yo‘liga kirishgan. Bunday shahar hokimlari ta ’magir, johil
bo‘ladilar. 0 ‘zlariga zarur bo‘lgan xohish-istaklarni amalga oshi-
rish uchun har qanday tubanlikdan tap tortmaydilar, yara-
mas, razil, pastkash bo‘ladilar. Bunday shahar fuqarosi tuban-
likda o‘z hokimlaridan qolishmaydilar, uning amr-farmoyish-
larini bajarmaslikka harakat qiladilar.
Davoniyning fikriga ko‘ra fozil shaharda yashayotgan kishi
lar doimo baxt-saodat, adolat tomon intilsalar, johil shahar
fuqarolari yalpi baxtsizlik, qashshoqlikka giriftor bo‘ladilar. «Ax-
loqi Jaloliy»da ta’kidlaganidek1, adolat qoidalariga amal qilin
gan, kishilararo ahillikka erishilgan har qanday davlatda rivoj-
lanish sodir bo‘lgan. Odamlar orasida turli janjallar, nifoqlar
va bir-birini ezish yuzaga kelgan joyda inqiroz sodir bo‘lgan.
Davoniy davlat va jamiyatni boshqarish muammolariga katta
e’tibor bergan. Uning fikriga ko‘ra davlatni mukammal va odil
Shoh boshqarmog‘i, unda davlatni boshqarish uchun quyidagi
o‘nta fazilat mujassamlashmog‘i lozim. Birinchidan — davlat
boshlig‘i fuqarolarda o‘ziga nisbatan nafrat uyg‘otmasligi, ularni
xafa qilmasligi; ikkinchidan — davlat ishlarining o‘z vaqtida,
adolatli bajarilishi uchun fidoyilik qilishi; uchinchidan — hirs va
shahvatga berilmasligi; to ‘rtinchidan — davlat boshlig‘i shosh-
ma-shosharlik va g‘azabga emas, balki shafqat va mumwatga
asoslanishi; beshinchidan — xalqning ehtiyojini qondirishda
Xudoning irodasidan kelib chiqishi; oltinchidan — xalqning
xohish-istaklarini qondirishdan o‘zini olib qochmasligi; yet-
tinchidan — fuqarolar gunohlarini avf eta bilish; sakkizinchidan
— bajaradigan har bir ishini, qabul etadigan har bir qarorini
atrofidagilar bilan kengashib olishi; to ‘qqizinchidan — har kimni
qobiliyatiga qarab munosib lavozim bilan ta ’minlashi, qobiliyat-
siz kishilarga yuqori mansab bermasligi; o'ninchidan — adolatli
farmonlar chiqarishi, biron kishining qonunni tjuzishiga yo‘l
qo'ymasligi zarur.
Shuningdek, Davoniy davlat boshlig‘iga bir qator diniy ta-
lablar ham qo‘ydi. Xususan, davlatni boshqaradigan kishi
xudojo‘y bo‘lishi, diniy urf-odatlarni, marosimlami so‘zsiz ba-
jarishi darkor, deb teokratik hokimiyat tarafdori bo‘lgan. Din
bilan davlatni, siyosiy hokimiyat bilan diniy hokimiyatni bir-
biridan ajratib bo‘lmasligini ta ’kidlagan.
Dostları ilə paylaş: