O zbekiiton fayi a L l I lari 4illiy jamiyaii nashkiyol


«Ma’rifat» arabcha so ‘z b o ‘lib, «arafa* — bilmoq degan m a’noni anglatadi



Yüklə 3,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə171/318
tarix28.11.2023
ölçüsü3,66 Mb.
#169347
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   318
Inson falsafasi. Choriyev A

1 «Ma’rifat» arabcha so ‘z b o ‘lib, «arafa* — bilmoq degan m a’noni anglatadi.
2 T asaw uf falsafasida zohiriy bilimlar deganda diniy va dunyoviy bilimlar
yig‘indisi anglanadi.
3 «Irfon» tushunchasi tasaw u f falsafasida bilim , bilish, aniqlash, tanish, tu-
shunish m a’nolarida ishlatiladi.
4 Jurjoniy A.Sh. T asaw uf ta’lim otining ildizlari. Muloqot, 1995, № 1 - 2 , 31—
32-betlar.
224


sodir bo‘ladigan sifatiy o‘zgarishlar Ollohdagi fazilatlar, xislat- 
lar o‘zgarishining natijasidir.
3.01amdagi hodisa va voqealarda bo‘ladigan har qanday 
sifatiy o ‘zgarishlarda Olloh murodi va maqsadini aniq ilg‘ab 
olish kerak.
4. Ilohiy ilm sur’atini o ‘z ma’rifatining sur’atida tanishi 
lozim.
Tasaw uf falsafasida ta ’kidlanishicha, inson ilohiy ma’rifatga 
erishmog‘i uchun uch xil: ilmul yaqin, aynul yaqin va haqqul 
yaqin bilim bosqichlarini bosib o ‘tishi zarur. Buning uchun, 
bilim bosqichlarini bosib o‘tmoqchi bo‘lgan kishi, eng avva- 
lo, bilim va ilm to‘g‘risida aniq tasavvurga ega bo‘lmog‘i zarur. 
Tasaw uf falsafasi, xususan, suhravardiya tariqatining asoschisi 
Shahobiddin Suhravardiyning «Ma’rifatli oriflar» («Avorif ul- 
maorif») risolasida ta ’kidlanishicha1, bilim hodisa yoki vo- 
qeaning xususiyatlari to ‘g‘risidagi ilg‘ab olingan ma’lumotlardir. 
Ilm esa bilimdan yuqori turadi. Shuning uchun ham ilmiy 
bilimlarni, oddiy bilimlardan ajrata bilish lozim. 0 ‘z navba- 
tida, bilim Olloh tomonidan faqat insonga in ’om etilgan 
buyuk ne’matdir. Bilish esa, insonning o‘sha ne’matlarni bir- 
biridan farqlash, umumlashtirish qobiliyatidir. Ana shu qobili- 
yat tufayli bilim ilmga, aqlga aylanadi. Xuddi shu xazina 
inson faoliyatini to ‘g‘ri yo‘Iga boshqaradi. Aql ham o ‘z nav- 
batida, quyi va yuqori pog‘onalarga ega bo‘ladi.
Tasawuf falsafasida e’tirof etilishicha, bilim, ilm — bilish 
jarayonining natijasidir. Inson borliqning o‘ziga xos shakli bo‘lgani 
uchun u borliqning ma’lum bir qismini bilishga qodir, xolos. 
Ma’rifat sirlarini bilishni orzu qilgan solik, ya’ni shogird bilish 
jarayonining asosiy tayanchlari va pog‘onalari to‘g‘risida ham 
tiniq tasawurga ega bo‘lmog‘i darkor. Tasawuf falsafasi namo- 
yandalarining (masalan, Shohobiddin Suhravardiyning) tushun-
- tirishlaricha, bilish jarayonining ikki tayanchi bor. Birinchi 
tayanch — Qur’oni Karim g‘oyalari — bilim bo'lsa, ikkinchi 
tayanch — e’tiqoddir. Shuningdek, bilish jarayon bo‘lgani uchun, 
u amaliy va nazariy pog‘onalarni bosib o‘tadi. Shuning uchun

Yüklə 3,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin