O zbekiiton fayi a L l I lari 4illiy jamiyaii nashkiyol


Xoja Abdulloh G'ijduvoniy. Vasiyatnoma. Toshkent, 1993



Yüklə 3,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə187/318
tarix28.11.2023
ölçüsü3,66 Mb.
#169347
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   318
Inson falsafasi. Choriyev A

1 Xoja Abdulloh G'ijduvoniy. Vasiyatnoma. Toshkent, 1993.
245


Uchinchi qoida — «Safar dar vatan»ga muvofiq, inson 
barkamolligi, uning nafaqat tug‘ilib o‘sgan mamlakatini poyu- 
piyoda kezmog‘i, balki xayolan vatan bo‘ylab safar qilmog‘i, 
o‘tirgan joyida turib, yurtida bo‘ladigan har bir o‘zgarishlarni 
yurakdan his qilmog‘i darkor. Ana shunday tuyg‘u shakllangan 
kishida barkamollik alomatlari mavjud desa bo‘ladi. Chunki inson 
qancha ko‘p safar qilsa, uning tabiatida bo‘ladigan yomon 
qiliqlar asta-sekin yo‘qoladi. 0 ‘sha yomonliklar o‘rnini yaxshilik 
egallaydi. Safar qilmasdan, uzoq-yaqinni ko‘rmasdan, muqim 
bir joyda turgan kishida ezgulik tomon intilish so‘nib qoladi, 
parishonlik o ‘sadi. Safarda bo‘lgan kishida sabr, toqat, chidam 
ortib boradi.
To‘rtinchi qoida — «Xilvat dar anjuman» talabiga ko‘ra, 
anjumanda odamlar bilan, qalbda, yurakda Xudo bilan birga 
bo‘lish taqozo etiladi. Boshqacha aytganmizda, ilohiy haqiqatga 
erishishni istagan har bir kishi kundalik faoliyatida el-yurt bilan 
birga bo‘lishga, lekin qalbida doimo Ollohni yod etishga da’vat 
etadi.
Beshinchi qoida — «Yodkard»da musulmonlikni ifodalovchi 
eng asosiy belgilaridan biri: «lo illoha illolohu Muhammadun 
Rasululloh»ni qalbi bilan (zikri qalbiy) zikr qilish tushuniladi.
Oltinchi qoida — «Bozgasht»ga ko‘ra, zikr qiluvchi о voz 
chiqarib yoki ovoz chiqarmasdan «lo illoha illollohu Muham­
madun Rasululloh» qoidasini (kalimasini) aytib, uning orqasi- 
dan, «Xudovando, mening maqsadim sensan», deb tugatadi. 
Ushbu qoida inson qalbidan yomon fikrlarni haydab chiqaradi.
Yettinchi qoida — «Nigohdosht» qoidasi talabiga ko‘ra, zikr 
qilayotgan kishining nigohi turli narsalarga tushmasligi, diqqati 
chalg‘ib ketmasligi, xayoliga boshqa biror narsa kelmasligi darkor. 
Barkamollik tomon intilayotgan har bir kishi Xudoni doimo 
yodida saqlashi zarur. Ana o‘shanda ilohiy muhabbat qalbini qam- 
rab oladi. Bunday tuyg‘uning hosil bo‘lishi inson qalbida 
«yoddosht»ning vujudga kelishidan darak beradi. Shuning uchun, 
sakkizinchi qoida — «Yoddosht»ga ko‘ra, hamisha Haqdan boxa- 
bar bo‘lish nazarda tutiladi. Inson qalbida Xudodan boshqa hech 
narsaga o‘rin qolmaydi.
U shbu 
qoidalar 
Y usuf 
H am adoniy 
va 
Abduxoliq 
G'ijduvoniylar tomonidan ishlab chiqilgan. Chunonchi, xojagon
246


tariqatining dastlabki to ‘rt qoidasi «Xush dar dam», «Nazar 
bar qadam», «Safar dar vatan», «Xilvat dar anjuman» Yusuf 
Hamadoniy tom onidan ishlab chiqilgan bo‘lsa, «Yodkard», 
«Bozgasht», «Nigohdosht», «Yoddosht» qoidalari Abduxoliq 
G ‘ijduvoniy tomonidan yaratilgan.
Abduxoliq G ‘ijduvoniy qarashlarida qalbi yaxshilik va ezgulik 
bilan to‘la barkamol insonni shakllantirish markaziy o‘rinni egal- 
laydi. U barkamol inson qiyofasini, nafaqat M uhammad 
payg‘ambar, balki butun umrini odamlarni yaxshilik va ezgulikka 
da’vat etgan buyuk shayxlar, orif insonlar timsolida ham ko‘radi. 
Uning fikriga ko‘ra, barkamol inson martabasiga erishishda, kishi- 
larning nasli-nasabi, qaysi tabaqaga yoki qaysi urug‘ga man- 
subligi hech qanday ahamiyatga ega emas. Aksincha, barkamol 
inson bo‘lishni orzu qilgan har bir solik, har bir murid 
uchun ilm-ma’rifatga intilish, musulmon odob-axloqi qoidalariga 
q at’iy rioya qilish, kishilar xulq-atvori, xatti-harakatidagi 
g‘ayriinsoniy qiliqlarga qarshi tinimsiz kurash olib borish, in­
sonni eng ulug‘ zot deb qadrlash muhim rol o‘ynaydi.
Abduholiq G ‘ijduvoniyning fikriga ko‘ra, barkamol inson na­
faqat odamlarni yaxshilik, ezgulikka da’vat etishi, balki yomon- 
larga ham yaxshilik qilishi darkor. Yomon kishiga yaxshilik qilish- 
ning har kim ham uddasidan chiqa olmaydi. Insonning yomon- 
likka nisbatan yaxshilik bilan javob berishi uning barkamollik 
darajasiga ko‘tarilganligidan dalolat beradi. 0 ‘z navbatida, 
g‘ijduvonlik alloma yomon kishilardan uzoq yurish zarur, deb 
hisoblaydi. 0 ‘z fikrini isbotlash uchun xalq orasida keng tarqal- 
gan: «Qozonga yaqinlashsang qorasi yuqadi», degan hikmatni 
misol qilib ko‘rsatadi.
Abduholiq G ‘ijduvoniy barkamol inson juda ehtiyot bo‘lishi, 
bosgan har bir qadamini o‘ylab bosishi zarur ekanligini qay- 
ta-qayta takrorlaydi. Barkamol insonning xatti-harakatidagi har 
bir kichik ehtiyotsizlik uning obro‘-e’tiboriga putur yetkazadi. 
Barkamol insonning qilgan ishlari quyosh darajali buyuk, ko‘p 
bo‘lsa-da, bulut parchasidek kichkina gunohi, noto‘g‘ri ishi yoki 
qadami, shu buyuklikni, ya’ni barcha amallarini to ‘sib qo‘yadi, 
yo‘qqa chiqaradi, deb ogohlantiradi.
G ‘ijduvonlik mutafakkiming e’tirof etishicha, insonning taqdir
— qismati Olloh tomonidan belgilab berilgan, lekin uni ro‘yobga
247


chiqarishda uning o‘zi mas’uldir. Chunki bu dunyoda inson 
o‘zining qanday yashashini, qanday ishlashini o‘zi belgilaydi. 
Modomiki, shunday ekan, inson o‘ziga berilgan bunday im- 
koniyatdan oqilona foydalanishi, manmanlikka berilmasligi, takab- 
burlik qilmasligi, Olloh oldidagi insoniy burchini sidqidildan 
bajarishi lozim. Yo‘l qo‘ygan xatolari uchun darhol tavba qilmog‘i 
darkor. Chunki insonning bilib-bilmay qilib qo‘ygan xatolarini 
tan olishni istamasligi, uning ma’naviy kamolotiga zarar yetka- 
zadi. Barkamollik maqomiga ko‘tarilishi uchun g‘ov bo'ladi.
Abduxoliq G ‘ijduvoniyning tushuntirishicha, inson barkamollik 
maqomiga erishmog‘i uchun, ongi va shuuriga joylashib olgan 
turli salbiy illatlardan qutulmog‘i darkor. Barkamol inson bo‘lishni 
orzu qilgan solik boriga shukur qilishi, yo‘q bo‘lsa sabr qilishi, 
o‘z nafsini sabr yordamida jilovlashi lozim. Lekin g‘ijduvonlik 
allomaning ta’kidlashicha, barchani barkamol inson qilib tarbi- 
yalash mumkin emas.
Xullas, Abduxoliq G ‘ijduvoniy insonni jamiyatdan ajralmas- 
likka, faqat taqvoga berilib, turmush tashvishlari va quvonch- 
laridan ajralib qolmaslikka, halol mehnat qilishga chorlaydi, 
mehnat qilish, tirikchilik o'tkazish jarayonida doimo odamlar 
bilan birga bo‘lish, buning uchun Vatan bo‘ylab vaqti-vaqti 
bilan safar qilib turish, imon va e’tiqodni mustahkamlashga 
da’vat etadi.
Abduholiq G ‘ijduvoniy ta’limoti hamma amal qilishi mum­
kin bo‘lgan ta ’limot edi. Bu ta’limot o‘z mohiyatiga ko‘ra, 
ilohiylik bilan dunyoviylikni o'zida mujassamlashtiradi. Ushbu 
maslakka amal qilgan kishilar tirikchilik tashvishlaridan uzilma- 
gan holda Xudo bilan do‘stlashadilar.
Yusuf Hamadoniy va Abduxoliq G ‘ijduvoniy asoslab bergan 
hojagon tariqati qoidalarini Muhammad Orif Revgariy (vafoti 
1259-yil), Mahmud Anjir — Fag‘naviy, Xoja Muhammad Rome- 
toniy Azizon (vafoti 1321-yil), Xoja Muhammad Boboi Sa- 
mosiy (vafoti 1354-yil)lar yanada rivojlantirdilar.
Abduxoliq G'ijduvoniy asos solgan hojagon tariqati qoi­
dalarini har tomonlama rivojlantirgan, uni sifatiy yangi bos- 
qichga ko‘targan buyuk mutafakkir Muhammad Buxoriydir. U 
1318-yilda Buxoro shahri yaqinidagi Hindivon qishlog‘ida taval- 
lud topgan. Bahouddin (dinning nuri, shu’lasi, ravshanligi)
248


uning taxallusidir. Bo‘lg‘usi olim qarshilik Sayid Amir Kuloldan 
saboq oladi.1
Sayid Amir Kulol (vafoti 1371-yil) o‘z zamonasining bilim- 
don kishilaridan bo‘lib, Yunon faylasuflari Aflotun, Arastu, 
m ashhur hadisshunoslar Ismoil Buxoriy, Muso Termiziy, 
shuningdek, Jaloliddin Rumiy, Abu Hamid G ‘azzoliy asarlarini 
yaxshi bilardi. Ayniqsa, musulmon olamida katta shov-shuvlarga 
sabab bo‘lgan M uhyiddin Arabiyning «Futhotial-Makkiya» 
(«Makkada ochilgan kashfiyotlar») asarini chuqur o‘rgangan, 
o‘zi ham musulmon madaniyati va ma’naviyatiga oid turli asar- 
lar yozgan edi.
Bahouddin Naqshband haqida Amir Sayid Kulol Shahobud- 
dinning (XV asr) «Naqomatlari», Saloh al-Muborak Buxoriy- 
ning «Maqomati Bahouddin Naqshband», Ali al-Safiyning 
«Rishohat ayn al-hayot», Muhammad Porso Buxoriyning «Anis 
at-tolibin va udat as-silikin», Abdurahmon Jomiyning «Nafoqat 
al-uns min hazrat al-quds», Alisher Navoiyning «Nissoyimul 
muhabbat» asarlarida, shuningdek, turk olimi Shamsiddin Soliy- 
ning «Qomus al-a’lam» kitobida ajoyib ma’lumotlar berilgan.2
Naqshbandiya ta’limotining vujudga kelishida, bir tomon­
dan, tasavvufning dastlabki tariqatlaridan biri hisoblangan, 
Ahmad Yassaviy har tomonlama rivojlantirgan malomatiya, 
ikkinchi tomondan Abduxoliq G ‘ijduvoniy asos solgan hojagon 
tariqatlarining ta’siri sezilarli bo‘ldi.
Bahouddin Naqshbandning olam va odam to‘g‘risidagi qa- 
rashlari «Hayotnoma» (Va’z va pand-u nasihatlar muammosi) 
va «Dadil al-oshiqin» kabi asarlarida bayon qilingan. U o‘z 
asarlarida Yusuf Hamadoniy va Abduxoliq G ‘ijduvoniy asos 
solgan, biz yuqorida ta ’kidlab o‘tgan hojagon tariqatining sak- 
kiz qoidasiga uch qoida qo‘shib, uni yanada takomillashtiradi va 
o‘n bir qoidadan iborat naqshbandiya ta’limotini vujudga kelti-
- radi. Bu uch qoida quyidagicha:

Yüklə 3,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin