Ishq-muhabbat, vafo va jafo muammolarini ta ’riflashda nafaqat
Sharq, balki G'arbda ham mashhur bo‘lgan «G‘azal mulkining
payg'ambari» darajasiga ko‘tarilgan
musulmon mutafakkirlardan
biri — Sa’diy Sheroziy edi1.
Sa’diy Sheroziy asarlarida oshiqlarning chinakam ishq-mu-
habbati, ma’shuqlarning sadoqatli vafosi yuksak badiiylik bilan
tasvirlandi. Uning fikriga ko‘ra,
chinakam ishq-muhabbatni,
vafo-yu sadoqatni, o‘tkinchi — oniy, ho-yu havasdan farqlay
bilish darkor. Bunday tendensiyani shoirning «Bo‘ston» (1257),
«Guliston» (1258) asarlarini o‘qigan kishi darrov ilg‘ab oladi2.
Sa’diy Sheroziyning fikriga ko‘ra,
inson taqdirini ishq-mu-
habbatdan tashqarida tasawur qilib bo‘lmaydi. Bunday olijanob
tuyg‘u insonning barcha ajdodlari va avlodlarini o ‘zida qamrab
olgan. Xuddi shuning uchun ham ushbu olijanob tuyg‘u aj-
dodlarimizdan meros bo‘lib qolganligi rost.
Turgan gapki, ishq
rashk bilan yonma-yon turadi. Ishq — muhabbat va rashk haqida
gapirganda ular orasidagi o‘zaro aloqadorlik, o'zaro ta ’sirni
unutmaslik darkor. Ishq bilan rashk
orasidagi mutanosiblikni
ta ’minlashning birdan-bir vositasi aqldir. Shoirning e’tirof
etishicha, ishq aql yordamida boshqariladi. Agar ishqning in’on-
ixtiyori aql qo'lida bo‘lsa, unda ishqning mazmuni uzluksiz
boyib boradi. Lekin aql-zakovat qancha qudratli bo‘lmasin,
ayrim hollarda ishq uni sindirib tashlashi ham mumkin. Xuddi
shuning
uchun ham, Sharqning buyuk sA iri, inson xulq-
atvorida,
x a tti-h a ra k a tid a
ishqning
aq l-zak o v at
bilan
uyg'unlashuvi inson barkamolligidan
dalolat beruvchi mezon,
deb o‘ylaydi.
Dostları ilə paylaş: