Xudo orasidagi sirli pardalar ko‘tarila boshlaydi. Ilohiy sirlar
kashf etilishiga yo‘l ochiladi. Inson mukoshifa holatiga ko‘tariladi.
Turgan gapki, o‘sha holatlar insonning (shogirdning) iste’dodi
bilan ham bog‘liq bo‘ladi. Kishidagi bunday iste’dod tasaw uf
falsafasida «jazba» deb yuritiladi. Jazba — Xudo vasliga yetishni
orzu qilgan insondagi ilohsevarlik maylidir. Jazba qancha kuchli
, bo‘lsa, inson tariqat adablarini shuncha tez o‘zlashtiradi. Tariqat
adablariga amal qilish malakasining mustahkamlanib borishi bilan
inson va Xudo orasidagi masofa qisqara boshlaydi. Inson turli
to‘siqlami yengib o‘tib, shaxsiy «Men»dan qutiladi va to‘la abadi-
yatga, «Mutlaq ruh»ga qo‘shiladi.
Tariqat adablarini to‘la o ‘zlashtirgan inson «ma’rifat»1 bos
qichiga ko‘tariladi. SoTiylaming fikr-mulohazalariga ko‘ra, ma’rifat
fikrdan oldin sodir bo'ladi va uni vujudga keltiradi. Tasawuf
adabiyotiarida ta’kidlanshicha, ma’rifat botiniy yoki zohiriy2
bo‘lishi mumkin. Xudoning fazilatlari, xislatlarini esa, faqat
ilohiy ma’rifat yordamida bilish mumkin.
Ilohiy m a’rifat yoxud irfon3 tariqat adabining hosilasidir.
Tasawuf falsafasi namoyandalarining fikriga ko‘ra, ilohiy ma’rifat
Xudoning zoti, uning ismlari, turli fazilatlari va xislatlarini
bilib olish uchun qo‘llaniladigan uslublardan biridir4.
Ilohiy ma’rifatga ega bo‘lish uchun kishi quyidagilarga aniq
ishonch qilmog‘i darkor:
1.Xudo vaslini, uning turli fazilatlari, xislatlarini to‘la bi-
lishni istagan kishi olamdagi barcha hodisalar, voqealar o‘zidan-
o‘zi emas, balki ular Parvardigorning irodasi bilan yaratilgan-
ligiga qat’iy ishonch hosil qilmog‘i darkor.
2. Borliqning turli-tum an ko'rinishlarida, azaliy M utlaq
hokimning qanday sifatlari mavjud ekanligini fahmlab olish
malakasiga ega bo‘lishi lozim. Chunki Parvardigorda behisob fa
zilatlar, xislatlar mavjud bo‘lib, olamdagi hodisalarda, voqealarda
Dostları ilə paylaş: