d) Kubraviyada inson tavsiri
So‘fiylik ta ’limotining nazariy asosi bo‘lgan tasaw uf falsafa-
sining eng muhim yo‘nalishlaridan biri kubraviyadir. Kubraviya
tasaw uf falsafasining boshqa yo'nalishlaridan nafaqat insonni
ruhiy-ma’naviy kamolotga olib boruvchi yangi yo‘l, yo‘nalish,
usul ekanligi bilan, balki inson ruhiy-ma’naviy olamining shakl
lanishi jarayonini bilishga e’tibomi qaratgani bilan tubdan farq
qiladi. Unda inson faqat ilohiyot sirlarini bilishga intiluvchi,
o‘zini butunlay unutib qo‘ygan mavjudot emas, balki o‘zini
qayta qurish uchun real ijtimoiy imkoniyatlarga ega bo‘lgan
bunyodkor sifatida talqin qilinadi.
Kubraviya tariqati tufayli tasaw uf so'flzmning chinakam
nazariy asosi bo‘lgan falsafiy dunyoqarashga aylandi, amaliy-
axloqiy urf-odatlar, turmush tarzi, xususan, tarkidunyochilik,
zohidlik doirasidan chiqib, haqiqiy inson falsafasi tomon burib
yuborildi. Boshqacharoq qilib aytganimizda, tasawufga kubraviya
inson muammosini olib kirdi. Kubraviya tariqatining asoschisi
xorazmlik mashhur alloma Ahmad ibn Umar Abdul Janob
Najmiddin al Hevaqiy al-Xorazmiydir (1145—1221-yillar)1. 0 ‘z
navbatida, kubraviya tasavvufini Abu H am id G ‘azzoliy
M o‘hyiddin Arabiy asoslagan vaxdati vujud ta’limotidagi futuv-
vat bilan chambarchas bog‘ladi.
Najmiddin Kubro o‘z zamonasining mashhur shayxlari Ruz-
bexon Misriy (1189-yilda vafot etgan), Ammor Yosir (1187-
yilda vafot etgan), Ismoil Qasriylardan (1183-yilda vafot etgan)
saboq oldi va dinning yulduzi darajasiga ko‘tarildi. U noyob
qobiliyatlar va xislatlarga ega bo‘lgan shaxs edi. Hatto unda inson
miyasidagi flkr-mulohazalami o'qish xislati2 mavjud bo'lib, uning
nazari tushgan kishida valiylik, ya’ni Xudoga yaqinlik alomatlari
paydo bo‘lardi. Shuning uchun ham Kubro musulmon ma’naviy
olamida valiylami tarbiyalovchi, «Valiytarosh» laqabiga muyassar
bo‘ldi. Najmiddin Kubroning diniy-falsafiy qarashlari «Tasawuf-
ning o‘n asosiy qoidasi» («Al-usul ul-ashara»), «Sulik haqida
Dostları ilə paylaş: