O zbekiiton fayi a L l I lari 4illiy jamiyaii nashkiyol


Bahouddin Balogardon. Toshkent, 1993, 54-bet



Yüklə 3,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə188/318
tarix28.11.2023
ölçüsü3,66 Mb.
#169347
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   318
Inson falsafasi. Choriyev A

1 Bahouddin Balogardon. Toshkent, 1993, 54-bet.
2 Bizning zaminimizda naqshbandiya ta’limoti ovrupolik sharqshunos olimlar
X .Algar, M .M ole, F.Y ung, E.Brovi, O .P opovich, B .G ordlevskiy, V.Bartold,
Ye.Bertels, A. Semenov, P.Ivanov, A.Boldirev, S.D em idov, shuningdek, o ‘zbek
o lim la r i M .X ayru llayev, X .A b d u llo h , 
M. M ah m u d , 
B .A kram , 
N . K ornilov,
O .U sm onov, E.Rustam ov, S.Buxoriy, M. Oriflar tom onidan har tom onlam a
o ‘rganildi.
249


Birinchi qoida — «Vuqufi adadiy», deb yuritiladi. Ushbu 
qoidaga muvofiq, zikr qilayotgan har bir kishi ma’lum bir 
o ‘Ichov, mezonga rioya qilish jarayonida zikrning o‘zgarib keti- 
shiga, chalg‘ib turishga yo‘l bermaydi. Insonni parishonxotirlik- 
dan saqlaydi. Butun fikr-mulohazalar Olloh vasliga intilish sari 
yo‘naltiriladi.
Ikkinchi qoida — «Vuqufi zamoniy»ga ko‘ra, barkamollikka 
da’vogar kishi o‘z ahvoli to‘g‘risida hamisha o‘zi aniq ma’lumotga 
ega bo‘lishi lozim. 0 ‘tayotgan umrining har bir lahzasini be’mani 
ishlarga emas, balki xayrli ishlarga sarf qilishi, o ‘z faoliyatini 
doimo kuzatib, tergab bormog‘i darkor.

Uchinchi qoida — «Vaqufi qalbiy», deb ataladi. Bu qoidaga 
kolra, har bir kishi qalbdan hamisha Xudo bilan birga bo‘lmog‘i 
lozim. Olloh tomonidan berilgan, ya’ni Olloh uchun zarur 
bo‘lgan har qanday yumushni bajarishga fikran tayyor bo‘lib 
turmog‘i zarur.
Naqshbandiya ta’limoti, kubraviya va yassaviyadan, eng avva­
lo, tarkidunyochilikdan voz kechib, odamlarni halol mehnatga 
chorlagani bilan tubdan farq qiladi. Boshqacha aytganimizda, 
naqshbandiya birovlar hisobiga yashashni rad etadi. Faqat o‘zining 
peshana teri bilan qilingan mehnat yordamida topilgan ne’matlami 
halol deb hisoblaydi. Naqshbandning fikriga ko‘ra, «inson fayzi- 
ning ibtidosi — halol luqmada», ya’ni inson ma’naviy qiyo- 
fasidagi halollik insoniy fazilatlaming asosini tashkil etadi. Shuning 
uchun inson m a’naviy yetuk bo‘lmog‘i uchun halol mehnat 
qilmog'i lozim. Halol mehnat ma’naviy-axloqiy yetuklikning 
tayanch nuqtasi hisoblanadi. Turli mashaqqatlar evaziga yaratil- 
gan halol boylik (luqma) har qanday tubanlikdan (xudbinlik, 
xasislik, g‘arazgo‘ylik, takabburlik, makr, riyo, dimog‘dorlik) 
ozod qiladi. Mehnatsiz orttirilgan boylik inson qalbini shubha va 
taxlikaga to‘ldiradi. Shuningdek, birovning soyasida, boshqalar­
ning obro‘-e’tibori hisobiga yashashni, ishlashni qattiq qoralaydi.
Naqshbandiya ta’limotida oIg‘a surilayotgan g‘oyalardan yana 
biri, o‘z xohishi bilan kambag‘al hayot kechirish, mol-mulk 
to ‘plashdan, dabdabali hayotdan voz kechish g‘oyasi edi. Ush­
bu g‘oyaga amal qilgan Naqshband turmushi uchun zarur bo‘lgan 
bir parcha nonni halol mehnati bilan ishlab topdi. Har yili 
arpa, mosh ekib, dehqonchilik qildi. Olingan hosildan turli
250


taomlar tayyorlab, eski bo‘yra ustida tanovul qildi, mo‘ndida 
suv ichib, kun o‘tkazdi. SoTiylarning xizmatkor — cho‘ri 
yollashini ma’qullamadi.
Naqshbandiyada faqirlikni o‘z ixtiyori bilan qabul qilish eng 
muhim g'oyalardan biridir. Faqirlik haqida fikr yuritganda, odam­
larni qashshoqlikka da’vat etish tushunilmaydi, balki inson 
ma’naviy qiyofasidagi muhim alomat nazarda tutiladi. Boshqacha 
aytganimizda, «faqir» inson ma’naviy qiyofasidagi kamtarlik, 
soddalik alomatidir. Bahouddin faqirlik g‘oyasini olg‘a surib, odam­
larni M uhammad payg‘am bardek yashashga undam oqchi, 
payg‘ambar turmush tarzini qayta tiklamoqchi edi.
Naqshbandning tushuntirishicha, faqirlikning shartlaridan biri
— qanoatdir. Qanoat — halol mehnat qilish malakasiga ega 
bo‘lgan, mehnat qilish kundalik tabiiy ehtiyojiga, hayotiy 
ko‘nikmasiga aylangan kishida hosil bo‘ladi. Qanoat insonni 
ma’naviy yuksaklikka ko‘taradi, qadr-qimmatini oshiradi. 0 ‘zligini 
va o‘z qadrini anglab olishga yo‘l ochib beradi. Ko‘nglidan turli 
noxushliklarni haydab chiqaradi. Ta’ma, xasislik, tilamchilik kabi 
illatlarni bartaraf etadi. Qanoatli kishining ko‘zi to ‘q bo‘ladi. 
Bunday kishi hech kimning maqtoviga, dasturxoniga, bazmiga, 
hurmat-ehtiromiga muhtoj bo‘lmaydi.
Bahouddin Naqshband har bir fuqaroni «zohirda xalq bi­
lan, botinda Xudo bilan», («Dil ba yor-u, dast ba kor») prin- 
sipiga amal qilib ishlashga, yashashga da’vat etadi. Bunday 
gumanistik prinsiplarni odamlar turmush tarzidan kengroq o‘rin 
egallashi uchun butun kuch-g‘ayratini safarbar etadi. Uning 
fikricha, insonning ichki (botiniy) va tashqi (zohiriy) olami 
biri ikkinchisi bilan uzviy aloqador. Insonning ichki va tashqi 
olamining manbai bitta, xuddi shuning uchun ham zohiriylik va 
botiniylik har bir inson siymosida namoyon bo‘ladi. Inson dilida 
Xudo ishqini mustahkam joylashtirib, shuhratparastlik, o‘ziga 
bino qo‘yish, yolg‘onchilik, makkorlik, johillik kabi yaramas 
illatlarga qarsi tinimsiz kurash olib borgandagina, ruhiy-ma’naviy 
yetuklikka erishadi. Insonning har qanday holatda ham qo‘li 
doimo mehnatdan ajralmasligi zarur. Melpiatsiz topilgan mol-u 
dunyo, ma’naviy yetuk bo‘lib shakllanish jarayoniga ziyon yetka- 
zadi. Inson qalbida joylashayotgan Olloh muhabbatiga rahna soladi. 
Insonning ichki olami musaffo bo‘lsa, uning tashqi olami ham
251


musaffo bo‘ladi. Insonning ichki olamida biror xiralik, noqobil- 
lik bo‘lsa, shubhasiz, bunday holat uning tashqi olamida o‘z 
ifodasini topadi. Botinni zohirsiz, zohirni botinsiz tasawur qilish 
mumkin emas. Ular biri ikkinchisi bilan chambarchas bog‘liq.
Yuqoridagi fikr-mulohazalardan ko‘rinib turibdiki, Naqsh- 
band ta’limotiga asosan, insonning kundalik amaliy faoliyati, 
uning botiniy va zohiriy olami bilan dialektik aloqador. Botiniy 
va zohiriy yetuklik insonning kundalik faoliyatiga, o‘z navbati­
da, amaliy faoliyat ham insonning botiniy va zohiriy olamiga 
o‘z ta’sirini o‘tkazadi.
Bahouddin Naqshbandning tushuntirishicha, ruhiy-ma’naviy 
yetuk, barkamol inson, eng awalo, o‘tkir aqlga ega, idroki, 
sezish qobiliyati, his-tuyg‘ulari yuksak bo‘lmog‘i lozim. Xusu­
san, zehn o‘tkirligi kengroq mushohada yuritish uchun real 
imkoniyatni vujudga keltiradi. Barkamol inson o'zining aql-xushini 
behudaga sarflamasligi, har bir so‘zi aql-farosat tarozisida 
o‘lchangan, fikr-mulohazasi pok e’tiqodiga mos tushmog'i, qil­
gan har qanday ishidan hijolat, afsus-nadomatlar chekmasligi, 
o‘zining odobi bilan boshqalardan ajralib turmog‘i, o‘ylovsiz, 
noo‘rin so‘zi bilan birovning qalbiga shikast yetkazmasligi, 
shirinsuxanligi bilan odamlar dardiga malham bo‘lmog‘i, andi- 
sha va ehtiyot, beozorlik va zariflik, chin va oz so‘zlash kundalik 
turmush tarzida barqaror bo‘lmog‘i darkor.
Naqshbandiya ta’limotiga ko‘ra, axloqiy poklik, ayniqsa, sav- 
do-sotiq bilan shug'ullanuvchi kishi uchun buyuk bezak boim og‘i 
lozim. Chunki har qanday davlat, har qanday mamlakat iqti- 
sodiyotining rivojini tijoratsiz, axloqiy pok, ishbilarmon savdo 
xodimlarisiz tasawur qilib bo‘lmaydi. Tijorat, savdo-sotiq halol- 
likka, ruhiy-ma’naviy yetuklikka asoslanmog‘i zarur.
Naqshband insonni hamisha ruhiy-ma’naviy poklikka, kun­
dalik amaliy faoliyatdan uzilmay, dilida Xudo bilan birga bo‘lishga 
chorlaydi. Buning uchun inson hamisha yuksak imon-u e’tiqodga 
ega bo‘lmog‘i lozim. Boshqacha aytganimizda, Naqshband 
ta ’limotiga ko‘ra, inson faqat moddiy boylikka emas, ko‘proq 
ma’naviy boylik, e’tiqod va imon tomon intilishi zarur. E’tiqod 
va imon Xudoga bo‘lgan muhabbatning o‘lchovidir. Ollohni 
hamisha yod etib yashaydigan kishiga, hatto iblis ham ziyon- 
zahmat yetkaza olmaydi. Imon-u e’tiqodni mustahkamlamoq
252


uchun Qur’oni Karim va Hadisi Sharif yo‘lidan bormoq kerak. 
Uning tushuntirishicha, bu dunyodagi podshohlarga, haykallar- 
ga e’tiqod qilib bo‘lmaydi. Har qanday podshohlik yemiriladi, 
haykal qulaydi, e’tiqod esa qoladi. Shuning uchun ham inson 
e’tiqodining asosida abadiy mavjud Xudo yotmog'i lozim.
Naqshbandiya qoidalariga muvofiq, barkamol inson bo‘lishni 
orzu qilgan kishi qalban maxfiy zikr qilishi (Olloh nomini 
eslashi, takrorlashi) o‘z ustozi, piri-murshidi bilan xilvatda 
uchrashishi, so‘zlashishi, suhbat qurishi lozim. Ustoz va shogird 
orasidagi suhbat davomida ularning fikr-mulohazalari birlashishi 
shogird kamolotining muhim shartidir. U Junayd Bog‘dodiy asos 
solgan suhbat usulini har tomonlama rivojlantirdi. Uning suhbat 
usulining metodologik asosini sunniylik tashkil etar edi. 
Shuningdek, suhbat jarayonida oshkoralik bilan xufyonalikni 
muvofiqlashtirishga, uning ma’nosi va mazmuni shariat doirasi- 
dan chiqib ketmasligiga alohida e’tibor qaratadi. Naqshband inson 
ongi va faoliyatida sodir bo‘layotgan turli noxushliklami suhbat 
vositasi bilan bartaraf etish mumkin, deb o‘ylaydi. Suhbat jara­
yonida suhbatdoshining fikr-mulohazasini sabr-toqat bilan ting- 
lash, ayniqsa, tilga ehtiyot bo‘lish, bahs-munozarada axloq-odob 
doirasidan chiqmaslikni qayta-qayta takrorlardi.
Naqshband riyokorlarcha yasama xudojo‘ylik va rasm-rusum- 
larni, xususan, qirq kun ro‘za tutish, daydilik, qashshoqlik, 
zikr jarayonida musiqa chalish, ashula va raqsga tushib, oshkor 
(samo’) va ovoz chiqarib (jahr) zikr qilishni inkor etadi. 
Avliyolarga, mozorlarga sig‘inib, ulardan madad va yordam 
so‘rashni foydasiz, deb biladi. Chunki har qanday yordamni 
faqat Olloh berishga qodir. Uning bandalari bunday ishlarga 
qodir emas. Ruhan poklanib, manfaatparastlik, manmanlik, kibr- 
u havodan tamoman voz kechib, ixtiyoriy faqirlikni, hokimiyat 
bilan butunlay munosabatni uzishni targ‘ib qiladi. Naqshbandiya 
'tarafdorlari hukmdorlar bergan turli sovg‘alar, hadyalarni ol- 
mas, Payg‘ambar sunnalari, shariat qonun-qoidalariga to‘la rioya 
qilar edilar.
Bahouddin Naqshband tasawufni davlat mafkurasi darajasiga 
ko‘tarishni va bu ta’limot yordamida jamiyatning turli ijtimoiy 
guruhlari, qatlamlarini tenglashtirmoqchi, ular orasidagi turli 
ziddiyatlar, mojarolarga barham bermoqchi, Turon zaminida
253


yashovchi turli tillarda so‘zlashuvchi xalqlar madaniyati — 
ma’naviyatini bir-biriga yaqinlashtirmoqchi edi. Turli qavmlar, 
tabaqalarni yagona sunniylik g‘oyasi atrofida birlashtirishni orzu 
qilardi. Xuddi shuning uchun ham bu ta ’limot turli millatga 
mansub kishilar orasida keng tarqala boshladi.
Shunday qilib tasawufning ikki yirik oqimi — naqshbandiya 
va yassaviya — jug‘rofiy va milliy chegaralami yorib o‘tib, umum­
insoniy qadriyatlar darajasiga ko‘tariIdi va inson ruhiy-ma’naviy 
kamolotiga xizmat qildi. Yassaviya va naqshbandiya biri ikkin- 
chisini to ‘ldiruvchi, biri ikkinchisiga doimo ta’sir o‘tkazib tu- 
ruvchi, kishilarni ruhiy-ma’naviy kamolot tomon boshlovchi, 
ijtimoiy illatlarga ayovsiz o‘t ochuvchi, insonparvar, xalqparvar 
ta’limotlardir.
Qadimiy Turon zaminida paydo bo‘lgan tasawufning bu ikki 
yirik oqimida mulkka bo'lgan munosabat turlicha sharhlandi. Xu­
susan, Yassaviy ta’limotida mulk insonning Xudo vasliga yetib 
borishida, barkamol inson bo‘lib shakllanish jarayoniga xalaqit 
beruvchi vosita sifatida talqin etildi. Foniy dunyoda mol-u mulkka 
mehr qo‘yish Xudoga bo'lgan muhabbatning shakllanishiga zi- 
yon yetkazadi. Shu boisdan ham, barkamollik da’vosini qiluvchi 
kishi bu dunyo lazzatlaridan voz kechishi kerak, degan g‘oya 
olg‘a surildi. Yassaviy ushbu g'oyani targ'ibot qilgan paytda 
odamlar turmush tarzida umummulkning (jam°a mulki) hissasi 
salmoqli edi. Xudo vasliga yetish orzusi bilan tarkidunyo qilgan 
darvishni odamlar umumiy mulk hisobidan qo‘llab-quwatlashardi. 
Naqshbandiya g‘oyalarining targ‘ibotchilari va tashviqotchilari 
faoliyat ko‘satayotgan hududlarda esa xususiy mulk ustuvorlik 
qilardi. Ana shunday sharoitda tirikchilik qilish uchun har bir 
kishi mehnat qilishga majbur edi. Mehnat yashash vositasiga 
aylanayotganligi uchun ham naqshbandiya bu dunyo tashvish­
laridan ajralmasdan Xudo vasliga yetish mumkin, degan g‘oyani 
odamlar ongiga singdira boshladi. «Dil ba yoru, dast ba kor» — 
naqshbandiya ta’limotining asosiy qoidasiga aylandi.
Yassaviyada inson Xudoga yaqinlashish uchun xilvatda ya- 
shashi, ya’ni ijtimoiy muhitdan ajralib, yolg‘iz kun o‘tkazishi 
shart qilib qo‘yilgan bo‘lsa, naqshbandiya tarafdorlari Olloh 
vasliga yetishni orzu qilgan kishi bemalol odamlar bilan birga 
yonma-yon yashashi, suhbat qurishi mumkinligini ta’kidladilar.
254


Chunki tanho, xilvatda yashagan odam el-yurtdan ajralib qola- 
di, o‘zining Xudo vasliga yetishdek olijanob maqsadini oshkor 
qilib qo‘yadi. Turgan gapki, xilvatda yashovchi o‘sha darvish 
o ‘zining maqsadiga, e’tiqodiga sodiqligi bilan boshqalarning 
hurmat-izzatiga sazovor bo‘ladi, shuhrat topadi. Hurmat-izzat, 
shuhrat bor joyda xavf bo‘ladi, undan saqlanishning eng muhim 
yo‘li odamlar bilan birga bo‘lish, yonma-yon faoliyat ko‘rsatishdir. 
Odamlar orasida faoliyat ko‘rsatmoq uchun, shubhasiz, ular 
bilan suhbatlashish lozim bo‘ladi. Suhbat barkamollikka intilayot­
gan insonni Xudo vasliga olib boruvchi muhim shart hisobla- 
nadi. Buyuk kishilar suhbatidan bahramand bo‘lish har qanday 
maktab va madrasa sabog‘idan afzal ekanligiga e’tibor qaratiladi.
Naqshbandiya insonni ulug‘lovchi ta ’limot bo‘lgani uchun 
ham XV asrdan e’tiboran Movarounnahr va Xurosondan Qohira 
va Bosniyagacha, Gansu va Sumatra, Shimoliy Kavkazdan 
Hindiston janubigacha, hatto Arabistonning Xijoz viloyatigacha 
yetib bordi. Naqshbandiya ta’limoti Muhammad Porso, Mahdu- 
mi A’zam, Sa’diddin Kashg‘ariy, Abdurahmon Jomiy, Alisher 
Navoiy, Boborahim Mashrab, Xoja Muhammad al-Boqiy Qobu- 
liy, Xoja Ahmad Farruh Sirhindiy, Imom Rabboniy asarlarida 
har tomonlama rivojlantirildi. Naqshbandiya ta’limotini XVI asrdan 
keyingi davrlarda Movarounnahr, Sharqiy Turkiston, Afg‘oniston 
hududlarida keng tarqalishida Mahdumi A’zam, ya’ni Xoja Ahmad 
Kosoniylar sulolasining xizmatlari tahsinga loyiqdir.
Naqshbandiya ta ’limotining XV asrdagi buyuk namoyan- 
dalaridan biri shoshlik Xoja Ubaydulloh Xoja Ahror Valiy edi.1
Xoja Ahror olam va odam to ‘g‘risidagi qarashlarini «Fiqarot 
ul-orifin» (1910-yilda Toshkentda nashr etilgan), «Risolai Vo- 
lidiya» yoki «Muxtasar» (bu asami Bobur o'zbek tiliga taijima 
qilgan), «Risolai havroiyya»(1899-yilda sharqshunos olim

Yüklə 3,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin