a ’zolari ishlamaydigan holatga kelib qoladi. Oyog‘i tekis yo‘lda
yurolmaydi, ko‘zi ko'rmaydi, qulog'i so‘zlarni noto‘g‘ri eshi-
tadi. Shunday ekan insonning barcha xatti-harakatlari aqlning
sharofati bilan yuzaga chiqadi1.
Aql inson vujudida bir amir kabidir. Modomiki, vujud
aqlga bo‘ysunsa, barcha ishlar tekis ketadi. Agar aksincha bo‘lsa
hammasi izdan chiqadi. Shuning uchun ham inson aqlga itoat
qilmog‘i, bosh egmog‘i darkor. Ayniqsa, aql ishlab chiqaruv-
chi kishilar, olim -u fozillar gaplariga quloq solish, hatto
muftilar har qancha fatvo bersalar ham, olimning fatvosiga
quloq solmoq zarur. Agar odamlar aql hukmiga itoat qilma-
salar ishlari doimo pushaymonlik va parishonlik ichida bo‘ladi,
deb hayqiradi Rumiy2. 0 ‘z navbatida, ilm sohiblari bo‘lgan
olim-u fozil kishilarni haqiqatparvar, qat’iyatli bo‘lishga da’vat
etadi. Amir-u ulamolarga yaltoqlik qilib yurgan olim-u fozil-
lardan nafratlanadi. «Olimlarning yomoni amirlarni ziyorat
qilgani, amirlarning yaxshisi olimlarni ziyorat etganidir. Fa-
qirning eshigiga kelgan amir naqadar xush va amirning eshi-
giga borgan faqir naqadar noxushdir»3, deb yozadi. Rumiyning
ta ’kidlashicha, agar olim amirlar soyasida, ularning rahnamo-
ligida olim bo‘lishni o‘ylamasa, uning bilimi ibtido va intihoda
Olloh uchun qilingan bo‘ladi. Uning tutgan yo‘li va ko‘rsatgan
faoliyati savoblidir.4
Shunday qilib, Jaloliddin Rumiy o‘rta asr musulmon fal-
safasida inson to ‘g‘risidagi fikr-mulohazalarni yangi bosqichga
ko‘tardi. Uni bir butun ta ’limot, yaxlit sistema qilib rasmiy-
lashtirdi. Inson va Xudo borlig‘i orasida o‘xshashlik borligini
har tomonlama isbotlab berdi. Xudoni bilmoq uchun inson,
awalo, o‘zining kimligini bilmog‘i zarur. Kim o ‘zini yaxshi
bilsa, Xudoni shuncha ko‘p biladi, degan xulosaga keldi. In
sonning joni bilan tanasi, joni bilan ruhi orasidagi o‘zaro
aloqadorlikni tushuntirib berdi. Inson m a’naviy yetukligini ifo-
dalovchi alomatlar, belgilar tizimini yaratishga harakat qildi.
Dostları ilə paylaş: