O zbekiiton fayi a L l I lari 4illiy jamiyaii nashkiyol



Yüklə 3,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə178/318
tarix28.11.2023
ölçüsü3,66 Mb.
#169347
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   318
Inson falsafasi. Choriyev A


Aziziddin Nasafiy. Zubdat ul-haqoyiq — haqiqatlar qaymog‘i. Najmiddin
Kornilov tarjimasi. Toshkent, 1996.
232


Nasaflik mutafakkir borliq (vujud) haqida fikr yuritib, bir 
butun yaxlit borliqni ikkiga bo‘ladi. Birinchisi — vujudi qadim, 
azaliy vujud, ikkinchisi — vujudi hodis. Vujudi qadimni hech 
kirn yaratmagan, u abadiy azaldan mavjud. Uning boshlanishi 
ham, oxiri ham yo‘q. Vujudi hodis (ya’ni dunyo)ning boshlan­
ishi ham, oxiri ham mavjud. Vujudi hodis o‘tkinchi, foniy. 
Azaliy va abadiy vujudni Nasafiy Xudo, o‘tkinchi foniy vujudni 
olam deb ataydi. Olam bilan Xudo orasidagi o‘zaro aloqador- 
likni tahlil qilib, Xudo olam emas va olam Xudo emas. Xudo
— olamning yaratuvchisi (Hallohi), degan xulosaga keladi. Xudo 
olamni yaratish maqsadida dastlab yagona javohimi vujudga keltirdi. 
Uning nomini nafsi avval (ruhiy) deb atadi. Tangri moddiy 
(mulk) va ruhiy (malokut) olamni yaratish maqsadida o‘sha 
yagona javohirga nazar tashladi. Tangrining nazari tushishi bilan 
javohir qaynab eriy boshladi va ko‘pirdi. Erib, ko‘pirib chiqqan 
ko‘pik qiyomidan turli darajadagi ruhlami yaratgan bo‘lsa, qolgan 
quyqasidan olamni yaratdi. Moddiy va ruhiy olam biri ikkinchisi 
bilan bog‘liq. Biri ikkinchisiga ta’sir o‘tkazib turadi. Lekin moddiy, 
ya’ni mulk olamining ham, ruhiy, ya’ni malokut olamining 
ham o‘ziga xos xususiyatlari mavjud. Jumladan, ruh hech qa­
chon bo‘laklarga bo‘linmaydi, ya’ni maydalanmaydi. Moddiy olam 
esa maydalanadi.
Aziziddin Nasafiyning tushuntirishicha, inson tabiatida Xu­
doning ixtiyorisiz hech qanday o‘zgarish sodir bo‘lmaydi. Odam­
lar va ularda mavjud bo‘lgan fazilatlar, xislatlar Xudoning karo- 
mati bilan sodir bo‘lgan. Kishilar qiyofasidagi jami o ‘zgarishlar 
ruhlar darajasining in’ikosidir. Mabodo, insonda mavjud xislat­
lar, fazilatlar nisbiy bo‘lganda edi, unda har bir kishi o‘zi 
istagan maqomga ko‘tarilardi. Birov avliyo, yoki ambiyo, yana 
kimdir payg‘ambar yoki Rasul maqomiga sazovor bo‘lardi. 
Afsuski, inson bunday maqomlarni o‘zining sa’y-harakati, fi- 
doyiligi bilan egallay olmaydi. Bunday maqomlar faqat Olloh­
ning o‘zi lozim ko‘rgan kishilarga nasib etadi.
Insonning ruhiy olamida bo‘ladigan o‘zgarishlarda ham me’yor 
borligiga e’tiborni qaratgan. Nasafiy inson taqdiri azalni o‘zgartira 
olmaydi, chunki inson ruhi awaldan mavjud bo‘ladi, deb hisob­
laydi. Ruhlar bu dunyoga keladilar, ammo ular o‘z so‘zlarida,
233


ishlarida o'zgarishsiz qoladilar. Chunki ular bajaradigan yumush- 
larda awaldan belgilab berilgan me’yor bor. Ular belgilangan 
me’yordan hech qachon oshib ketmaydilar. Bu shundan dalolat 
beradiki, dunyoga kelgan har bir ruh muayyan chegaraga ega 
bo‘ladi. Belgilangan maqom bo'yicha jism, tana ichida harakat 
qiladi. Inson borlig'ida bo‘ladigan barcha o‘zgarishlar Haqning 
irodasi va ilmi tufayli sodir bo‘ladi. Shunday ekan, inson ruhiy 
olamida boMadigan o‘zgarishlar ham m a’lum me’yor doirasidan 
tashqarida ro‘y bermaydi.
Aziziddin Nasafiy falsafada eng ko‘p tortishuvlarga sabab bo‘lgan 
muammolardan biri — o‘limdan keyingi inson hayoti haqida fikr 
yuritib, anbiyo va avliyolaming yetukligi, buyukligi tabiiy o‘limdan 
awalroq sodir bo‘ladi, deydi. Boshqalar tabiiy o‘limidan keyin 
biladigan narsalami, ular tabiiy o‘limgacha biladilar. Anbiyo va 
avliyolaiga o‘limdan keyin sodir bo£ladigan jarayonlar ma’lum 
bo‘lib, ular «ilmul yaqin» darajasidan «aynul yaqin» darajasiga 
o‘ta oladilar. Anbiyolar kamoloti ikki xil bo'ladi. Yoki faqat ruh- 
ning o‘zi jismsiz dunyoviy ruh tomon ko‘tarilib boradi, yoki ham 
ruh, ham jism biiga ko'tarilib ketadi. Avliyolar esa jismdan ajral- 
gan ruh holatida dunyoviy ruh tomon parvoz qiladilar.
0 ‘lmasdan turib abadiy hayotga muyassar bo‘lish ulug‘ bir 
ne’matdir. Odamlar buni bilmaydilar, agar bilganlarida ular 
o‘limdan aw al abadiy yashashga, ya’ni abadiy hayotga erishish 
maqomini qo‘lga kiritish uchun tun-u kun harakat qilardilar. 
Shayx yoki murshid darajasiga ko‘tarilish uchun, birinchidan — 
har bir kishi o‘ziga mansub bo'lgan tariqat yo'lini, ikkinchidan — 
jazba (ishq), uchinchidan — uruj (ko‘tarilish)ni bilmog‘i zarur. 
Shogird yoki sulukka xos narsa — harakat, intilishdir. Jazbaga 
xos narsa — tortilish, zavq-u shavqdir, ko'tarilish (uruj)ga xos 
narsa — karam va saxovatdir.
0 ‘lmasdan turib abadiy hayotga erishish uchun inson ruhan 
pok, jismonan salomat bo‘lmog‘i, o‘limdan so'ng yuz beradi- 
gan holatlarni tirikligida payqab olmog‘i, do‘zaxni ham, jan- 
natni ham ko‘rib, jahannam va behishtdagi kishilar ahvolini 
kuzatib turmog'i, toki u «ilmul yaqin» martabasidan «aynul 
yaqin» martabasiga o‘tib, ko‘rgan-kechirganlarining mohiyatini 
anglab yetmog‘i zarur.
234


Aziziddin Nasafiy inson jismi bilan ruhi orasidagi o‘zaro 
aloqadorlik, bog‘lanish mavjud ekanligini tushuntirishga harakat 
qiladi. Uning fikriga asosan, inson jismi ruhi bilan o‘zaro bog‘liq, 
yaxlitdir. Shuning uchun ham inson kamolotining darajalari turli- 
cha bo‘lganidek, inson ruhi kamolotining darajalari ham turlicha 
bo'ladi. Har bir darajaning o‘ziga mansub nomlari bo‘ladi. Shu­
ning uchun inson jismi ruhga muvofiq va ruh ham, o ‘z nav- 
batida, jismga mos bo‘ladi. Moddiy olam ruhiy olamsiz, ruhiy 
olam moddiy olamsiz mavjud bo'lmaydi.
Moddiy olam (mulk olami) hisoblangan inson va uning 
ruhiy olami (malakut olam) o‘zaro sut bilan qaymoq kabi biri 
ikkinchisi bilan birga bo'ladi. Ular go‘yo g‘olib va mag'lub 
daraja bo‘lib, bunda ruh — g‘olib, moddiylik esa mag‘lub hisobla- 
nadi. Lekin moddiy olam bilan ruhiy olamning javohiri bit- 
tadan ortiq emas. Ushbu javohir xossasidan oliyroq tabiat yo‘q. 
Shuning uchun ham olamda bo'ladigan barcha o ‘zgarishlar 
moddiy va ruhiy olam doirasida bo‘ladi. Ushbu doira chegarasi- 
dan narida sodir bo‘ladigan o‘zgarish yo‘q, inson jismi ham, 
ruhi ham biiga rivojlanadi va barkamollikka erishguncha kamolot 
zinapoyalaridan ko‘tarilib boraveradi. Ushbu jarayonda ma’lum 
darajalarni egallaydi, uning zuvalasi qancha ko‘p pishirilsa, 
tarbiyalansa, ular bisotida yashirinib yotgan yangi-yangi fazilat­
lar, xislatlar ko‘rina boshlaydi. Bu jarayon nihoyasiga yetguncha 
davom etadi. Keyin esa yana nuqson tomon qaytish yuz beradi.
Inson jismi va ruhida bo‘ladigan o‘zgarishlaming manbai nima? 
Inson jismi va ruhi nimadan paydo bo'lgan? degan savollarga 
javob berib, nasaflik faylasuf e’tirof etadiki, olamning asosini 
tashkil etgan modda: tuproq, suv, havo va olovdan iborat. 
Ushbu to ‘rt unsuming har biri alohida shaklga (suratga) va 
m a’noga ega. Ana shu to‘rt unsuming aralashuvidan inson jismi 
va uning turli a’zolari vujudga kelgan. Shubhasiz, inson mijozi
- ham, ta’bi ham o'sha unsurlaming aralashuvidan hosil bo‘lgan, 
deb tushuntiradi.
To‘rt unsumi aralashtirganda ulaming shakllari (suratlarijj 
qo‘shilib ketadi. Bunday qo‘shilish, aralashish tufayli hosil bo‘lgan 
yangi a’zoni jism, deb aytadilar. Jismlami vujudga keltiradigan 
har bir unsuming o‘ziga xos xususiyati, o‘ziga xos tabiati bor.
235


Jismning mohiyati va ma’nosi uni vujudga keltiigan unsurlar 
bilan bog'liq bo‘ladi. Shunday bo‘lishiga qaramasdan, jismlar uchun 
rivojlanish yoki pasayish (nuzul) uning eng muhim xususiyat- 
laridir. Jismdagi rivojlanish turli darajalarda sodir bo‘ladi va har 
bir rivojlanish bosqichida yangicha nomga ega bo‘ladi. Jismni ruh- 
dan ajratib bo‘lmaydi-, ruh hech qayerdan kelmaydi va hech 
qayerga ketmaydi. Ruhning jismdan farq etadigan xususiyati — 
undagi nurdir. Bu numi his-tuyg‘ular yordamida ko‘rib bo‘lmaydi. 
Bodom danagida yoki sut tarkibidagi yog‘ni ko‘rib bo‘lmagandek, 
numi ham his-tuyg‘u bilan ilg‘ab olish qiyin. Uni faqat qalb 
ko‘zi bilan idrok etish mumkin. Olz navbatida, nur ruhiy olam- 
ga mansub bo‘lgani uchun ham uni ko‘rib bo‘lmaydi. Butun 
olam o‘sha nur bilan to‘la bo‘ladi. U olamning joni bo‘lib, 
barkamol etuvchi, harakatga keltiruvchi qudratdir.
Aziziddin Nasafiy fikriga muvofiq, inson — hayvon turlari- 
dan biridir. Ta’lim va tarbiya, o ‘qish va takrorlash, taqvo, zikr 
tufayli inson darajasiga ko‘tariladi. Hayot, bilim, iroda, quwat, 
eshitish, ko‘rish, nutq irod etish kabi xususiyatlar haqiqatdan 
ham insondan tashqari mavjud emas. Bunday xususiyatlar, 
qobiliyatlar inson jismida harakat qilganida haqiqiy mavjudlik 
kasb etadi. Kamolot xuddi shunday mavjudlik bor joyda sodir 
bo‘ladi. Daraxtning barcha xususiyatlaridan, rivojlanish daraja- 
sidan mevasi qadrli bo'lganidek, mavjudotning mevasi — in- 
sondir. Odamzot jonli mavjudot bo‘lganligi uchun ham, u 
o‘zining zaruriyati miqdorida mehnat qilishi, oilasini xor qil- 
may boqishi, kuchi yetguncha boshqa kishilarga xizmat qilib, 
hojat chiqarishi lozim. Chunki qanoat va ozodlikdan yaxshiroq 
narsa yo‘q. Kimki qanoat va zuhdni pesha qilgan bo‘lsa, u — 
shohdir. Kimki ushbu xislatlarga ega bo‘lmasa, u — quldir.
Aziziddin Nasafiyning ta’kidlashicha, barkamol inson bo‘lmoq 
uchun u, eng avvalo, o‘zini o ‘zi tanishi zarurdir. Inson qa­
chon o‘zini o‘zi tanisa, o ‘shanda u yuksak axloqqa erishadi. 
0 ‘zini anglamagan kishi umuman hech narsani anglamaydi. 
0 ‘zining avval—oxirini bilib olgan odam boshqalarning avval— 
oxirini, keyingi holatlarini bilib olishga qodir bo‘ladi. Uning 
fikriga muvofiq, barkamol inson odam deb nomlanuvchi tirik 
mavjudotning qaymog'i, olamdagi barcha tirik maxluqotlarning
236


eng buyugi, koinotning oliy mevasidir. T a’kidlash joizki 
«barkamol inson» («komil inson») tushunchasi musulmon fal­
safasida birinchilardan bo‘lib Muhyiddin Arabiy tomonidan il­
miy muomalaga kiritilgan. Uning e’tirof etishicha, barkamol in­
son Muhammad Payg‘ambar timsolida o ‘z ifodasini topgan. 
Aziziddin Nasafiyning fikriga ko‘ra, «Yaxshi so‘z, yaxshi fe’l, 
yaxshi axloq va maorif»ni o‘zida mujassamlashtirgan har qanday 
kishini barkamol inson deyish mumkin1. Barkamol inson uchun 
xalqqa naf keltirish, birovlarning mushkulini yengillashtirishdan 
boshqa muddao yo‘q. Barkamol insonning butun sa’y-harakati 
halollikka, rostgo‘ylikka, ezgulikka qaratilgan bo‘ladi. Odamlarni 
bir-biriga mehribon bo‘lishga, bir-biriga ozor bermaslikka, bir- 
birlariga hamdard bo‘lishga, bir-birlariga suyanishga chorlaydi.
Aziziddin Nasafiyning tushuntirishicha, barkamol inson 
boshqalardan g‘ayb olamidan keladigan barcha yaxshilig-u yomon- 
liklami zukkolik ila bilib olish qobiliyati bilan ajralib turadi. Boshqa- 
charoq aytganda, g‘ayb olamida mavjud bo‘ladigan barcha 
o‘zgarishlar bunday kishilar qalbida boshqalardan avvalroq o‘z 
aksini topadi. Shunday ekan, olarndagi mavjudotlar orasida barkamol 
insondan ulug‘roq, donoroq narsa yo'q, chunki mavjudotning eng 
pastidan eng a’losigacha bo‘lgan martabalar barkamol inson 
martabalaridir, barkamol inson mavjudot xulosasi va qaymog'idir.
Aziziddin Nasafiy, barkamol inson deganda, insonlarning 
eng mukammali, eng aqlli, eng donosi, Xudo bilan odamlarni 
bog‘lovchi, gcayb sirlarini boshqalarga yetkazuvchi kishini tu- 
shunadi. Bunday kishida ilohiy xislatlarning hammasi mujassam 
bo‘ladi, o‘zining yuksak ma’naviyati bilan butun koinotni qam- 
rab oladi. Bunday kishilar hamisha bedor va hamma narsadan 
xabardor bo‘ladilar. Barkamol inson jamiyat ichida shakllanadi, 
ya’ni azaldan martabasi aniqlangan ruh emas, balki ma’naviy- 
axloqiy poklanish jarayonida kamolotga erishadi. Barkamollikning 
oliy belgisi — Haq yo‘lidan borib, xalqqa foyda keltirishdir. 
Inson o‘zining kundalik faoliyati bilan boshqalarga qancha foyda 
keltirsa, yomonlarni to‘g‘ri yoMga boshlasa, Haq yo‘lida lidoyilik
1 Qarang: 

Yüklə 3,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin