O zbekiiton fayi a L l I lari 4illiy jamiyaii nashkiyol


U ch shoira. She’rlar. Toshkent, 1958; Uvasiy she’riyatidan. Toshkent, 1980



Yüklə 3,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə214/318
tarix28.11.2023
ölçüsü3,66 Mb.
#169347
1   ...   210   211   212   213   214   215   216   217   ...   318
Inson falsafasi. Choriyev A

1 U ch shoira. She’rlar. Toshkent, 1958; Uvasiy she’riyatidan. Toshkent, 1980;
Zebunniso, D ilshod, Anbar otin. Toshkent, 1981, Nodira. Devon. Ikki tomlik.
Toshkent, 1983 va hokazo.
286


halol kishi bilan suhbat qurish insonga ma’naviy kuch-quwat 
bag'ishlashini tushuntirib berdilar. Ana shunday shirin xayollar, 
hayotga muhabbat, kelajakka umid, yaxshi kunlar, farovon tur­
mush istagi bilan yashagan shoiralar, afsuski, kundalik turmushda 
batomom teskari odamlar bilan uchrashdilar. Bunday ikkiyuzlama 
turmush tarzi ijodkorlar bag‘rini tilkapora qildi.
XIX asr sharoitida Nodira, Uvaysiy, Dilshod va Anbar otin 
ayolning jamiyatda, ayniqsa, oilada tutgan o‘rnini tushuntirishga 
harakat qildilar. Musulmon ayollarining jamiyatdan ajralib qol- 
gan hayotini, tenglikka bo‘lgan intilishlarini bayon qildilar. Ayollar 
haq-huquqining erkaklar bilan teng bo‘lishini talab qilgan shoi­
ralar, avvalo, onalar haqida fikr yuritdilar. Onalarning insoni- 
yat oldidagi buyuk xizmatlari, xususan, jamiyat kelajagi ular 
bilan bog‘liq ekanligini tushuntirishga urindilar.
Ular dinlarni hurmat qilar, ularni umuminsoniy qadriyat, 
deb tushunar edilar. Barcha dinlarning olam bilan odam 
o'rtasidagi o‘zaro aloqadorligini tushuntirishdagi xizmatlarini o‘ta 
qadrladilar. Shunday bo'lishiga qaramasdan, bunday buyuk umu­
minsoniy qadriyat obro‘-e’tiborini tushirayotgan ba’zi dindorlar- 
ni qattiq tanqid qildilar.
Xususan, tasavvuf hurfikrliligidan ilhomlangan Dilshod o‘zining 
hajviy she’rlarida ayrim din rahnamolarining badkirdor qiliqlarini 
fosh etdi. So‘zi bilan ishi bir xil bo'lmagan dindorlar ustidan 
kuldi. Ularni islom qoidalari musaffoligini ta’minlashga chaqirdi.
Uvaysiy, Dilshod va uning shogirdi Anbar otin o‘z davri- 
ning mahoratli muallimalari edilar. 0 ‘z shogirdlariga nafaqat 
diniy, balki dunyoviy, aqliy, axloqiy tarbiya, hayotga muhab­
bat, kelajakka ishonch, umid, turmush quvonchlari-yu tash- 
vishlariga sabr-toqat bilan bardosh berish malakalarini shakl- 
lantirishga e’tiborlarini qaratdilar. Erkin fikrlash, chiroyli so‘zlash 
sirlarini o‘rgatar, aql-farosatni peshlovchi topishmoqlardan us- 
talik bilan foydalanardilar.
U lar jam iyat hayotidagi qoloqlik sabablarini xonliklar 
o'rtasidagi o‘zaro urushlardan, xon-u beklar o‘rtasidagi toj-u 
taxt uchun bo'lgan kurashlardan izladilar. Kishilar ma’naviy- 
axloqiy qiyofasidagi qashshoqliklarni ma’rifatsizlikdan qidirdilar. 
Urushlarga barham berishni, ijtimoiy qoloqlikni, ma’naviyatsizlikni 
tugatishning birdan-bir yo‘li — fuqarolarni bilimli, ziyoli qilish- 
dir. Bilim, ziyo odamlami har qanday ijtimoiy baxtsizliklardan 
qutqaradi, jamiyatni go‘zal, farovon qiladi, deb hisobladilar.
287


XIX asrning birinchi yarmida ijod etgan shoiralar orasida 
Anbar otin o‘zining falsafiy fikr-mulohazalari bilan boshqa 
shoiralardan ajralib turar edi. Uning «Qoralar falsafasi» asarida 
bayon qilingan inson to ‘g‘risidagi falsafiy fikrlarning teranligi 
buning yaqqol isbotidir.
Anbar otin fuqarolar turmush tarzidagi salbiy illatlami, in­
son xulq-atvori, xatti-harakatidagi g‘ayriinsoniy qiliqlami jamiyat 
hayotidagi turli noxushliklarni aql-zakovat imkoniyatlari yorda­
mida bartaraf etish mumkin, deydi. Chunonehi, uning fikriga 
ko‘ra, «Agar odamlar aqllarini vazir bilib, o‘z vazirlarini o‘zga 
vazirlar ila hamkor qilib, mashvarat ila harakat qilsalar, aqlli 
vazirlar dunyoni bosib yotgan qora zulmatni, hatto zulumotni 
ham bartaraf etib, sof va olamni ravshan qilishga muyassar 
0
‘lurlar»1.
Anbar Otin «Qoralar falsafasi» asarida jamiyatda odamlar 
nasli-nasabi, millati, dini, irqidan qat’iy nazar, teng bo'lmoqlari 
zarur, deb hisoblaydi. Odamlarni tani, rangi, irqiga qarab kam- 
sitmaslikka da’vat etadi. Hindiston va Afrikadagi qora tanli xalqlar 
hayotini aks ettiruvchi lavhalar bitar ekan, insonning inso­
niyligi uning tashqi qiyofasining go'zalligi bilan emas, balki 
m a’naviy-axloqiy fazilatlari, xususan, insonparvarlik g‘oyalariga 
sadoqati bilan o ‘lchanadi, degan g‘oyani ilgari suradi. «Qoralar» 
tushunchasi yordamida zulm, jabr-u jafolarga giriftor bo‘lgan 
mehnatkash xalqni har tomonlama ulug‘laydi. Ularni jamiyatda 
mavjud bo'lgan barcha moddiy va ma’naviy boyliklaming bunyod- 
kori, deb baholaydi.
Shunday qilib, XVI asrdan XIX asrning birinchi yarmigacha 
bo‘lgan davrdagi musulmon faylasuflarining inson to ‘g‘risidagi 
qarashlari asosida, bir tom ondan sunniylik har tomonlama 
ulug‘lagan insonparvarlik g‘oyalari yotsa, ikkinchi tomondan, 
ratsionalizm va sensualizm yotardi. 0 ‘z navbatida, barkamol 
insonni ulug‘lovchi insonparvarlik g‘oyalarini targ‘ibot va tash- 
viqot qilish Sharq ma’rifatparvarligining shakllanishi uchun asos 
bo‘ldi. Sharq ma’rifatparvarligining vujudga kelish arafasidagi o‘ziga 
xos xususiyat shundaki, bu davrda Sharq renessansi sharoitida 
vujudga kelgan madaniy-ma’rifly an’analar, chunonchi, barkamol 
inson to ‘g‘risidagi fikr-mulohazalar davom ettirildi, yangi dalil- 
lar bilan boyitildi.

Yüklə 3,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   210   211   212   213   214   215   216   217   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin