vom ettirgan eronlik mashhur faylasuf Jaloliddin Davoniyning1
tushuntirishicha, inson qaysi toifaga mansub bo‘lishidan qat’iy
nazar, uning tanasida moddiy olam asosi hisoblangan to‘rt unsur
— suv, havo, tuproq, olov mavjud bo‘ladi. Bu unsurlar in
sonning mehnat faoliyatiga ham o ‘z ta’sirini o‘tkazadi. Hatto
inson o‘z qo‘li bilan yasagan mehnat
qurollarining tarkibida
ham to ‘rt unsur mavjud boMadi. To‘rt unsurning har biri inson
kundalik faoliyati uchun zarur bo‘lgan barcha shart-sharoitlarni
yaratadi. Chunonehi, suv bilan olov — isitish,
sovutish, ovqat
tayyorlashga xizmat qilsa, havo — nafas olish uchun zarur
bo‘lib, u inson ruhiga orom beradi. Tuproq esa urug‘ sochish,
oziq-ovqat, uy-joy qurish va hokazolarga kerak bo'ladi.
Jaloliddin Davoniyning fikriga ko‘ra,
olam moddiy asosini
tashkil etgan to ‘rt unsur jamiyat taraqqiyoti uchun ham xizmat
qiladi.
H atto ,
jah o n
sivilizatsiyasining
eng
m uhim
ko‘rsatkichlaridan biri hisoblangan yozuv uchun zarur bo‘lgan
harflarning o ‘ziga mos shakli bo‘ladi. Ushbu shakllar ham tabi-
atga qiyos etilgan. Harflarning nomi esa osmon jismlari va Xudoga
borib taqaladi.
Harflar Xudo, tabiat va insonni birini ikkinchisi
bilan bog‘lab turuvchi eng muhim vositadir.
Eronlik faylasuf borliqning turli shakllari orasidagi o‘zaro
aloqadorlik mohiyatini bilishda inson aqlining ahamiyati katta
ekanligiga e’tiborini qaratadi. 0 ‘zining «Nur-ul-Hidoya» asarida
insonning
har bir harakati, qilgan ishi uning aqli bilan bog'liq
bo‘ladi. Shuning uchun ham inson faoliyati aqlga bo'ysunishi
lozim. Aqlli kishi ikkita qarama-qarshi fikmi eshitganda, o‘z
bilimiga asoslanib puxta o‘ylab ko‘rishi, aql tarozisi bilan o‘lchashi
lozim. Ana o‘shandan so‘ng aql hukmiga to‘g‘ri keladigan va
aniq isbotlangan fikrni ma’qullashi zarur, deb yozadi.2
Dostları ilə paylaş: