T asaw uf falsafasi shakllanishida nafaqat Qur’oni Karim,
Hadisi Sharif, balki Yaqin va 0 ‘rta Sharq mamlakatlarida
keng yoyilgan zardushtiylik, buddizm, Yevropaning ko‘pgina
mamlakatlarida tarqalgan neoplatonizm (asoschisi
yunon fay-
lasufi Plotin), iudaizm va xristianlik g‘oyalarining ta ’siri se-
zilarli bo‘ldi.
Tasawufning shakllanishida qadimgi Xuroson va Movaroun-
nahrda X asrda vujudga kelgan javonmardlik harakati axloqiy
qoidalarining ta’siri ham katta bo‘ldi. Javonmardlik (futuwat)
insondagi
mardlik va himmat, mehr-u shafqatni ulug‘lar (futu-
watdagi fotiy ham shu ma’noni anglatadi) edi. Shuning uchun
ham Olloh ishqida dunyo lazzatlaridan yuz o‘girgan, o'zini
ruhiy-ma’naviy kamolot yo'liga baxshida etgan darvish-qalandar
bilan birodarlik futuwatning asosiy maqsadi edi1.
Tasawufni shakllantirishda va
uni har tomonlama rivojlan-
tirishda o‘rta asr allomalari Abusayid Abulxayr (967— 1049-yil-
lar), Abdulloh Ansoriy (106—1089-yillar), Ahmad Jom (vafoti
1141-yil), Yah’yo Suhravardiy (1155—1199-yillar), Yusuf Ha-
madoniy (1048—1140-yillar), Abduholiq G ‘ijduvoniy (1103— 1179-
yillar), Ahmad Yassaviy (vafoti 1166-yil), Najmiddin Kubro
(1145—1221-yillar), Aziziddin Nasafiy (XIII
asr boshlarida
yashagan), Bahouddin Naqshband (1318—1389-yillar), Xoja
Ahror (1404—1490-yillar), Abdurahmon Jomiy (1414—1492-yil-
lar), Xusayn Voiz Koshifiy (1440\50—1505-yillar), Alisher
Navoiy (1441 — 1501 -yillar) kabilarning xizmatlari beqiyos bo‘ldi.
Tasawuf nazariyasining qaror topishida Sharqning buyuk al-
lomasi Muhyiddin Arabiy asos solgan «vahdati vujud» ta’limoti
hal qiluvchi ahamiyatga ega bo'ldi2.
Musulmon falsafasida «Shayxul akbar» yoxud «Ibn Aflotun»
nomi bilan mashhur bo‘lgan Muhyiddin
Abu Abdulloh ibn al-
Arabiy (1164— 1240-y.) mutakallimlik g‘oyalarini har tomonla
ma o‘rganish uchun taniqli ilohiyot olimlari Abu Said Xarroz,
Hakim Termiziy, Muhosibiy,
Mansur Halloj, Abu Hamid
G ‘azzoliy, Abu Is’hoq Isfaroniy asarlari bilan tanishdi. Zamona-
sining
mashhur fuzalolari Ibn Rushd, Shahobiddin Suhravar-
Dostları ilə paylaş: