O zbekiiton fayi a L l I lari 4illiy jamiyaii nashkiyol


Qarang: Fayzullayev O.F. Suxravardiya. M uloqot, 1998, № 6, 36—39-betlar



Yüklə 3,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə172/318
tarix28.11.2023
ölçüsü3,66 Mb.
#169347
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   318
Inson falsafasi. Choriyev A

1 Qarang: Fayzullayev O.F. Suxravardiya. M uloqot, 1998, № 6, 36—39-betlar.
225


inson barkamolligining ma’rifat bosqichida turgan kishi bilish- 
ning amaliy va nazariy pog‘onalari borligini unutmasligi 
lozim.
Tasawuf falsafasi namoyandalari fikriga ko‘ra, bilim, ilm- 
ning eng muhim xususiyati, u doimo o ‘zgarib turadi. Bunday 
o‘zgarish inson qiyofasiga ham o‘z ta’sirini o‘tkazadi. Xuddi 
o‘sha m a’rifiy o'zgarish tufayli inson ruhiy-ma’naviy yetuklik 
tomon siljib boraveradi. 0 ‘z navbatida, o‘sha ma’rifiy o ‘zgarish 
tufayli inson nafaqat olam yoki Xudo borlig‘ini, balki o‘zini 
o‘zi ham biladi. 0 ‘zi haqida turli ma’lumotlar to ‘playdi. Ayni 
paytda o ‘z xulq-atvori, xatti-harakatidagi turli qusurlardan toza- 
lanib boradi. Inson o‘zini o‘zini qancha ko‘p bilsa, Xudoning 
fazilatlari, xislatlarini shuncha ko‘p biladi. Ana shunday ilohiy 
ma’rifat bilan Xudoga yaqinlashadi.
Tasawuf falsafasida («Yassaviya», «Kubraviya», «Chishtiya», 
«Bektoshiya», «Naqshbandiya», ayniqsa, «Mavlaviya» tariqat- 
larida) ta’kidlanishicha, ilohiy ma’rifatni egallashga ichki stimul 
beruvchi qudrat — ishq, muhabbatdir. Tasawuf adabiyotlarida 
ta’riflanishicha, ishq, muhabbat jozibalaridan so'ng insonda oso- 
yishtalik holati sodir bo'ladi, qalbi Olloh ma’rifatiga to ‘lgan 
kishi qayta hushyor tortadi. Olloh yaratgan olamning bepoyon 
ma’rifatiga xos ekanligini qalbdan his eta boshlaydi. Xudoning 
borligi va birligiga qat’iy iqror bo'ladi. Koinot Xudodan bos- 
qichma-bosqich kelib chiqqanligiga, yaxshilik bilan yomonlik 
orasidagi aloqadorlik nisbiyligiga ishonch hosil qiladi. Vujudga 
kelgan qalb osoyishtaligi insonning haqiqatga yetib kelganligi- 
dan, saodatli kunlar boshlanganligidan, foniy dunyo tashvish­
laridan xalos bo‘lganligidan dalolat beradi. 0 ‘z navbatida, ha­
qiqatga erishish — insonning Xudoga yetib kelganligidan, unga 
singib keta boshlaganligidan dalolat beradi.
Shunday qilib, yuqoridagi fikr-mulohazalar insonning o‘zini 
o‘zi anglashi, inson ruhiy-ma’naviy kamoloti jarayonini to'laroq 
tasawur etish, musulmon kishilariga xos fazilatlar, xislatlaming 
shakllanishi jarayonining o'ziga xos xususiyatlarini aniqroq va 
tiniqroq tasaw ur qilishi uchun real imkoniyat yaratadi. 0 ‘z 
navbatida, ushbu fikr-mulohazalar tasaw uf falsafasining mohi- 
yati — insonning ruhiy-ma’naviy kamolotga yetishi to ‘g‘risida 
qayg‘urishdan iborat ekanligidan dalolat beradi.

Yüklə 3,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin