O zbekiiton fayi a L l I lari 4illiy jamiyaii nashkiyol


  Mashhur turkman shoiri Maxtumquli — Firog'iy Turkmanistonning janubi-



Yüklə 3,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə212/318
tarix28.11.2023
ölçüsü3,66 Mb.
#169347
1   ...   208   209   210   211   212   213   214   215   ...   318
Inson falsafasi. Choriyev A


Mashhur turkman shoiri Maxtumquli — Firog'iy Turkmanistonning janubi-
g'arb tom onidagi Atrek daryosiga yaqin bo‘lgan Hojigovshon qishlog‘ida tug‘ilgan.
Boshlang'ich m a’lumotni ovut maktabida olgan. Xiva, Buxoro va Andijon ma-
drasalarida o ‘zbek, turkman adabiyoti namoyandalari asarlarini har tomonlama
o'rgangan. Markaziy Osiyo, Eron, Ozarbayjon, Afg’oniston, Hindiston bo'ylab
sayohatlar qilgan. Xalq og'zaki ijodi, odamlarning tashvishlari va quvonchlari
bilan yaqindan tanishgan. Bir qancha dostonlar, g'azallar yaratgan. Asarlarida
inson qadr-qimmatini ulug'lagan. 1793-yilda vafot etgan.
284


Maxtumquli o‘zining she’rlarida insonni hamma narsadan, 
olamdagi barcha mavjudot va maxluqotdan ustun qo‘ydi‘. Sharq- 
ning buyuk mutafakkirlari Rudakiy, Sa’diy, Nizomiy, Fuzuliy, 
Jomiy, Navoiy an’analarini davom ettirib, insonni ulug‘ladi. 
Tabiatda mavjud bo‘lgan barcha boyliklar insonga xizmat qilishi 
zarur, inson chinakam farovonlikka u dunyoda emas, bu dunyoda 
erishmog‘i darkor, degan g‘oyani ilgari surdi. Uning fikricha
bu dunyoda adolat, insof hukmronlik qilmog‘i darkor. Kishilar 
faoliyati ijtimoiy adolat norm alari, prinsiplari tarozisida 
o‘lchanishi, baholanishini orzu qildi. Fuqarolar faoliyatini ba- 
holashda adolatsizlik qilgan, faqat o ‘z manfaatini 
o ‘y l a g a n
o'zboshimcha beklar, to ‘ralar, oqsoqollarni qattiq tanqid qildi. 
Jafokash xalq manfaatiga befarq qaragan ijtimoiy-iqtisodiy tu- 
zumga nisbatan norozilik bildirdi. Zolim beklar, noinsof boylar
bosqinchi xonlar qilmishlarini g‘azab bilan fosh etdi2.
Maxtumquli turli urug‘larga bo‘linib yashayotgan turkman 
xalqini birlashtirishga urinib ko‘rdi. Bunday olijanob maqsadga 
erishmoqning yagona yo‘Ii har bir qabila ichidagi ahillik, bir- 
biriga ishonchni barqaror etishdir, deb tushundi. Arzimagan kichik 
xusumat uchun bir qabila ikkinchi qabiladan o‘ch olishi, qirpi- 
choq bo‘lib talashishini qoraladi. Bunday qabohatni nodonlik, 
ko'rlik belgisi, deb baholadi. Uning tarqoq turkman qabilalarini 
yagona davlatga birlashtirish orzusi o‘z zamonasi uchun niho- 
yatda katta ahamiyatga ega edi3.
Maxtumquli jamiyat kelajagi xotin-qizlar bilan bog'liq deb 
o‘ylardi. Shuning uchun ham, xotin-qizlar ozodligi, erkinligi 
haqida ko‘p bosh qotirar edi. Xotin-qizlarning kamsitilishi, 
xo‘rlanishini, ular haq-huquqlarining poymol qilinayotganligini 
ko‘rib qattiq aziyat chekardi. Munis va muhtarama ayolni himoya 
qilishga urinar edi. U xotin-qizlami erkaklarning doimiy ham- 
rohi, hamfikri, ular kuchiga kuch, quwatiga quwat qo‘shadigan, 
hayotiga bezak beradigan jonkuyar yaqin kishisi, deb bilardi. 
Ayollardagi odob-u ikromni, soddalik va muloyimlikni, kam- 
tarin va olijanoblikni sharaflardi4.

Yüklə 3,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   208   209   210   211   212   213   214   215   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin