshilik kuchidir. Fizikadan ma’lumki, qattiq jismlar (materiallar) atom va molekula deb atalgan, mayda zarrachalardan tashkil topadi. Bu zarrachalar o‘zaro ta‘sir kuchlari tufayli sochilib ketmay, yaxlit holatda turadi. Boshlang‘ich ichki kuchlar deb ataluvchi bunday kuchlar qattiq jismga tashqi kuch qo‘yilmaganda ham mavjud boMaveradi. Ammo qattiq jismga tashqi kuch qo'yilsa, qo‘shimcha ichki kuchlar paydo bo‘ladi. Materiallarning qarshilik ko‘rsatish qobiliyati ana shu qo‘shimcha ichki kuchlarga bog‘liq. Mashina va inshoot qismlarining mustahkamligi masalasi asosan, tashqi va ichki kuch lar orasidagi munosabatlarga bog‘liq bo’lganligi sababli kursimiz davomida