voqealami tahlil qilmay, yuzaki munosabatda bo‘lishga olib keladi.
Rumiyning fikricha, inson m a’naviy yetukligini ifodalovchi
muhim alomatlardan biri shukronalikdir. Inson ba’zan Olloh
ning qahri uchun, ba’zan esa uning mehri uchun shukur qiladi.
Bularning har ikkalasi ham xayrlidir. Chunki shukur qahrni
lutfga aylantirishi ham, ba’zan esa zaharga aylantirishi ham
mumkin. Shukur ne’mat siynasini sog'moqdir. Ma’naviy kamo
lotga erishgan aqlli inson oshkora yoki pinhona jafolarga shukur
qiluvchi zotdir. Shukurning teskari tom oni noshukurlikdir.
Noshukurlikning zaminida ochko'zlik yotadi. Ochko‘z kimsa har
doim qo‘lga kiritganidan ko‘prog‘ini istaydi1.
Jaloliddin Rumiy musulmon falsafasida birinchilardan bo'lib,
«insonning ixtiyoriy o‘limi» haqidagi g‘oyani ilgari surdi. Ixti-
yoriy o‘lim, o‘z navbatida, o'lmasdan turib o'lishdir. 0 ‘lmasdan
turib o ‘lish haqida fikr-mulohaza yuritganda, mutafakkir mard-
larcha o ‘limni, bu dunyoning hoy-u havaslaridan, lazzatlaridan
ixtiyoriy voz kechishni tushunadi2. Inson o'lmasdan turib o£lish
maqomiga yetmog'i uchun nafsdagi yomon illatlardan voz
kechmog‘i, xushlamagan narsalarini takammul qilmog‘i zarur
bo‘ladi. Bu yerda, Sharqning buyuk allomasi, nafs deganda faqat
oziq-ovqatga bo‘lgan ehtiyojni emas, balki insonning bilimsizli-
gi, uzoqni ko‘ra olmasligini ham nazarda tutadi3.
Musulmon falsafasida Muhyiddin ibn Arabiy tomonidan il
gari surilgan — Xudo insonga o'xshaydi, o ‘z navbatida, Xudoda
mavjud bo‘lgan fazilatlar, xislatlar, xosiyatlar insonda ham
mavjud bo‘ladi, degan g'oyani Jaloliddin Rumiy yanada rivoj-
lantirdi. Uning fikriga ko‘ra, insonning m a’naviy olamidagi ba’zi
fazilatlar, xislatlar, xosiyatlar, karomatlar Xudoning hidoyasi va
soyasidir. Bunday xususiyatlar inson ma’naviy qiyofasida Xu
doning ta ’sirida hosil bo'lgan. Masalan, qo‘l har qanday yu-
mushni aqlning sharofati bilan amalga oshiradi. Aqlning soyasi
yo‘qdek bo‘lib ko'rinsa ham, baribir uning ko‘lankasini borligi
rost. Mabodo, insonning aqli zaif bo‘lsa, uning barcha sezgi
Dostları ilə paylaş: