katlaridan, bug'laridan, buijlarning o‘zgarishlari-yu, ta’sirlaridan...
nimani ham tushunadilar»1. Ko‘rinib turibdiki, usturlab muna-
ijim uchun foydali, inson uchun o‘zligini tushunib yetish ana
shunday usturlabdir. Faqat bilimli, ilmli insongina o‘z borlig‘ining
turli xususiyatlarini bilib oladi. 0 ‘z borlig‘ining xususiyatlarini
qancha ko‘p bilsa Ollohning go‘zalligini, uning o ‘ziga xos xis
latlarini shuncha chuqurroq anglab yetadi. Alqissa, Jaloliddin
Rumiyning ishontirishicha, inson Ollohni bilmog‘i uchun, eng
awalo, o‘zini tanimog‘i, o‘z borlig‘ining qudratini bilmog‘i
lozim. Jaloliddin Rumiyning tushuntirishicha, insonning o‘zligini
anglashi, uning imoni bilan bog‘liq. Chunonehi, imon, hatto
namozdan ham ustundir. Chunki namoz qoidalariga kunda besh
mahal o‘qilganda rioya qilinsa, imonga hamisha amal qilinadi.
Namoz ba’zan uzrli sabab bilan qoldirilishi, keyinroq ham ado
etilishi mumkin. Tmon uchun hech qanday uzrli sabab bilan
buzilib, keyinroq bajarishga ruxsat yo‘q. Namozsiz imonning
foydasi bo‘ladi, biroq imonsiz namozning hech qanday foydasi
yo‘q2.
Jaloliddin Rumiy insonning ma’naviy qiyofasi haqida bir
talay g‘oyalarni musulmon faylasuflari hukmiga havola qiladi.
Chunonehi, uning fikriga muvofiq, insonning ma’naviy qiyofasi
uning qalbi (yuragi) va ruhining oynasidir. Lekin o‘sha oynada
hamisha ham qalbi va ruhidagi o‘zgarishlar o‘z aksini topaver-
maydi. Chunki inson bisotida mavjud bo‘lgan hoy-u havas,
hirs-tuyg‘ular bunga yo‘l bermaydi. Insonning m a’naviy qiyofas
ini boyitmoq uchun, uning qalbini ortiqcha hoy-u havaslar
zangidan, turli noxush holatlardan tozalab turmoq zarur. Af-
suski, qalbga, ya’ni «yurakka sanchilgan tikanni har qanday
odam anglay olmaydi. Qalbga botgan nishga har kas-u nokas-
ning nazari tushavermaydi»3.
Rumiyning fikriga muvofiq, ma’naviy yetuk insonda nafaqat
ijobiy insoniy fazilatlar, xislatlar jamuljam bo‘ladi. Chunki
Dostları ilə paylaş: