marhamatidir. Adolatli podshoh mamlakat uchun tinchlik va
farovonlik sababchisidir... Kambag'al va bechora odamlar uning
yaxshi, muloyim muomalasidan rohatda, zolim amaldor va
mirshablar uning siyosati tig‘idan qo'rquvda... Zabtidan amal-
dorlar qalami siniq va zolimlar bayrog‘i yig'iq. G ‘amxo‘rligi va
faoliyatidan masjidlar jamoat bilan to‘la va madrasalar ilm ustida
bahslashuvchilar bilan g‘alag‘ula... Shoirlar uning go‘zal sifatini
madh etib qasidalar yozadi. Olimlar uning yaxshi nomini
ta ’riflab risolalar bitadi. Bastakorlar unga atab kuylar yaratadi;
xonanda-sozandalar uni dil — jigardan kuylaydi.
Adolatparvar shoh xalqni rozi qilsa, Haq taollo shohdan
rozi bo'ladi, kishilarning arz-u dodini tinglaganda, bu ish
yuzasidan xalq oldida so‘roq berishini o‘ylab, iztirob chekadi1.
Shoir yozganidek:
Dostları ilə paylaş: