O zbekiiton fayi a L l I lari 4illiy jamiyaii nashkiyol


tumanida tug‘ildi. Dastlabki m a’lum otni G ‘ijduvonda oldi. 0 ‘n yoshida Buxoroga



Yüklə 3,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə186/318
tarix28.11.2023
ölçüsü3,66 Mb.
#169347
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   318
Inson falsafasi. Choriyev A

tumanida tug‘ildi. Dastlabki m a’lum otni G ‘ijduvonda oldi. 0 ‘n yoshida Buxoroga
kelib, aw al im om Sadriddindan tafsir, keyinroq Yusuf Hamadoniydan tasavvuf
ilmlaridan saboq oldi. Ushbu ilmlarni mukammal o'rgangach, Buxoro madra­
salarida tasawufdan dars berdi. Xojagon tariqatiga asos soldi. Buyuk tasavvuf
arbobi 1179-yilda vafot etdi. U ning inson to ‘g ‘risidagi qarashlari «Manqobi xoja
Yusuf Hamadoniy», «Vasiyatnoma», «Maslak al-orifin», «Risolai salohiya», «Risolai
shayx ush-shuyux xazrati xoja Y usuf Hamadoniy», «Maqsad as-solikin», «Odobi
tariqat» kabi asarlarida bayon etilgan. Abduxoliq G ‘ijduvoniyning qabri G'ijduvonda.
U odamlarning yirik ziyoratgohiga aylangan. H ofiz Tanish Buxoriyning «Sharif-
nomai shohiy» asarida yozilishicha, XVI asrning yarmida shayboniylar nizolari
paytida ana shu ziyoratgoh G ‘ijduvon aholisini o ‘z panohida saqlagan.

«Zikri xufiya»ning asosida «Ilmi Laduniy» yotadi. «Ilmi Laduniy» esa uchga
bo‘linadi: vahiy, ilhom , farosat (intuitsiya). Vahiy payg‘ambarlarga, ilhom avli-
yolarga, farosat orqali bilish esa so ‘fiylarga Ollohning ruxsati bilan berilarmish
(Sadriddin Salim Buxoriy. Dilda yor. Toshkent, 1993, 9-bet).
244


Abduxoliq G ‘ijduvoniy barkamol inson uchun zarur bo‘lgan 
odob-axloq normalarini ishlab chiqqan. Uning fikriga ko‘ra, in­
sonni ulug‘laydigan eng muhim fazilat bilimli, ilmli bo‘lishdir. 
Inson har qanday vaziyatda ham ilm va taqvo bilan birga 
bo‘lmog‘i, ayniqsa, fiqhni (huquqni) chuqur o‘rganmog‘i darkor. 
Chunki inson faoliyati asosan ikki buyuk qudrat: huquq va 
axloq yordamida boshqariladi.
Abduxoliq G'ijduvoniy inson axloqiy qiyofasini ulug‘lovchi 
alomatlar haqida gapirib, oz so‘zla, oz yeb-ich, oz uxla, ahli 
ayoldan ehtiyot bo‘l, besoqollar, xotinlar va bid’atlar, boylar 
va omiylar bilan suhbat qurma, ko‘p kulma, ayniqsa, qah- 
qah urib kulishdan qoch, ko‘p kulishdan yurak qorayadi. Boshqa 
odamga shafqat ko‘zi bilan boq va hech bir kishini xor tutma, 
deb vasiyat qiladi.
Abduxoliq G ‘ijduvoniyning inson ruhiy-ma’naviy qiyofasi ha­
qidagi qarashlarining asosida hojagon tariqatining quyidagi sak- 
kiz qoidasi yotadi1. Xuddi shu sakkiz qoida talablarining baja- 
rilishi inson ma’naviy yetukligi holatini belgilaydi.
Birinchi qoida — «Xush dar darx|j deb yuritiladi. Ushbu 
qoida inson ruhiy-ma’naviy kamolotining holatini, ayniqsa, 
uning e’tiqodi mustahkamligini ifodalaydi. Xudo vasliga yetishni 
orzu qilgan bunday qutlug1, muborakbod istak yo‘lida toat- 
ibodat qilayotgan har bir kishi, awalo xufyona — ovoz chiqar- 
masdan zikr qilishi, o ‘zidan chiqayotgan har bir nafasdan o‘ta 
hushyor bo‘lishi joizki, toki bunda g'aflat yuz bermasin. 
Chiqayotgan har nafas Xudovandi Karimning muborak nomi 
bilan uzluksiz bog‘lanishi lozim. Boshqacha aytganimizda, inson 
barkamolligining birinchi alomati hojagon tariqati talabiga mu­
vofiq Olloh taoloning muborak nomini ulug‘lash, e’zozlashdir.
Ikkinchi qoida — «Nazar bar qadam», asosan, barkamol­
lik, oriflik da’vosini qiluvchi har bir murid, har bir shogird 
bosgan qadamini o‘ylab bosishi lozim, toki uning nazari turli 
noxushliklar, badbaxtliklar, behayoliklar bilan ro‘baro‘ kelma- 
sin. Boshqacha qilib aytganimizda, bosilgan har bir qadam 
ming marta o'ylanishi, faqat o ‘shandan so‘ng tashlanishi darkor. 
Chaqirilmagan, aytilmagan joyga borilmagani ma’qul.

Yüklə 3,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin