qurt-qumursqa, parranda-yu darrandaday gap: tug‘iladi, yey-
di, ko‘payadi va o ‘ladi. Inson esa bu dunyoning tashvishlari-
dan qutilishi, uning barcha lazzatlaridan bahram and bo‘lishi
darkor. Bunday yuksak orzuJarga inson faqat bilim, ilm, ya’ni
m a’rifat orqali erishadi. Alqissa, inson o ‘zligini m a’rifat yor
damida taniydi1.
Farididdin Attorning e’tirof etishicha, olamdagi barcha hodi-
salar, voqealar, narsalar biri ikkinchisi bilan bog‘liq, biri ik-
kinchisiga ta ’sir o‘tkazadi. Ularning bari ayrimlik (yakkalik),
xususiylik, umumiylik dialektikasi qonuniga bo‘ysunadi. Ayrimlik
va umumiylik bir-biriga zid, ayni paytda biri ikkinchisi bilan
bog‘liq kategoriyalardir. Chunki ayrimliksiz umumiylik, umumiy-
liksiz ayrimlik yashay olmaydi. Har bir ayrimlikda umumiylik-
ning, har bir umumiylikda ayrimlikning xususiyatlari mavjud2.
Olam va odam munosabatlarini ayrimlik, xususiylik, umu
miylik dialektikasi chig‘irig‘idan o‘tkazib tahlil qilgan nishopur-
lik alloma, ayrimlik inson fikr-mulohazalarini konkretlik tomon
boshqarsa, umumiylik uni mavhumlik tomon boshqaradi, deydi.
Ana shunday qarich bilan olam va odam orasidagi o‘zaro alo-
qadorlikka nazar solgan o‘rta asr faylasufi, har qanday zamon-
ni ayrim, yakka kishi o‘zgartiradi, deb qarash mantiqqa xilofdir,
deydi. Lekin yakka kishi, ya’ni yakka shaxs umumiy voqealar-
ning ko‘zga tashlangan tomonlarini o‘zgartirishga qodir. Yakka
kishi olamdagi voqealarni o‘zgartirishi uchun vaziyat pishib
yetilishi darkor. Olamdagi voqealar yakka kishi, ya’ni shaxs
turtkisi bilan o‘zgarishi mumkin, degan g‘oyani faylasuflar
e’tiboriga havola qiladi. Aniqroq qilib aytganda, o'rta asr sha-
roitida Farididdin Attor inson olamdagi tirik maxluqotlar ichida
bunyodkorlik, yaratuvchilik xususiyatlariga ega b o ‘lgan buyuk zot
ekanligini isbotlashga harakat qildi.
0 ‘rta asr musulmon falsafasida insonning axloqiy pokligining
eng muhim ko‘rsatkichi ishq-muhabbat, vafo va jafo ekanligini
har tomonlama tavsiflash urf bo‘lganligi hech kimga sir emas.
Dostları ilə paylaş: