Inson hayotining m a’nosi, mohiyati va mazmunini aniqlashga
urinib ko‘rdi.
Insonning ma’naviy madaniyati to‘g‘risidagi Yusuf Xos Hojib,
Ahmad Yugnakiy, Jaloliddin Rumiy qarashlarini XIII asrning
oxiri, XIV asr boshlarida yashab ijod etgan xorazmlik faylasuf,
shoir Pahlavon M ahmud1 yangi fikrlar bilan boyitdi.
Pahlavon Mahmud X asrdan e’tiboran Xuroson, Mova
rounnahr shaharlarida keng tarqalgan javonmardlik2 harakati
ning davomchilaridan biri edi. Javonmardlik harakatining aso
sida ta ’masizlik, beg‘arazlik, ya’ni o‘zidan boshqadan najot
kutmaslik g‘oyasi yotardi. Xuddi shuning uchun ham ushbu
harakatning maqsadi kishilarni, ayniqsa, yoshlarni jasoratga
chorlashdan iborat edi.
Javonmardlik harakati an’analariga qattiq rioya qilgan shoir
odamlar bir-birlariga madadkor-u hamdard bo‘lishlari zarur, de
gan g‘oyani zo‘r berib targ‘ibot va tashviqot qildi. Kishilarga
ko‘rsatilgan madad ta ’masizlikka, beg‘arazlikka asoslanmog‘i
darkor. Shuningdek, Pahlavon Mahmudning fikriga ko‘ra, in
sonning eng asosiy xislatlaridan biri g‘oliblikdir. G ‘olib bo‘lmoq
uchun inson o‘z nafsini jilovlay bilishi lozim. Nafsni yengan
kishigina chin ma’nodagi g‘oliblik maqomiga erishadi. Shuning
uchun ham, Pahlavon Mahmud raqibiga qarshi maydonga tush-
ganda, o‘z raqibining kuragini yerga tegizish uchun butun kuch-
quwatini ishga solardi.
Pahlavon Mahmud o'zining «Kanzul haqoyiq» («Hikmatlar
xazinasi») asarida do‘st-u birodarlik g‘oyalarini tinimsiz targ‘ibot
qildi. Odamlarni do‘st-u birodar bo‘lib yashashga da’vat etdi.
Uning fikriga muvofiq do‘st-u birodar bo‘lib yashayotgan kishi
lar bir-birlarining manfaatlariga zid ish qilmaydilar. Bir-birla-
Dostları ilə paylaş: