O zbekiiton fayi a L l I lari 4illiy jamiyaii nashkiyol


Yusuf Qorabog'iy 1563-yilda Ozarbayjonda Araks daryosi yaqinida joylashgan



Yüklə 3,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə204/318
tarix28.11.2023
ölçüsü3,66 Mb.
#169347
1   ...   200   201   202   203   204   205   206   207   ...   318
Inson falsafasi. Choriyev A

1 Yusuf Qorabog'iy 1563-yilda Ozarbayjonda Araks daryosi yaqinida joylashgan
4Qorabog‘ qishlog'ida tug‘ilgan. 1579-yilda Qorabog‘iy Sherozga keladi va Habibullo
Mirzojon Sheroziyga shogird tushadi. Sheroziy vafotidan so ‘ng, samarqandlik Xal-
ilullo Badaxshoniydan saboq oladi. Zamonasining falsafa, astronomiya, tibbiyot
fanlari yutuqlari bilan tanishadi. Qadimiy Turon, Eron, Yunon faylasuflari asar-
larini qunt bilan o'rganadi. Ayniqsa, Yunon faylasufi Aristotelning «Osmon»
haqidagi kitobini sinchkovlik bilan tahlil qiladi. Adabiy va falsafiy merosi 24
asarda o ‘z ifodasini topgan Najmiddin Kubro ta’limotining tolmas targ'ibotchisi
Yusuf Qorabog'iy 1647-yilda Samarqandda vafot etadi.
2 Nuritdinov M. Yusuf Qorabog'iy va Olrta Osiyoda XVI—XVII asrlardagi ijti-
moiy-falsafiy fikr. Toshkent, 1991, 57—58-betlar.
275


Abu Nasr Forobiy, Abu Ali ibn Sino, Tusiy kabi mutafakkir- 
larning ilg'or an’analarini davom ettirdi.
Sharq mamlakatlarida XVI asrda ratsionalizm falsafasi tarafdor­
lari tazyiq ostiga olinishiga qaramasdan, Yusuf Qorabog'iy insonda 
mavjud bo‘lgan ruhiy kuchlar, uning tanasida sodir bo‘layotgan 
fizik o‘zgarishlar bilan bevosita bog‘liq boladi, degan g‘oyani olg‘a 
surdi va uni isbotlashga harakat qildi. Uning fikricha, ruhiy kuch­
lar inson tanasida mavjud bo'lgan sezgi oiganlarining funksiyalari 
(ko‘rish, eshitish, ta’m bilish, hid bilish va hokazo) bilan be­
vosita bog'liq bo‘ladi. Sezgi organlari yordamida inson tashqi olam­
ning turli-tuman xususiyatlarini sezadi va o‘zida aks ettiradi. Ana 
shu aks, ana shu sadoni u ruh deb tushunadi va ruhiy kuchlar 
inson sezgi organlarining hosilasi degan xulosaga keladi.
Mutafakkiming ta’kidlashicha, har qanday jonli tana o'zining 
sezish xususiyatlari, xossalari bilan biri ikkinchisidan farq qiladi. 
Xususan, o‘simlik tanasida oziqlanish, o‘sish va ko‘payish xususi­
yatlari mavjud bo‘lsa, tirik jonivorlarda bunday xususiyatlardan 
tashqari olamni hissiy idrok etish xususiyati bor. Inson barcha tirik 
jonivorlar ichida o‘zining so‘zlash xususiyati bilan ajralib turadi. 
Ruhiy kuchlar vujudga kelishining fiziologik asoslari, inson ruhi- 
yatini boshqarishda miyaning ahamiyati, sezgi organlari yordamida 
olingan hissiy ma’lumotlaming fizikaviy sabablarini har tomonla­
ma o‘rgangan Yusuf Qorabog‘iy insondagi ruhiy kuchlar uning 
tanasi bilan dialektik aloqador, degan xulosaga keladi.
Yusuf Qorabog‘iy Sharq faylasuflari dunyoqarashida uzoq vaqt 
hukmronlik qilgan «Tanosuh» ta’limotiga ko‘ra: ruh tana o‘lgandan 
so‘ng ham yashayveradi, ya’ni ruh bir tanadan boshqa tanaga 
ko'chib yuradi, degan ta’limotga qarshi turdi. 0 ‘zining «Xonho- 
qiy risolasi»da «Agar o ‘lgan tanalar ruhi boshqasiga ko'chganda 
edi, unda o‘lganlar soni tiriklarga mos kelgan bo‘lar edi. Bu 
aqidaning soxtaligi ayon, zeroki katta jang-suronlar, ommaviy 
vabo oqibatida son-sanoqsiz odamlar qirilib ketadi. Shuningdek, 
ayonki, bu yo'qotilgan adad ko‘p asrlar mobaynida ham qayta 
tiklanmaydi. Bu dalil, shubhasiz, ruh bir jismdan ikkinchisiga 
ko‘chadi, degan ta’limot soxtaligini ham ko'rsatadi»1, deydi.
Qorabog‘iy ruhni moddiy olamning xususiyatlaridan biri,

Yüklə 3,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   200   201   202   203   204   205   206   207   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin