O zbekiiton fayi a L l I lari 4illiy jamiyaii nashkiyol


  Xoja Ahror Valiy 1404-yilda Shoshda (Toshkent) tavallud topdi. Dastlabki



Yüklə 3,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə189/318
tarix28.11.2023
ölçüsü3,66 Mb.
#169347
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   318
Inson falsafasi. Choriyev A


Xoja Ahror Valiy 1404-yilda Shoshda (Toshkent) tavallud topdi. Dastlabki
bilimlarini Shosh maktablarida oldi. 0 ‘n ikki yoshida Samarqand madrasalaridan
biriga o ‘qishga kirdi. Sog‘lig‘ining yomonligi uchun o ‘qishni davom ettira olmadi.
Mustaqil o ‘qib o ‘rgandi. Samarqandlik mashhur allomalardan, ayniqsa, Amir
Sayid Qosim Anvardan ko‘p saboq oldi. Hirotlik shayxlar Bahvaddin Umar,
Zayniddin Xavofiy, chag'yonlik Ya’qub Charxiylar suhbatida bo'ldi. Zamonasi-
ning yirik din arbobi va diplomat! darajasiga ko‘tarildi. Naqshbandiya ta’limotining
buyuk arbobi 1494-yilda vafot etdi. (Qarang: V alixo‘jayev B. Xoja Ahror tarixi.
Toshkent, 1994, 61—77-betlar).
255


V.AJukovskiy tomonidan Sankt-Peterburgda nashr ettirilgan), 
«Ruqaot» («Maktublar») kabi asarlarida bayon etilgan. Uning 
diniy-falsafiy qarashlarida Muhyiddin Arabiy asos solgan «vah­
dati vujud» nazariyasining ta’siri katta edi. «Fiqarot Ahroriya» 
risolasida ta ’kidlanishicha, inson barkamol bo‘lishi uchun, av­
valo, Xudoni tanish, uning fazilatlari, xislatlarini bilish uchun 
esa zavq, jazba katta ahamiyatga ega bo‘ladi. Jazba natijasida vu­
judga kelgan muhabbat tufayli Xudo tanib olinadi. Bunday tani- 
shuvdan ko‘ngil taskin topadi. Uning qayd etishicha, bunday 
sof ko‘ngil o‘zidan hamisha nur tarqatib turadi. 0 ‘sha nur 
inson qalbini doimo nurafshon qilib, tanasiga tiriklik ato qiladi. 
Inson o ‘sha nurdan uzilishi bilan uning tirikligidan hech qan­
day asar qolmaydi.
Xoja Ahror Valiy naqshbandiya ta’limotida olg‘a surilgan, har 
bir kishi foydali yumush bilan shug‘ullanishi lozimligi haqidagi 
g‘oyani yanada boyitdi. Fuqarolar o‘zlarining ijtimoiy foydali 
mehnatlari bilan o‘zgalar ko‘nglini shod etishlari darkor, deb 
hisobladi. 0 ‘zgalar ko‘nglini shod qilmoq chinakam musul- 
monchilik belgilaridan biri deb tushuntirdi. Odamlarning turli 
yumushlarini oson qilish, ijtimoiy jihatdan kishilar uchun foy­
dali bo'lish, ularga rohat va xursandchilik ato etish kabi fazi- 
latlarni inson axloqining ko‘rki, deb bildi.
Xoja Ahror Valiy naqshbandiya ta’limotini jamiyat hayotiga, 
xalqning turmush tarziga joriy etishga harakat qildi. Kishilarni 
uzluksiz ijtimoiy faollik ko'rsatishga chorladi. Fuqarolar orasida 
katta obro‘-e’tiborga sazovor bo'lgan tasavvuf arboblariga turli 
maktublar yozib, ularni jamiyatni boshqarish ishlarida faol ish­
tirok etishlarini iltimos qildi. Ulardan maslahatlar so‘radi. Bun­
day xayrli ishlar pirovardida tasavvuf namoyandalarining davlat­
ni, jamiyatni boshqarish ishlariga faol aralashuviga, davlat 
boshliqlari amalga oshirayotgan siyosatga to ‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir 
o‘tkazilishiga olib keldi. 0 ‘sha jarayonlarga yo‘lboshchilik qilgan 
Xoja Ahrorning o ‘zi yirik siyosiy arbob darajasiga ko‘tarildi.
Xoja Ahror falsafasida markaziy o‘rinni fuqaro manfaatini 
himoya qilish, odamlarning og‘irini yengil qilish yotadi. Odam- 
larni zolimlar zulmidan, turli noinsofliklardan himoya qilishga 
urinadi. Musulmonlar manfaatini himoya qilish maqsadida shohlar, 
hukmdorlar bilan uzluksiz muloqotda bo‘ladi. Musulmon bo‘lmoq
256


deganda, fuqaro manfaati uchun yashashni tushunadi va o'zining 
butun umri, ongli faoliyatini fuqaro manfaatini himoya qilishga 
qaratadiJ. Fuqarolar osoyishtaligi, hunarmand va tijorat ahli 
ishining ravnaqi yo'lida har qanday muammolarni urush va qon 
to'kish yo‘li bilan emas, balki kelishuv, tinchlik va osoyishtalik 
bilan hal qilishga intiladi2. Boshqacha aytganimizda, Xoja Ahror 
falsafasida birovlaiga jabr-sitam qiluvchilarga qarshi kurash, odam­
larni bu dunyo tashvishlaridan asrash, insonni ulug'lash asosiy 
o‘rin egallaydi. Uning fikriga ko‘ra, olamdagi barcha tirik mavju- 
dotlar ichida eng ulug‘ qadriyat insondir. Inson 
0
‘zining 
ulug‘vorligi bilan o‘z vaqtini o‘tkinchi, bachkana narsalarga sarf 
etmasligi, foydali ishlar bilan shug‘ullanmog‘i lozim.
Xoja Ahror o‘z ixtiyoridagi yer va mulkdan olingan daro- 
madlardan madrasa, masjid, xonaqoh va boshqa imoratlar 
qurdirdi. Uning bunday saxiyligi, insonparvarligi odamlar orasi­
da obro‘-e’tiborini oshirib yubordi. Movarounnahr va Xuroson- 
ning qishloqlarida yashovchi dehqonlar o'zlariga qarashli yerlar- 
ni Xoja Ahrorga nazr qila boshladilar. Bunday harakatning avj 
olib ketishining sabablaridan biri — o‘sha davrdagi Samarqand 
hukmdori sulton Abu Sayid Mirzoning farmoni bilan Xoja 
Ahrorga qarashli yer va mulkdan ushr solig‘i olinardi, xolos. 
Boshqa soliqlar esa olinmasdi. Shuning uchun dehqonlar o‘z 
yerlarini Xoja Ahroiga nazr qilishar, o‘zlari esa o‘sha yerlarda 
ishlashni davom ettirar edilar. Buning natijasida dehqonlar or­
tiqcha soliqlardan ozod bo‘lar edilar. Shunday qilib, XV asr­
ning ikkinchi yarmida Xoja Ahror mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy, 
ma’naviy hayotida katta obro‘-e’tiborga ega bo‘lgan kishilardan 
biri darajasiga ko'tarildi.
Xoja Ahror shaxsidagi eng muhim xislatlaridan biri — sodir 
bo'layotgan voqealaming, hodisalarning mohiyatini zukkolik bilan 
tahlil qilar, undan o‘zi uchun zarur xulosalar chiqarardi. Bunday 
zukkolikka erishmoq uchun o‘zidagi eng nodir qobiliyat — «tush 
ko‘rish»dan foydalanardi. Boshqacha aytganimizda, o‘z kashfiyotlari 
va karomatlarini tushida ko‘rganiga asoslanib bayon etardi. Shuning 
uchun ham, uni «Valiy», ya’ni Xudoga yaqin kishi, deyishardi.

Yüklə 3,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin