vazirni farqlay bilish zarur, deb hisoblaydi1. Jamiyatni,
davlatni
boshqarishda podshohning shaxsiy namunasi katta ahamiyatga ega,
deb ta’kidlaydi.
Sa’diy Sheroziyning fikriga muvofiq,
davlat boshliqlarining
xulq-atvori, xatti-harakati fuqaro uchun chinakam o ‘rnak
bo‘lmog‘i darkor. Davlat boshliqlari, hatto birovdan bir chim-
dim
tuz olsa ham, fuqaroning bog‘idan bitta olma olsa ham
uning pulini to'lab olishi zarur. Agar amaldorlarning fuqaro-
lardan tekinga u yoki bu narsalar olishi odat darajasiga ko‘tarilsa,
unda mamlakat
xarobalikka yuz tutadi, deydi.
Fuqaroning bog‘chasidan sulton uzsa bir olma,
Navkarlari q o ‘poradi daraxtlaming ildizin.
Zo ‘rlik bilan beshta tuxum ola qolsa podshoh,
Askarlari sixga tutar tovuqlardan besh yuzin2,
Sa’diy Sheroziy odamning inson darajasiga ko‘tarilishida tar-
biyaning roli katta ahamiyatga ega deb biladi.
Shuning uchun
ham tarbiya berishni insonning yoshligidan boshlash zarurligiga
e’tiborni qaratadi.
Kimga yoshligidan berilmas odob,
Ulg‘aygach b o ‘ladi, baxtsiz dili g ‘ash.
H o ‘l navda egilar qay xilda egsang,
Quruqni to ‘g ‘rilar fa q a t o ‘t-otash3.
Sheroziy tarbiyani nasli-nasabi toza bolaga berish lozim, deb
hisoblaydi. Nasli-nasabi toza bolaning xulq-atvori,
xatti-haraka-
tida, hatto biron nuqson mavjud bo‘lsa ham uni tarbiya yor
damida to ‘g‘ri yo‘lga solish mumkin. Nasl-nasabi past bolaga
berilgan tarbiya, dili qora kishiga qilingan pand-u nasihat be-
foydadir, deydi.
Zang bosgan temimi qancha ishqama,
Zang ketib k o ‘zgudek sayqal topmas bil.
Dostları ilə paylaş: