O zbekiiton fayi a L l I lari 4illiy jamiyaii nashkiyol


Ahmad Yassaviy. Hikmatlar. Toshkent, 1991, 99—101, 104—165-betlar



Yüklə 3,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə182/318
tarix28.11.2023
ölçüsü3,66 Mb.
#169347
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   318
Inson falsafasi. Choriyev A

1 Ahmad Yassaviy. Hikmatlar. Toshkent, 1991, 99—101, 104—165-betlar.
240


Ahmad Yassaviy falsafasi teotsentrik xususiyatga ega edi. Uning 
fikriga muvofiq, Xudo — oliy haqiqat. Xudoning barcha fazilatlari, 
xislatlari go‘zal, maftunkor, kundalik faoliyatida adolat hukmronlik 
qiladi. Barcha o‘rta asr faylasuflaridek, Ahmad Yassaviyning ham 
diqqat-e’tibori Xudoni har tomonlama ulug‘lashga, uning ishqi, 
uning muhabbati bilan yashashga qaratilgan. U oshiqlarga ilohiy 
ishq sirlarini tushuntirmoqchi bo‘ladi. Muhabbat dardiga chalingan 
har bir oshiq, awalo, haqiqatning mohiyatini bilmog‘i darkor. 
Haqiqatning ma’nosiga esa faqat imon-e’tiqodli kishi yetadi.
Xudo ishqi insondan favqulodda ko‘ngli pok va turli moddiy 
ehtiyojlardan uzoqroq turishni, insonning o‘ziga o‘zi murosali 
bo‘lishni taqazo etadi. Ishq, muhabbat yo'lida, hatto o‘zini 
qurbon qilishga ham tayyor bo‘lishga chaqiradi. Bir ibora bilan 
aytganda, Xudo vasliga yetishni orzu qilgan kishi ruhiy-ma’naviy 
pok bo‘lmog‘i zarur. Yassaviyning fikriga ko‘ra, turli jafolar 
chekib, oshiqlikka yetishish inson ongi va faoliyatidan avomlik- 
g‘ofillikni haydaydi, johillikka yo‘l bermaydi, glaflatdan olib 
qochadi, faollik uchun imkon yaratadi. Bundan keyin o‘z atrof- 
ida sodir bo‘layotgan voqealarga befarq qaray olmaydi1.
Yassaviyning fikriga muvofiq, butun tirik mavjudot to ‘rtta 
kichik unsurlardan: suv, havo, olov va tuproqdan tashkil top­
gan. Insondagi barcha ijobiy fazilatlar va salbiy qiliqlar, odatlar 
ham o‘sha to‘rtta unsur bilan bog‘liq bo‘ladi. Olov va havoda 
do‘zaxiy qiliqlar mavjud bo‘lsa, suv va tuproqda jannatiy fa­
zilatlar mujassam bo‘ladi. Xususan, insondagi manmanlik, kibr- 
lanish kabi qiliqlarning shakllanishida do‘zaxiy olovning ta’siri 
bor. Olov insonni o ‘z ishqida kuydirib, Haqdan uzoqlashtiradi. 
Oxir-oqibatda bu «ishq» kibrlilikka olib keladi. Odamlardagi 
yengiltakliklar havo bilan bog‘liq. Suv va tuproq o‘zida ezgu- 
likni birlashtiradi. Xuddi shuning uchun ham, insondagi eng 
yaxshi fazilatlar suv va tuproq bilan aloqador bo‘ladi.
Ahmad Yassaviy tasawuf g'oyalarini ommaga yoyish maqsa­
dida adabiyotning hikmat janridan ustalik bilan foydalandi. Xuddi 
shu janrda yozilgan she’riy asarlari asosida hikmatli so‘zlar 
to‘plamini yaratadi. Uning hikmatli so‘zlari odamlar orasida tez 
tarqaladi va katta obro‘-e’tibor olib keladi. Turkiy tilda yozilgan

Yüklə 3,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin