O zbekiiton fayi a L l I lari 4illiy jamiyaii nashkiyol


J Jaloliddin Rumiy. Ichingdagi ichingdadir. Toshkent, 1997, 17-bet



Yüklə 3,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə148/318
tarix28.11.2023
ölçüsü3,66 Mb.
#169347
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   318
Inson falsafasi. Choriyev A

J Jaloliddin Rumiy. Ichingdagi ichingdadir. Toshkent, 1997, 17-bet.
2 0 ‘sha asar, 34—35-betlar.
3 Jaloliddin Rumiy. M a’naviy masnaviy. Birinchi jild. Birinchi kitob. Toshkent,
1999, 56, 
101-betlar.
198


m a’naviy yetuk kishi fisq-u fasodchilarga, ig'vogarlarga nisbatan 
zahar bo‘lsa, ma’rifatli, insofli solih kishilar uchun bamisoli 
bir tariyoqdir. Ma’naviy yetuk kishi hamisha boshqalar haqida, 
birovlarga yaxshilik qilish yo‘llarini qidirsa, ma’naviy qashshoq, 
xudbin, xudparast kishilar faqat o‘zgalarning aybini qidiradilar, 
undan katta «tog1» yasaydilar. Birovlar boshiga turli fisq-u fasod, 
b o ‘h to n lar yog‘diradilar. Boshqalar boshiga turli balolar 
yog‘dirgan kishi o‘zini o‘zi yemiradi. 0 ‘zining boshiga o‘zi yeta- 
di. 0 ‘sha xastalik oxir-oqibat uni go‘rga tiqadi1.
Insonning ma’naviy qiyofasidagi yaxshilik bilan yomonlik- 
ning o‘zaro aloqadorligi haqida fikr-mulohaza yuritgan Jalolid­
din Rumiyning ta’kidlashicha, yaxshilik bilan yomonlik biri ik­
kinchisidan ajralgan holda mavjud bo‘lmaydi. Agar yomonlik 
bo‘lmasa yaxshilikning qadr-qimmatini to la tasawur qilib bo‘lmas 
edi. Noxush narsa bo'lmaguncha, xush narsa haqida fikr-mulo- 
haza yuritib bolmaydi. Yaxshi, orif odamni yomonlagan aslida 
orifning yaxshiligini gapirganidir. Chunki orif odamlar turli 
nomaqbul ishlardan qochadi, yomonlik uning dushmani ekan- 
ligi rost. Shuning uchun ham orif kishining insoniy fazilatlarini 
yomonlagan kishi, aslida insonning insoniyligining dushmanidir 
va o‘z navbatida, bilib-bilmay orif kishining insoniy fazilatlarini 
ulug‘laganidir. Insondagi oriflik shunday holda bo‘ladiki, uni 
tuzoqlar bilan ovlash xom xayol. Tuzoqlar qanchalik pishiq va 
yaxshi bo‘lishiga qaramay, bu ovga noloyiqdir. Orifning ixtiyori
— uning o‘z qo‘lida. Hech kim uni ixtiyoridan mahrum qilol- 
maydi, ushlay olmaydi2.
Insonning ma’naviy yetukligini ifodalovchi alomatlardan biri
— bilimga, ilmga chanqoqlikdir. Bilimli, ilmli kishi mustaqil 
fikrlash qobiliyatiga ega boladi. Boshqalaiga taqlid qilib yashamaydi. 
Insonning boshqalarga ko‘r-ko‘rona taqlid qilishi, ya’ni taqlid- 
chiligi, uning ma’naviyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Rumiyning 
tushuntirishicha, taqlid inson bolasini mustaqil fikrlashdan 
benasib qilib qo‘yadi. Atrofida sodir bo‘layotgan hodisalar,

Yüklə 3,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin