qilsa, shunchalik yuksaklikka — barkamollikka ko'tariladi. Af-
suski, barkamol inson o‘zining kamoloti va ulug‘ligi bilan ba’zi
masalalami
yechishga ojizlik, zaiflik qiladi. Boshqacha aytgani-
mizda, barkam ol inson o ‘zining xokisorligi, nomurodligi,
murosasizligi bilan boshqalardan ajralib turadi. Ilm,
odob-axloq
jihatdan qudratli bo‘lgan kishi, o‘zi istagan barcha orzu-umid-
larini ro‘yobga chiqara olmaydi. Yaxshilik — ezgulikni qaror top-
tirishga kuch-qudrati yetmaganligi
uchun ham bunday kishi
zaifdir, ojizdir. Nasaflik mutafakkir barkamol insonning ojizligi
ham, bunday kishilarning faqirona kun kechirishlarining siri
ham
ana shunda, deb ta’kidlaydi.
Shunday qilib, Aziziddin Nasafiy inson buyuk zot ekanligini
har tomonlama isbotladi. Inson, koinot, Olloh o‘zaro aloqa-
dor, bir-biriga ta’sir o'tkazib turadi, degan xulosaga keldi.
Xuddi
shuning uchun ham Aziziddin Nasafiyni musulmon falsafasida
barkamol inson to ‘g‘risidagi ta’limotning mashhur nazariyot-
chisi deyish mumkin. 0 ‘z
navbatida, Aziziddin Nasafiy kub-
raviyani o‘rta asr musulmon falsafasida inson ruhiy-ma’naviy
kamoloti to ‘g‘risidagi yirik, yaxlit ta’limot darajasiga ko‘tardi,
desak mubolag'a bo‘Imaydi.
e) Yassaviyada Inson ta’rifi
X asr o'rtalarida Xurosonda tasawuf rivojlana boshladi. Poytaxt
Marv yirik madaniy-ma’rifiy markazga aylandi.
Xuroson tasav-
vuf maktabining yirik namoyandalari Abdulla Ansoriy (1006—
1089-y.), Ahmad Jom (vafoti 1141-y.) va Yusuf Hamadoniy
(1048-1140-y.)lar edi1.
Tasaw uf falsafasining asoschilaridan biri Yusuf Hamadoniy
Eronning Hamadon shahri yaqinidagi Buzanjirda qishlog'ida
tug‘ildi. Bag'doddagi mashhur Nizomiya madrasasida tahsil ko‘rdi.
0 ‘sha davming atoqli olimlaridan biri Abdu Is’hoq Sheroziydan
saboq oldi. Fiqh, mantiq, hadis ilmlarini qunt bilan egalladi.
Isfaxon, Balx, Hirot, Marv, Buxoro
va Samarqand shaharlarini
kezib, odamlardan hadis to ‘pladi.
Dostları ilə paylaş: